O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
 
 
Xulosa 
1. Boshqaruv usullari - rahbarning ishlab chiqarish korxonalarining qo’yilgan maqsad vazifalariga 
erishishga raxbarlik qilishni muvofiqlashtirish. 
2. Boshqaruvga quyidagi uslublar xos: iqtisodiy-tashkiliy farmoyish (mamuriy), ijtimoiy-ruhiy. 
3. Bozor xo’jalik rahbarlaridan o’tkir zehn, ishga ijodiy yondashish, kezi kelganda korxona 
faoliyati, ishi uchun tavakkalchilik xususiyatlarini talab etadi. 
4. Buyruq - rahbarning o’z qo’l ostidagilariga malum ishni belgilangan vaqtda bajarish talabining 
yozma yoki og’zaki ko’rinishi. 
5. İjtimoiy-ruhiy bilimlar asosini bilmagan rahbar odamlarga tasir eta olmaydi. 
 
 
 


9-mavzu: AXBOROT VA KOMMUNİKATsİYa 
 
Reja: 
1. Boshqaruv jarayonini axborot bilan taminlash 
2. Boshqaruv texnikasi tushunchasi va turlari 
3. Kommunikatsiya 
Tayanch iboralar: axborot, kommunikatsiya, kommunikatsiyaviy jaraen, boshqarish 
texnikasi, bo’ylama kommunikatsiya, ufqiy kommunikatsiya, axborot almashish jarayoni, axborotni 
uzatish kanallari, axborotni sarayaash, qayta aloqa, semantika. 
Boshqaruv jarayonini axborot bilan taminlash 
Axborot xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo’lish 
manosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida 
faol tasir etish uchun zarur malumotlar yig’indisidan iboratdir. Etarli va aniq axborotga ega bo’lmay 
boshqarish mumkin emas. 
İshlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasida aloqa usulidir. 
Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo’jalik faoliyati 
to’g’risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim 
faoliyatiga baho beradi, boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida ko’rsatma, farmoyishlar 
chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. 
Axborot boshqaruv tizimida alohida bo’g’in hisoblanadi. Unga qator o’ziga xos xususiyatlar 
mansub. Bular axborot boshqaruvining barcha bo’g’inlari va vazifalarini qamrab olishga bog’liqdir. 
Axborot, bu — boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasi, shuningdek, 
amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudlik sharti, mustahkamlash usuli. Axborot xajmi ortishi 
bilan boshqaruv axborotining sifat ko’rsatkichlarga bo’lgan talabi ham ortib boradi. 
Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to’plash, uzatish 
va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko’rinishida axborot berish va uni ijrochilarga etkazishdan 
iborat. 
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy hisob, moliya, taminot, 
kadrlar bo’yicha, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar. 
İshlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o’rin egallaydi, chunki u 
kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol qilish 
jarayonidagi mnosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab 
chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham takidlab o’tish 
lozim.
Kelib chiqish manbaasiga bog’liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga 
bo’linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo’ladi. Bular jumlasiga 
yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqida axborotlar 
kiradi. İchki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo’g’inida shakllanib, istemol qilinadi. 
Korxona miqyosida ular jumlasiga tsexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy 
taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mumkin. 
Yo’nalishi bo’yicha axborot boshlang’ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axboroti turlariga 
bo’linadi. Rahbarlik axboroti boshlang’ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish 
natijasidir. Boshlang’ich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga 
qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo’nalishda harakatlanadi. 
Axborot vaqt o’tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi bo’yicha uni 
barqaror shartli-barqaror, o’zgaruvchan turlarga bo’lish mumkin. Barqaror axborot uzoq mudtsat 
davomida o’z ahamiyatini o’zgartirmaydi (korxona, uning bo’linmalari nomi, mahsulrt turi). 
Shartli-barqaror axborot ahamiyati malum muddat davomida saqlanib turadi. Korxona miqyosida 
bunday axborotga turli meyor va meyoriy hujjatlarni (moddiy, mehnat sarfi, tariflar meyorlari)ni 
kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona bo’yicha umumiy axborotning 35%dan ko’pini 


tashkil etadi. O’zgaruvchan axborot boshqaruv 
obekti faoliyati va unga mos holda boshqaruv jarayonlari o’zgaruvchanligini aks ettirib, 
qaror qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi. 
Boshqaruv faoliyatida shuningdek, boshlang’ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan 
xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi. 
Axborotni ro’yxatga olish va sakdash maqsadida uni saqlovchi turli vositalar inson xotirasi, 
hujjat, perfokartalar, magnit tasmalari, baraban disk, elektr impulslar kombinatsiyasidan 
foydalaniladi. 
Axborot yig’indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etib, u boshqaruv jarayonini 
axborot bilan taminlash shaklida namoyon bo’ladi. Axborot to’g’ri, aniq, o’z navbatida, obektiv, 
mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo’lishi kerak. Axborot hajmi jihatdan kichik, 
mazmun jihatdan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo’lishi lozim. Korxonani axborot bilan 
to’g’ri aloqalar ko’rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida taminlanib, ular aniq ishlab 
chiqarish vazifasini hal etish imkonini beradi. 
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha etadi, bu o’rinda 
barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, Toshkent 
aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko’rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda 
axborot bilan ishlashni tashkil etish bo’yicha quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo’ladi: 
1) maqbul axborot tizimini ishlab chiqish; 
2) axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab 
chiqish; 
3) 
axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini 
tanlash; 
4) axborotni saqlash va izlashni tashkil etish; 
5) axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. 
Bu yo’nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig’ish va qayta ishlashning yagona 
umumdavlat tizimini yaratishni taminlashi zarur. Axborotlar yig’indisi boshqaruvning axborot 
Tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv 
obektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Boshqaruv 
obektining qandaydir bir qismi bo’yicha axborot yig’indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul 
axborot tizimini tashkil etish boshqaruvning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning 
samarali faoliyat yuritishining muhim shartlaridan bo’lib hisoblanadi. 
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo’lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta 
ishlashni talab etmaydi, axborot manbaidan u foydalanish joyigacha etkazishda o’zgarish yuz 
bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa axborot etkazish vositalari yordamida bir marta 
beriluvchi xabar sifatida o’tkaziladi. Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo’yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga 
qo’lda yoki eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlovchi axborot tizimlari kiradi. İkkinchi 
guruhga axborotni to’plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya keng qo’llaniladigan 
axborot tizimlari kiradi. Uchinchi guruhga malumotlarni kompleks mexanizatsiya vositasi bilan 
birga avtomatlashtirish unsurlarini qo’llab qayta ishlash va to’plash qo’llanilgan axborot tizimlari 
kiradi. 
Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash tsikli avtomatlashtirilgan axborot tizimi 
to’rtinchi guruhini tashkil etadi. 
Axborotni qayta ishlashda EHMlar qo’llaniladigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan 
boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- axborot qabul qilish; 
- axborotni qayta ishlash; 
- axborotni saqlash, yig’ish; 
- boshqaruv tashkilotiga axborot berish; 
- ijrochilarga buyruq uzatish. 
İlg’or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga 


asoslanishi lozim: 
- korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning asosiy yo’nalishlarini 
o’rganish; 
- axborot tizimining iqtisodiy-modelini ishlab chiqish; zarur axborot xajmi va mazmunini 
aniqlash; 
- axborot to’plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositalarni aniqlash; 
- axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish; 
- axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash; 
- korxonada qo’llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini yaratish; 
- axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish qulay 
bo’lishi uchun standart malumotlarni loyihalashtirish; 
- loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartibga solish va 
rasmiylashtirish. 
Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular rivojlanishi va loyihalashtirishga 
tizimli yondashish asosida mujassama tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga malumotlarni qayta 
ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi zamonaviy hisob mashinalari, 
EHM, kompyuter, internet, inson-mashina tizimini har tomonlama qo’llash asosida loyihalashtirish 
mumkin. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin