Byuffonning dunyoqarashi. Frantsuz tabiyotShunoslaridan Jorj Byuffon (1707—1788) transformizmni evolyutsionistik oqim bilan birga rivojlantirgan olimlar qatoriga kiradi. U o’z asarlarida tabiyotShunoslikning eng murakkab va aktual masalalarini koinot, Yer tarixi, hayot paydo bo’liShi, rivojla-niShi, tabiatda o’simliklar va hayvonot olamining taqdiri, odamning tabiatdagi o’rni kabi masalalarni diqqat markazi-da tutadi. Byuffon taxminiga ko’ra, Quyoshdan ajralgan cho’g’ holdagi moddadan Yer paydo bo’lgan. So’ngra u asta-sekin sovigan. SoviSh qutblarda tezroq ro’y bYergan. SoviSh tufayli bug’ quyuqlaShib, suvga aylangan va jala tarzida qutblarga yog’il-gan. Hayot dastlab anorganik tabiatdan hosil bo’lib, organik molekulalardan mayda tirik moddalar taShkil topgan. Xuddi Shu yo’l bilan quruqlikda ham tuziliSh darajasi har xil bo’lgan organizmlar rivojlangan. U Yerning turli tarixiy davrlarda o’zgariShida, qithalar ShakllaniShida suvning rolini, Yer po’stlog’ining o’zgariShida da.oyolar, Shamol, toShqin va suv-larning ahamiyatini ko’rsatdi. Uning asarlarida tabiatning bir butunligi haqidagi fikrlar targ’ib qilindi. «Sravnenie rasteniy i jivotnnx» (Hayvonlar bilan o’simliklarni taqqoslaSh) nomli asarida o’simliklar bilan hayvonlar o’rtasida keskin chegara yo’q, barcha hayvonlar bir plan asosida tuzilgan, har xil hayvon guruhlari o’rtasida oraliq formalar mavjud, degan fikrlar ilgari surildi. Asarda taShqi muhit-ning organizmga tahsiri tahkidlanib, Yer yuzida bir qancha davrlar mobaynida ro’y bYergan o’zgariShlar hayvonot va o’sim-liklar olamiga tahsir ko’rsatib, uni o’zgartiradi, deyiladi.
Xilma-xil iqlim Sharoit i, oziq, chatiShtiriSh faqat individual o’zgariShga emas, balki organizm irqlari orasidagi o’zgariShga, tur ichida yangi irqlar paydo bo’liShiga ham tahsir ko’rsatadi. U hayvonlarning geografik tarqaliShi haqida bahs yuritib, yangi va eski dunyo hayvonlarini o’zaro taqqoslaydi hamda yangi dunyo hayvonot olami bir vaqtlar eski dunyo hay-vonot olamidan kelib chiqqan, deb ehtirof qiladi. Byuffon «Tabiat tarixi» degan asarida tabiatda hosil bo’ladigan yangi turlar to’g’risida mulohaza yuritib, har qanday oilada bir tur umumiy o’zak bo’lib, undan har xil tarmoqlar – avlodlar, turlar hosil bo’lgan deydi. Vaqt «tabiatning buyuk omilidir», u asta-sekin, mahlum qonuniyat asosida, sakraShsiz harakatlanadi, oqibatda organizmlar oldin ko’z ilg’amas darajada o’zgarib, keyinchalik ko’zga yaqqol taShlanadi. Byuffonning Yer tarixi, o’simliklar bilan hayvonlarning o’zgariShi to’g’ri-sidagi qaraShlari o’sha davrda juda ilg’or bo’lib, hukmron te-leologik dunyoqaraShga tamomila qarama-qarShi edi. SHu sababli ham Frantsiya Fanlar Akademiyasi Byuffon tahlimotini bemahni deb topdi va uning asarlarini yondirib yuboriShga farmon berdi. Byuffon esa omma oldida o’zining ilg’or fikr-laridan voz kechiShga va olamning yaratiliShi haqida diniy kitoblarda yozilgan safsatalarga to’liq iShonaman, deb aytiShga majbur bo’ldi.