O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
 
 
 
Savollar 
1. Qaysi iqtisodiy qonunlar sizga malum? 
2. Dialektika konunlari mohiyati va ularning boshqaruvga tasirini tariflab bering? 
3. Bozor iqtisodiyotida qaysi qonunlar muhim ahamiyatga ega? 


4. Boshqaruvning qaysi tamoyillari sizga malum ? 
5. Raqobatchilik qonunining mohiyati nimada? 
 
 


6-mavzu: MENEJMENT JARAYONİ VA UNİNG VAZİFALARİ 
Reja: 
1. Menejment jarayonining mazmuni
2. Menejment vazifalari va ularning turlari 
Tayanch iboralar: strategiya, strategik rejalashtirish, missiya, maqsad, ichki muhitni tahlil, 
motivlash, tartibga solish, uyg’unlashtirish, nazorat, boshqaruv tadqiqoti, o’sish strategiyasi. 
Menejment jarayonining mazmuni 
Menejment boshqaruv tizimi amal qilishining uzluksiz jarayonini ifodalaydi. U mehnat 
jarayonining barcha xususiyaglariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday 
amalga oshirilishi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Boshqaruv 
jarayonining mazmuni uch jixatdan ajratilishi mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va 
ijtimoiy texnikaviy. Yani maxsulot ishlab chiqarish, metall yoki neftni olishni boshqarish; ishlab 
chiqarishda uni tashkil etish jarayoni, yani bo’linma, tsex, korxonalar o’zaro tasirini boshqarish
iqtisodiy jihatdan — ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik 
qilish, ijtimoiy jihatdan — bu mehnat jamoasi ijtimoiy extiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalash. 
Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va 
amallardan iboratdir. 
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo’yilgan maqsadlarga 
erishish uchun kishilarning birgaliqdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat 
qilishidir. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko’ra uni quyidagi bosqichlarga bo’lish 
mumkin: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilish. Har bir tasir etishni amalga oshirishdan 
avval uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv malum maqsadga erishish uchun amalga 
oshiriladi. 
Boshqaruvning keyingi bosqichi boshqaruv jarayonidagi vaziyatni tahlil etishdan iborat. U 
tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo’llarini izlash yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf 
qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirga holatining uning 
rivojlantirish maqsadiga nisbatan u qarama-qarshiliklarini aniqlash ko’zda tutiladi. qaror qabul 
qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatga o’tishini ifodlaydi, bunda qaror qabul qilish 
bilan boshqariladigan tizimga tasir o’tkazila boshlanadi. 
Boshqaruv jarayonini, quyidagi davrlarga bo’lish mumkin: maqsad qo’yish, axborot 
faoliyati, tahliliy faoliyat, boshqaruv tizimida tashkiliy amaliy faoliyat va harakatlar turlarini 
tanlash.

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin