O’zbekistonrespublikasi oliyvao’rtamaxsusta’limvazirligi namangandavlatuniversiteti biologiya kaferdrasi


Evolyutsion tahlimotning ahamiyati



Yüklə 2,78 Mb.
səhifə64/132
tarix20.09.2023
ölçüsü2,78 Mb.
#146271
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132
Evolution MAJMUA

Evolyutsion tahlimotning ahamiyati. Odam xo’jalik faoliyatining rivojlanishi bilan evolyutsion tahlimotning ahamiyati yanada ortib boradi, chunki tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalaniSh, ekinlar hosilini va chorva mollari mahsulotini ko’paytiriSh, qiShloq xo’jalik zararkunandalariga qarShi eng qulay kuraSh chora-tadbirlarini iShlab chiqiSh, tabiiy landShaftlarni saqlab qoliSh va inson maqsadlari uchun o’zgartiriSh faqat evolyutsion tahlimot tufayli to’g’ri, ilmiy nuqtai nazaridan amalga oShiriladi. U yoShlarni organik olam tarixiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi. Mazkur kursda ko’pchilikni qiziqtirgan «Yerda hayot qanday paydo bo’lgan va rivojlangan», «Organik olamning xilma-xilligi sabablari», «Organizm bilan muhit o’rtasidagi munosabat», «Odam paydo bo’liShi» kabi masalalar ilmiy asosda yoritilib, ular kiShilarda ilmiy dunyoqaraShni tarkib toptiriShga yordam beradi.
Sinov savollari:

  1. Evolyutsion tahlimot nimani o’rganadi?

  2. Evolyutsion jarayonlarni o’rganuvchi asosiy metodlarni sanab o’ting.

  3. Paleontologik qator deganda nimani tushun asiz?

  4. Evolyutsion tahlimotning o’rganadigan muammolarini sanab o’ting.


Seminar mashg’uloti-3. Yerda hayotning paydo bo’liShi va rivojlanishi.
Reja: 1. Hayot va uning paydo bo’liShi.
2. Yerda hayotning paydo bo’liShi to’g’risida biokimyoviy faraz.
3. Bir hujayrali organizmlarning kelib chiqiShi.
4. Ko’p hujayrali organizmlarning kelib chiqiShi.

Xayotning paydo bo’liShi to’g’risida turlicha farazlar bor. Ular:


1.Hayot iloxiy kuch iShtirokida yaratilganligi haqdagi kreotsinizm.2.Hayotni o’lik tabiatdan birdaniga paydo bo’lganligi haqida;3.Hayotning abadiyligi to’g’risidagi;4.Yerdagi hayotning o’zga sayyoralardan kelganligi haqida;5. Hayotning bioximiyaviyq evolyutsiya natijasi ekanligi to’g’risidagi nazariyalar. yahudiy, xristian va islom dinida Yerdagi hayot xudoning amri bilan paydo bo’lgan, degan qarash keng tarqalgan. Hayot paydo bo’liShi muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab turli davrlarda turlicha hal etilgan. SHunga ko’ra, qadimgi zamonda va o’rta asrlarda baliqlar va baqalar daryo balchig’idan, qurtlar buzilgan go’Shtdan, kapalak qurtlari, qo’ng’izlar tuproqdan paydo bo’ladi, degan fikrni quvvatladilar. XVI asrda yaShagan biolog vrach Van Gelg’mont sichqonlar dondan, vrach Paratselg’s baliqlar va sichqonlar sasigan suvdan paydo bo’ladi, degan fikrni targ’ib qildilar. Paratselg’s hatto kichkina tirik odam — gomenkulisni laboratoriyada tayyorlaSh retseptini ham tuzgan.
XVII asrda yaShagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o’z-o’zidan paydo bo’liShi to’g’risidagi bunday tasavvurlar noto’g’riligini birinchi bo’lib tajribada isbotladi. U o’z tajribalarida ShiSha idiShlarga bir parchadan go’sht solib, ba’zi idiShlarning ustini doka bilan yopib, ba’zilarini ochiq holda qoldirdi. Ochiq holdagi idiShlardagi go’Shtlarga paShSha qo’ngani uchun tez orada ularda qurt paydo bo’ldi va rivojlandi. Yopiq ShiSha idiShlardagi go’Sht sasib chirisa ham, ularda hech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o’z tajribalariga asoslanib, haSharotlar chiriyotgan go’Shtdan emas, balki urg’ochi paShShalar qo’ygan tuxumdan rivojlanishini tahkidladi. Mikroskop kaShf etiliShi va qo’llaniliShi tufayli XVIII asrga kelib, mikroorganizmlar olami mahlum bo’la boShladi. Natijada hayot o’z-o’zidan paydo bo’liShi to’g’risidagi fikrni ba’zi olimlar ekspYerimental yo’l bilan isbot qilmoqchi bo’ldilar. Jumladan, angliyalik Nidgem 1745 yili pichan ivitilgan suvda o’z-o’zidan mayda infuzoriyalar paydo bo’liShini tajribada isbotlaShga urinib ko’rdi. Hayotning o’z-o’zidan paydo bo’liSh g’oyasi Frantsiya olimi Byuffon tomonidan ham quvvatlandi. Frantsiya mikrobiologi Lui PastYer tajribalar o’tkazib, yirik organizmlargina emas, hatto eng mayda organizmlar ham o’lik tabiatdan o’z-o’zidan bo’lmasligini isbotlab berdi. PastYer tajribasining yakunlari ehlon qilingandan so’ng Yerdagi hayot mangu deb dahvo qiluvchi farazlar maydonga keldi. Mazkur farazga Yerdagi hayot paydo bo’lmagan u abadiydir. Bu faraz tarafdorlarga paleontologik dalillarni to’lig’icha inkor qiladilar. Ular bo’r davrida yaShagan latimYeriya balig’ini hozirgi davrda ham yaShayotganligi ro’kach qilib tabiatda o’simlik va hayvon turlari yangidan paydo bo’lmaydi, ular o’zgarmas, degan g’oyani ilgari surib uning asosida hayotning abadiyligini isbotlashga urinadilar. Yerdagi hayot boshqa sayyoralardan kelganligi to’g’risida va panspYermiya farazlarini Kosmozoylar farazini birinchi marta 1865 yili nemis vrachi RixtYer ilgari surdi. Keyinchalik mazkur farazni olimlardan Tomson va Gelg’mgolg’ts quvvatladilar. Kosmozoylar faraziga ko’ra, koinotda hayot mangu bo’lib, uning zarrachalari bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko’chib yuradi. Bu zarrachalarning ko’chib yuriShida meteoritlar asosiy o’rin egalaydi. Mikroskopik ko’riniShdagi bu hayot zarrachalari meteoritlarga yopiShib, ular orqali Yerga tuShgan va hayotning rivojlanishiga sababchi bo’lgan. PanspYermiya farazi 1907 yili Shved olimi Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu farazi xuddi kosmozoylar farazi singari hayotning manguligini ehtirof etgan. Bu ikki faraz mazmunan bir xil bo’lib, asosiy farqi hayot zarrachalari yerga turli yo’llar bilan yetib kelganligi haqida, xolos. Arrenius mulohazasicha hayot kurtaklari meteoritlar iShtirokida tarqalmaydi, chunki meteoritlar atmosfYeraga iShqalaniShi natijasida juda qizib ketadi. Oqibatda hayot qurtaklari nobud bo’ladi. SHunga ko’ra, panspYermiya faraziga muvofiq, hayot qurtaklari quyoshdan ajralgan yorug’lik nurlarining bosimi tahsirida Yerga tarqalgan deyilgan.
Boshqa sayyoralarda ham hayot bormi? degan muammoni hal etiSh uchun boshqa sayyoralardagi Sharoit bilan Yer Sharoit ini taqqoslaSh zarur. SHuni aytiSh kerakki, kosmik biologiya rivojlanmagan davrda olimlardan G. A. Tixov va I. S. SHklovskiylar boshqa sayyoralarda hayot bor, degan fikrni quvvatladilar. Agar Tixov Marsda o’simliklar bor, Shunga ko’ra, uning ko’riniShi fasllarga qarab o’zgarib turadi, deb ehtirof etsa, SHklovskiy koinotdagi ayrim sayyoralarda «aqlli mavjudotlar» bo’liShi ehtimoldan holi emas, degan g’oyani himoya qilib kelmoqda. Koinotga uchirilgan kosmik kemalar va stantsiyalarda olib borilayotgan tadqiqotlar endilikda Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarda hayot bormi-yo’qmi degan muammoni hal etiSh imkonini beradi. Boshqa sayyoralarning Sharoit ini o’rganiSh Shundan dalolat beradiki, Quyosh sistemasidagi MYerkuriy sayyorasida hayot bo’liShi uchun hech qanday Sharoit yo’q. CHunki uning doimiy Quyoshga qaragan tomonida tempYeratura 370° bo’lib, unda hatto qo’rg’oShin ham Yerib ketadi. MYerkuriyning Quyoshga teskari tomonida, aksincha, tempYeratura 260° atrofida. VenYera tomonga qarab uchirilgan kosmik raketalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, uning sathidagi harorat juda yuqori, 300° atrofida. 1959 yili amYerikaliklar, 1978 yili uchirilgan «VenYera-11», «VenYera-12» kosmik apparatlari yordamida VenYera atmosfYerasining yuqori qismida suv bug’lari borligi aniqlandi. Biroq atmosfYeradagi karbonat angidrid gazi Yerdagiga nisbatan ming marta ortiq. Binobarin, VenYeradagi Sharoit ham hayot mavjudligini inkor etadi. Quyosh sistemasidagi uzoq sayyoralarda atmosfyera asosan vodorod, metan va ammiakdan iborat. TempYeratura esa juda past. CHunonchi, Quyoshga yaqin bo’lgan sayyora— YupitYerda—130°, Plutonda—210°gacha yetadi. Bunday Sharoit da vodorod va geliydan taShqari, barcha gazlar suyuq yoki qattiq — muz holida bo’ladi. Quyosh sistemasidagi sayyoralardan faqat Marsda hayot uchun Sharoit mavjud, degan fikr ba’zi olimlar tomonidan ehtiborga olinib kelinar edi. CHunki Mars planetasi inYert gazlardan, suv bug’lari va kisloroddan iborat. Lekin amYerikaliklar tomonidan uchirilgan «GullivYer» apparati Marsda hayot borligini tasdiqlamadi. Bu har ikkala gipoteza ham umuman hayot qanday paydo bo’lgan, degan muammoni hal eta olmagan.

Yüklə 2,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin