O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti


Boshqaruvning ijtimoiy -ruhiy usullari



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
Boshqaruvning ijtimoiy -ruhiy usullari 
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning 
ijtimoiy ehtiyojlari va ruhiyatlariga tasir etish bilan boshqarish vositasidir.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy 
hodisalarni chuqur o’rganish xodimlar asab tizimiga tasir etuvchi ruxiy omillarni bilishni talab 
etadi. 
İshlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi 
bo’lgan mehnat omilini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi 
rivojlanishi va amal qilishi qonuniyatlari, kishilarning jamiyat turli qatlamidagi xulq-atvori 
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. İjtimoiy-ruhiy guruh va omma ruhiyatining xususiyatlari, ularning 
shaxsning ongi va xulqiga tasiri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy 
fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs ruhiyati oliy asab faoliyati turlari va inson 
temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish 
qobiliyatini o’rganadi, mehnat ruhiyati mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar 
(kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni 
tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining ruhiy jihatlari) faoliyatini o’rganadi. 
Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim darajasi ortib 
borishi bilan ijtimoiy-ruhiy usullar ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj 
va manfaatlari manaviy soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili 
bo’lib ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi qulay 
ijtimoiy-ruhiy vaziyat xizmat qiladi. 
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni 
(o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo’llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy 
usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. İjtimoiy tartibga solish usullari turli 
guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi. 
Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o’zaro majburiyatlar, 
ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi. İjtimoiy tartibga 
solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham 
qo’llaniladi. Boshqaruvning ruhiy usullari jamoada maqbul ruhiy vaziyat tashkil etish yo’li bilan 
kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Ruhyy usullarga kichik guruh va 
jamoalarni tashkil etish, mehnatni gumanitarlashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni o’qitish va 
h.k.lar kiradi. 
Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo’llash kichik guruhdagi ishchilar 
o’rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqdash imqonini beradi. 
Mehnat faoliyatiqi insoniylashtirish deganda ranglar, musiqaning ruhiy tasiridan 
foydalanish, bir xil, o’zgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi.
Kasbiy tanlashning mohiyati - kishilarnint ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchilariga eng mos 
bo’ladigan qilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruhiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va 
mayllari, qobiliyati, jo’shqinlik va tavsifi kiradi. Shu sababli, shaxsga rahbarlik qilganda rahbar o’z 
oldiga inson ruhiy xususiyatlari vdakdlanishi va rivojlanishini o’rganishi, uning qiiqish va 
qobiliyati, jo’shqinligi va fel-atvori bilish vazifasini qo’yishi kerak. 
Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatidan ajratib tushunib bulmaydi, chunki kishi 
qobiliyati va feli uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi. İnson hayoti va ommaviy faoliyati 
uning ruhiy holatini shakllantiradi. İnsonning qanday hayot kechirishi, nima bilan shug’ulanishini 
bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga qobiliyat rivojlanganligi, feli shakllanganligini anglab 
bo’lmaydi.
İnson avvalo o’zini ijodiy shahs sifatida baholaydi. İshchi darhol mehnatga bunday nuqtai 
nazardan qaramaydi: Moddiy ehtiyojlar birlamchi bo’lib, ular qoniqqandan so’ng nisbatan yuksak 
insoniy ehtiyojlar ilgari suriladi. 


İnson faoliyati muayyan rag’batlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, malum maqsadga 
erishishga qarashlgandir. Rag’batlantiruvchi omil — maqsad munosabati inson faoliyati o’zagidir. 
Umumiy manoda rag’batlantiruvchi omil, bu —insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil 
bo’lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xohlagan narsadir. 
Rag’batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada uzoq va qisqa 
rag’batlantiruvchi omil farqlanadi. Agar inson faoliyatini rag’batlantiruvchi omil va o’z oldiga 
qo’ygan maqsad yaqin kelajakka mo’ljallangan bo’lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq 
istiqbolni qamrab olsa uzoq muddatli deyiladi. Rag’batlantrivchi omil darajasi bilan insonning 
mehnatga, yutuq va muvaffaqiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog’liqdir. Faqat uzoq 
muddatli rag’batlantruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir. 
Rahbarga xos bo’lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillarni 
yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu, vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, biror 
korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda 
muhimdir. Rahbar ishini kim, qachon, qaysi skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishni 
o’rgangan, kim noto’g’ri chalishi mumkinligi, kimni qaysi erga qo’yish kerakligini bilishi lozim 
bo’lgan dirijyor mehnati bilash solishtirish mumkin. 
Kishi ruhiy xususiyatlarining u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan 
qoniqmaslik uni o’zgartirishga harakat qilishga, xato qilish extimoli ortishiga va natijada mehnat 
unumdorligi pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson o’z qobiliyatini to’liq namoyon qila 
oluvchi ish bilan band bo’lsa, u o’z mehnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat 
unumdorligi yuqori bo’ladi. 
İnson uchun faqat moddiy rag’bat muhim deb hisoblash noto’g’ri. Unga juda ko’p narsa 
katta umumiy ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mehnat orqaly namoyon etish, o’z malakasi 
bilan g’ururlanishi, o’rtoqlari hurmatiga sazovor bo’lish va h.k.lar ham muhimdir. Ko’pchilik 
kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas, 
mamlakat iqtisodiyotiga qo’shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini takidlaydilar. 
1. İzlanishlar mehnat, mehnatga nisbatan munosabatga tasir etuvchi rag’batlantiruvchi 
omillar quyidagi tartibda taqsimlanishini ko’rsatdi: mehnatning mohiyati, ish haqi, yuqori 
lavozimga ega bo’lish imkoniyati, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, mamuriyatning 
ishchiga nisbatan munosabati.

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin