Evolyutsion tahlimotning o’rganadigan muammolari. Tirik tabiat tarixiy rivojlanishining umumiy qonunlari evolyutsion tahlimotning tekShiriSh mavzusi hisoblanadi. Hayot matYeriya harakatining sifat jihatdan farq qiladigan alohida Shaklidir. SHunga ko’ra, uning paydo bo’liShi va rivojlanishini o’rganiSh evolyutsion tahlimotning birinchi muammosi hisoblanadi.
Evolyutsiya Yerdagi barcha tiriklikning tarixiy davrda to’xtovsiz raviShda o’zgariShi natijasidir. U doimiy mavjud Shart-Sharoit zaminida amalga oShadi. Evolyutsiya jarayonining Shart-Sharoit ini o’rganiSh evolyutsion tahlimotningikkinchi muammosidir. Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi uni harakatlantiruvchi kuchlari aniqlangandagina ijobiy hal etiladi. Darvin evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar o’zgaruvchanlik, irsiyat, tabiiy tanlaniSh ekanligini, Shular tufayli organizmlar muhitga moslaniShi, takomillaShiShini, yangi turlar paydo bo’liShini tahkidlaydi. Binobarin, evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarini atroflicha o’rganiSh evolyutsion tahlimotning uchinchi muammosi hisoblanadi.
K. M. Zavadskiy uqtiriShicha, hayotning organizm, populyatsiya — tur, biotsenotik, formatsion, biosfYera darajalari mavjud. Biroq evolyutsiya jarayoni, Shart-Sharoit ning to’liq amalga oShiShi, uning natijasi namoyon bo’liShi ko’proq populyatsiya tur darajasida ro’y beradi. SHunga ko’ra, turlarni va tur paydo bo’liShini o’rganiSh evolyutsion tahlimotning to’rtinchi muammosidir.Ilmiy nuqtai nazaridan qaraganda, rivojlanish oddiydan murakkabga, tuban takomillaShgandan yuqori darajada takomillaShgan Shaklga o’tiShdan iborat. Bunday progressiv rivojlanish tirik tabiat evolyutsiyasining asosiy yo’naliShini taShkil etadi. Tirik tabiatdagi progressiv ko’riniSh qonuniyatlari to’g’risidagi masala evolyutsion tahlimotning beShinchi muammosi hisoblanadi.
Organik olam evolyutsiyasining mahlum bosqichidagi Shart-Sharoit odam paydo bo’liShida zamin bo’lib xizmat qildi. Odam evolyutsiyasining faktorlari va mexanizmlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganiSh evolyutsion tahlimotning oltinchi muammosidir. Organik olam evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlarini o’rganiShdan asosiy maqsad hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlardan xo’jalik maqsadlarida keng foydalaniShdan iborat. Tabiiy Sharoit da inson manfaatlariga mos formalar juda sekinlik bilan vujudga keladi. SHunga ko’ra, organik olamning rivojlanishini boshqariSh, inson manfaatlariga mos bo’lgan nav, zot, Shtammlarni chiqarish va ulardan foydalaniSh, ya’ni evolyutsiya jarayonini boshqariSh evolyutsion tahlimotning yettinchi muammosi hisoblanadi.