erishishi qiyin bo’ladi.
Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o’z
vaqtining
50-90%ini kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga tasir
ko’rsatadi.
Kommunikatsiyaning majlislar,
xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar,
hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar orqali ko’pgina muammolarni hal qilishda
yordam beradi.
Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog’lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi.
Mavjud
xaridorlar bilan ular reklama orqali bog’lanibgina qolmay, mahsulotni bozorga olib kiradigan
boshqa dasturlardan ham foydalanadi.
Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, yani vestikal
kommunikatsiyalar orqali
o’tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv
organlaridan, pastki organlarga o’tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv
bo’limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy o’zgarishlarga
olib keladi.
Korxonada bo’ylama kommunikatsiyalardan tashqari,
ufqiy kommunikatsiyalar ham
mavjud. Malumki korxonalarda turli xil funktsional bo’limlar, tsexlar va boshqa bo’limlarning
mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, nazariy texnologiya
asosida, korxona turli-xil mahsulotlar ishlab-chiqarishi mumkin,
shuning uchun ham marketing
bulimining axborot ahamiyatligi saqlab qolinadi va uning talablarini o’z vaqtida qondirilishini
taminlaydi.
Xulosa
1. Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va malumotlar majmuidir. Axborotsiz boshqaruv
bo’lmaydi.
2. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi bog’liqlik
shakllari ishlab chiqarish
axborotlaridir.
3. İqtisodiy axborot - menejmentda muhim o’rin tutadi.
4. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo’lib. U turli hujjatlarni, axborot oqimi,
aloqa
kanallari, texnika vositalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini o’z ichiga oladi.
5. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlar va uning manosi axborot xizmatlariga bog’liq.
6. Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish
jarayonidir.
7. Kompyuterlar nafaqat ishlab
chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha
jabhalariga kerak.
Savollar
1. İshlab chiqarish axborotlari ko’rinishi qanday farqlanadi ?
2. İqtisodiy axborotni qanday tushunasiz ?
3. İlmiy-texnikaviy axborotlar ahamiyati qanday ?
4. İchki va tashqi axborotlarning mohiyati nimada ?
5. Rahbar ishida axborot qanday o’rin tutadi ?
6. Menejmentda kommunikatsiya o’rni qanday?
10-mavzu:
Marketing va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Reja:
1. Marketing tushunchasi va uning moxiyati.
2. Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari.
3. Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi.
4. Marketing elementlari tarkibi va marketing –miks tushunchasi.
Dostları ilə paylaş: