O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Marketing - korxonani istemolchi bilan bozor orqali bog’lovchi eng muhim bozor 
munosabatlari va axborot oqimlari to’plamidir. Marketing tarkibiga: bozorni o’rganish, 
istemolchilar buyurtmalariga ko’ra tovarlar turini rejalashtirish, tovarlarni bozorga chiqarish, 
reklama, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan istemolchiga etkazish bilan bog’liq tadbirkorlik 
faoliyati kiradi. Bozor u yoki bu bu tovarga bo’Ulgad talabni lakmus qog’ozi singari aks etgiradi. 
Bozor taklif ^lgan tovarni yo qabul etadi, yoki inkor qiladi. 
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingai ishlab chiqarish tsiklining 
so’ngida emas, boshida bo’lishini taqozo etadi, chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida 
ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlarning mavjud va istiqboddagi 
ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvda bozorga 
ishlab chiqarishining oxirgi nuqtasi sifatida qaralgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotiga o’tilishi bilan 
bozor talablari ishlab chiqarish bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab 
chiqarish ko’lamini belgilovchi, butun boshqaruv jarayoniga tasir etuvchi kuchga aylanadi. 
Biznes-reja — ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir. Biznes-rejalarda iqtisodiy 
strategiya belgilanadi, kelajakda rivojlanish yo’llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, FTT, 


ijtimoiy rivojlanish miqyoslari belgilanadi. 
Tashkil etish — boshqariluvchi tizimning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik 
tizimlarini tartibga solish jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim tarkibiy 
qismlari o’rtasidagi qismlari to’g’risida qoidalar yaratishi, lavozim majburiyatlari, barqaror 
iqtisodiy meyorlarni belgilashni o’z ichiga oladi. 
Tartibga solish (uyg’unlashtirish) — boshqaruvning barcha boshqa vazifalari, uning 
texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy masalalari, hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman 
aloqalarni muvofiqlashtirish jarayonidir. 
Bu o’zaro uzviylikni o’rnatish, belgilangan meyorlardan chetga chiqishlarning oldini 
olishdir. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin