O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi


Seminar mashg’uloti-4. Transformizm bilan kreatsionizm o’rtasidagi kuraSh



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə71/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132
Evolution MAJMUA

Seminar mashg’uloti-4. Transformizm bilan kreatsionizm o’rtasidagi kuraSh
1. Transformizm g’oyalarining paydo bo’liShi
Morfologiya, qiyosiy anatomiya, embriologiya, fiziologiya va sistematika fanlarining rivojlanishi tufayli XVII asr oxirida tabiiyot fanida to’plangan juda ko’p dalillar turlar o’zgarmaydi, degan g’oya noto’g’ri ekanligini tasdiqladi. Buning natijasida XVIII asrda o’simliklar bilan hayvonlar turi o’zgariShi mumkin, deb tahkidlaydigan transformizm g’oyasi paydo bo’ldi. Transformizm bu haqiqiy evolyutsion tahlimot bo’lmay, uning boShlang’ichidir. CHunki u bir tur ikkinchi turga aylaniShi haqidagi g’oyani himoya qilsa-da, biroq bu jarayonning barcha omil va sabablarini chuqur o’rganmagan.
Engelg’sning fikriga ko’ra, matYerializm ham, idealizm singari, o’z rivojlanishida bir qancha bosqichlarni o’tgan. Transformizm biologiyadagi mgtYerializmning rivojlanish bosqichlaridan biri bo’lib, kreatsionizmga qarShi kuraShdagi dastlabki oqimdir. Transformizm oqimini rivojlantiriShda va kreatsionizmga qarShi kuraShda rus olimlari M. V. Lomonosov, K. T. Volg’f, A. N. RadiShchev va frantsuz olimi J. Byuffon hamda XVII asr frantsuz matYerialistlari D. Didro, P. Golg’bax, K. Gelg’vetsiy, J.Lamettrilar muhim rolg’ o’ynadi.
M. V. Lomonosov (1711—1765) yirik entsiklopedist olimdir. U fizika, ximiya, geolognya, geografiya, astronomiya, botanika va boshqa fanlar sohasida katta kaShfiyotlar qilgan. Rus tabiatShunoslari orasida birinchi bo’lib, tabiatni qonunlar asosida tushun tiriShga intilgan va uni doimo harakatda, o’zgariShda deb tasavvur qilgan. Lomonosov barcha borliq asosida matYeriya yotadi, uning asosiy xossalaridan biri harakatdir, matYeriya bilan harakat birbiridan ajralmas, deb uqtirgan. U geologiyaga doir asarlarida transformistik g’oyalarni ayniqsa yaxShi ifodalaydi. Uning 1759 yili naShr etilgan «O sloyax zemnix» (Yer qatlamlari haqida) degan asarida Yerdagi barcha ko’rinadigan narsalar va butun olam azaldan bir ko’rib turgan holatdagidek bo’lmaganligini, ya’ni ular o’zgarganligini, biz ko’rib turgan hozirgi narsalar azaldan Shunday, mana Shu holatda yaratilmaganligini, tog’lar, vodiylar, suvlargina emas, balki har xil minYerallar har butun olam bilan birga paydo bo’lganligini bayon etgan.
Lomonosov qazilma holdagi organizmlarning toShga aylan-gan qoldiqlari topiliShi qachonlardir Yer yuzida sodir bo’lgan halokatlardan dalolat beradi, degan o’sha davrda hukmronlik qilgan fikrga qarShi turdi. U Lyayelg’dan bir necha yil oldin organizmlar ilgari ham hozirgiga o’xShaSh suv toShqini, yer qi-mirlaShi tufayli nobud bo’liShini, ularning yoShini Yer qatlamlariga qarab aniqlaSh mumkinligini, o’simliklar qoldi-g’ining chiriShi natijasida torf, toShko’mir hosil bo’lganligini qayd qildi. Bularning hammasi fan tarixida Lomonosov bi-rinchi bo’lib geologiyada transformistik g’oyalar bilan maydonga chiqqanligini isbotlaydi. Lomonosovning matYerialistik fikrlari keyinchalik rus filosofi A. H. RadiShchev (1749— 1802) tomonidan rivojlantirildi. U Leybnits, Bonne va G’arbiy Yevropadagi boshqa filosoflardan farq qilib, rivojlanish jarayonida vaqt muhim rolg’ o’ynaShini tahkidladi. RadiShchev matYeriya inYert, u taShqi turtki tahsirida harakatga keladi, degan g’oyalarga qarShi chiqib, harakat matYeriyaga xos, uning taShqi turtkiga ehtiyoji yo’q, tafakkur va aql-idrok organik matYeriya, miyaning rivojlanish natijasidir, deb ko’rsatdi. U odamni maShina yoki o’simlikka o’xShatiShga qarShi chiqdi. Uning fikriga ko’ra, odam barcha tiriklikka yaqin, lekin ular o’rtasida katta farq ham bor. Odam ikki oyoqlab yuriShi, qo’lining ozod bo’lganligi, harakatlaniShi, nutqi bilan barcha hayvonlardan farq qiladi. Odam, hayvonlar va o’simliklar asosiy hayotiy funktsiyalari – oziqlaniShi, urchiShi, rivojlanishi va hokazolar bilan o’zaro o’xShaShdir. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi jihatdan ham hayvonlarga yaqin turadi. Odamdagi barcha organlar hayvonlarda ham bor.
RadiShchev preformistik g’oyaga qarShi chiqqan. U rivojlanish faqat miqdor o’zgariShlari bo’lmay, balki sifat o’zgariShlaridan ham iborat, degan g’oyani ilgari surgan. Uning «mavjudotlar narvoni» tirik tabiatning tabiiy paydo bo’liShi va astasekin rivojlanishi natijasida o’lik tabiatdan ti-rik tabiat paydo bo’liShini va u yanada takomillaShiShi oqibatida sezgi, ong, nutq kabi xossalarga ega bo’liShini namoyon etdi.
J.Bonnening «mavjudotlar narvoni» tuziliShi, unda organizmlarning joylaniSh tartibi albatta qonqarindoShlik printsipiga asoslanmagan edi. Bonnening «mavjudotlar narvoni»ga nisbatan rus tabiatShunosi P. Pallas tomonidan tuzilgan organizmlar sinflari orasidagi munosabatni «mavjudotlar daraxti» Shaklida tasvir qiliSh birmuncha ilg’or hisoblanar edi.
Bonnening «mavjudotlar narvoni» dan farq qilib, RadiShchevning «mavjudotlar narvoni» odam bilan yakunlanadi va hech qanday g’ayri-tabiiy mavjudotni o’zida birlaShtirmaydi. RadiShchevning «mavjudotlar narvoni» dinamik xaraktYerga ega. RadiShchev faqat preformizmni emas, balki vitalistik g’oyani ham inkor etdi va organizmlarning o’zgariShi muhitga bog’liq deb ko’rsatadi, uni isbotlaSh uchun organizmlarni bir muhitdan boshqa muhitga ko’chiriShda ro’y beradigan o’zgariShlarga doir dalillar keltirdi.
Albatta, «mavjudotlar narvoni»da organik olam turli tarmoqlarining o’zaro bog’liqligi ehtiborga olinmagan bo’lsada, lekin keyinchalik evolyutsiya printsipiga asoslanib, filogenetik munosabatlarni tiklaSh uchun birlik bo’lib xizmat qildi.
Transformizm oqimi rus olimi Kaspar Volg’f (1733—1794) ijodida yanada rivojlantirildi. Volg’f o’sha davrda keng tarqalgan organik formalar o’zgarmas, rivojlanish faqat o’siSh, miqdor o’zgariShlaridan iborat, degan g’oyalarga qarShi chiqdi. U o’simliklar bargi, guli, mevasi, urug’i va boshqa organlari-ning rivojlanishini mikroskopda o’rganib, ularning hammasi juda oddiy tuzilgan diffYerentsiyalanmagan pufakchalar — «Sharchalarga» ega do’ngliklardan hosil bo’lganligini, binobarin, organlar oldindan Shakllanmaganligini tahkidlaydi. U jo’janing rivojlanishini o’rganib, tuxumda hech qanday tayyor organ yo’qligini, u astasekin rivojlanishini, masalan, dastlabki ichak oldin plastinka, so’ng tarnov va nihoyat nay Shaklida bo’liShini, nayga o’xShaSh qismlardan jigar va ovqat hazm qiliSh organlari rivojlanishini isbotlaydi. NYerv sistemasi ham oldin oddiy plastinka, keyin nYerv nayini va nihoyat miya pufakchalarini — bo’lajak miya asosini hosil qila-di. Uz kuzatiShlariga asoslangan Volg’f preformistlar fikri tamomila asossiz, degan xulosaga keldi va epigenez nazariyasini ehlon qildi. U epigenez nazariyasini organizmlarning faqat Shaxsiy rivojlanishiga emas, balki tarixiy rivojlanishiga ham tatbiq etdi hamda tabiat doim o’zgariShda, rivojla-niShda ekanligini tan oldi. Volg’f irsiyat va o’zgaruvchanlik organizmlarning bir-biriga uzviy bog’liq xossasi ekanligini ko’rsatdi. Oziq, yorug’lik, harorat, havo, namlik esa o’zgaruvchanlik sabablari ekanligini tahkidladi. Masalan, PetYerburgdan Sibirga ko’chirilgan o’simliklar tanib bo’lmas dara-jada o’zgariShini, ular janubga ko’chirilganda Sibirg’ o’sim-liklariga ham, PetYerburg o’simliklariga ham o’xShamasligini, o’simliklar tabiiy Sharoit dan dala, bog’ Sharoit iga ko’chiril-ganda ham yangi turlar hosil bo’lii!ini qayd etdi.
2. XVIII asr frantsuz faylasuf matyerialistlarining qarashlari
Frantsuz 1789 yildagi burjua inqilobi arafasida frantsuz matYerialistlari D. Didro, K. Gelg’vetskiy, T. Golg’-bax, J. Lamettri din va xurofotga qarShi kuraShda transformizmdan jangovar qurol sifatida foydalandilar. Yangi progressiv yo’naliSh namoyandalari bo’lgan frantsuz matYeria-listlari revolyutsion ruhda maydonga chiqdilar. Ular hech qanday nufuz-ehtiborni tan olmadilar va tabiatni eskicha tushun iShni, diniy aqidalarni va mavjud davlat tartibini ayovsiz tanqid qildilar. Tabiatda transformistik g’oyalarni himoya qiliSh bilan chegaralanmay, uni keng jamoatchilik ora-siga yoydilar. Ular koinot, Shu jumladan, organik olam ham doimo o’zgariShda, rivojlanishda bo’lgan matYeriyadan taShkil topgan. MatYeriyani harakatga keltiruvchi manba taShqarida emas, tabiatning o’zida mavjud, degan fikrni ilgari surdilar. Biroq harakatning barcha turlarini faqat tabiatda atomlarning o’rin almaShiniShidan va kombinatsiyasidan iborat oddiy harakat sifatida tushun dilar. Bunday tasavvurga ko’ra, molekulalar, atomlar turli jismlarni hosil qiladi va mahlum vaqt o’tgandan so’ng, ular yana Shu molekula va atomlarga parcha-lanib ketadi. Didro qayd qiliShicha, qachonlardir barcha hay-vonlarning ajdodi va prototipi bo’lgan. Tabiat har xil hay-von turlarida Shu boShlang’ich prototipni kichiklaShtirgan yoki kattalaShtirgan, ko’paytirgan, ba’zi organlarni o’zgartirgan. SHu usulda tabiatda tirik mavjudotlarning xilmaxilligi vujudga kelgan.
Frantsuz matyerialistlariga xos bo’lgan yana bir kamchilik Shundan iboratki, organizmlarning o’zgariShi va rivojlanishi-ni o’rganiShda ularning tarixiga ehtibor bYermaydilar. Masalan, Didroning balchiqdagi ko’z ilg’amas qurt yirik xayvongag o’z kattaligi bilan bizni hayratga soluvchi hayvon — hozirgi qurtga aylaniShi mumkinligi haqidagi fikrini misol qilib keltiriSh o’rinlidir. Frantsuz matYerialistlarining qaraShlarida transformistik g’oyalar sof holda emas, balki evolyutsionistik fikrlar bilan bog’liq holda ilgari surilgan. Masalan, Didro fikriga ko’ra, minYerallar umumiy getyerogen matYeriya-dan kelib chiqqan, ulardan esa o’simliklar paydo bo’lgan. Usimliklar, o’z navbatida, barcha hayvonot olamining kelib chiqiShi uchun manba bo’lib xizmat qilgan, binobarin, tabiatdagi barcha jismlar singari, organizmlar ham o’zgaradi. Hayvon organla-rining doimiy iShlamasligi, ularning yo’qoliShiga, iShlaShi, maShq qiliShi esa rivojlanishiga sabab bo’ladi. Golg’bax, La-mettri odam tabiiy yo’l bilan paydo bo’lganligini, odam bilan maymunlar va boshqa sut emizuvchilar o’rtasida anatomik va fiziologik o’xShaShlik borligini tahkidlaydilar.
F. Engelg’s «Anti-Dyuring» hamda «Lyudvig Feyerbax va ne-mis klassik falsafasining oxiri» degan asarlarida XVIII asr frantsuz matYerializmining o’ziga xos xususiyatlarini ajo-yib raviShda tasvirlab bYergan edi. U frantsuz matYerializmi-ning cheklanganligini xaraktYerlab, u birinchidan, mexanik matYerializm edi, chunki bu davrda tabiiy fanlar orasida ayniqsa mexanika nisbatan tugallangan fan edi; ikkinchidan, u olam, moddaning tarixiy rivojlanishini tushun a olmadi, deb qayd qilgan edi.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin