11-mavzu:
Tashkilotning marketing xizmati.
Reja:
1.
Tashkilotning marketing xizmati vazifalari va maqsadi.
2.
Marketingning vazifalari
3. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni
Tashkilotning marketing xizmati vazifalari va maqsadi.
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining obektiv
sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar
to’planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish
quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgan ekan. Uning maqsadi niqoyatda keng va murakkab
masalalarni hal qilishga haratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor eqtiyojiga moslashtirib, talab va
taklifni
muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda
keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing ko’yidagi muhim vazifalarni hal etmog’i lozim:
• xaridorlar (istemolchilar) eqtiyojini o’rganish va aniqlash;
• tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish;
• korxonaning faoliyatini xaridorlar eqtiyojiga moslashtirish;
• avvalo talab va taklif to’g’risida olingan malumotlar asosida bozorni o’rganish;
• tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini ortirish;
• tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish uchun malumotlar
to’plash va tahlil qilish;
• tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida malumotlar olish;
• to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborotlar yig’ish;
• tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning
taxminiy hisobini ishlab
chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday
darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga
erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini
mustaqkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida
reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz tasir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.
Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga chiqarilgan
tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini taminlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini
qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag’batlantirishning quyidagi faol shakllari mavjud -
ko’rgazma-savdo, yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar.
Baho sistemasi yordamida taklif va talab o’rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu masala hozirgi
kunda bizning korxonalar uchun qiyin muammolardan biridir.
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish jarayonidir. U
tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to istemolchigacha bo’lgan harakatining
har bir bosqichida
qabul qilinadigan harorlarga tasir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda
ishlab chiqarish bilan savdo orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni,
tashish va saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar siyosati
kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab yuritilgan tovar siyosati
resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir ishlab chiqarilgan
mahsulotning aniq istemolchilar guruhiga mo’ljallangan bo’lishini taminlaydi. Yani, har qanday
tovar aniq istemol manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar
assortimentining, amalda mavjud bo’lmagan "o’rtacha" deb ataluvchi istemolchiga
mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlangan
tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuvda bunday vaziyatlar yuz berishidan
mustasno.
Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan
bir vaqtda foydalanish
lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat istemolchidan sanoat korxonalariga va savdoga,
ulardan esa harama-harshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini taminlaydi. Bu esa o’z vaqtida
ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga, sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish soqasiga
o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor
faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini
to’liq hal qilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas. Marketingni qo’llashdan oldin
avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim.
Chunki marketing - murakkab, harakat
va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara
beruvchi ishdir. U bir tomondan aqolining etarli darajada yuqori bo’lgan eqtiyoji va talabiga, uning
xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak.
Bozor harakatining katta radiusini taminlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish, uni
ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim. Bularning barchasi talab va
taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashhari, marketingli faoliyat yuritish uchun,
korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi
aloqalar, yuqori darajada jiqozlangan bozor kanallari orhali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy
masalalarni hal qilish zarur.
İqtisodiyotimizning
inqirozli vaziyati, qondirilmagan talab, turmush darajasining pastligi,
iqtisodiy va ijtimoiy soqadagi muvozanatning yo’qligi uchun, bir harashda marketingdan
foydalanish mumkin emasdek tuyiladi. Ammo masalaning tub moqiyati shundaki, marketing mana
shu kamchiliklarni tugatishga yordam qiladi. Shuning uchun bizning iqtisodiyotimizda
marketingdan foydalanish mumkin bo’lib qolmasdan, balki zaruriyatdir. İqtisodiyotni
maqkamachilik-buyruqbozlik uslubiga asoslangan boshqarish bir butun qiyinchiliklar "dastasini"
yuzaga chiqardi. Bular xom-ashyo bilan etarli darajada taminlanmaganlik, ishlab chiqarish
jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalanmaslik, ishonchsiz va didsiz reklama,
korxona
faoliyatini tezkor boshqarish va iqtisodiy rejalashtirish tizimining nomukammalligi, moliyaviy
dastaklarning samarasizligi, ishlab chiqarilayotgan tovar sifatini yaxshilash stimulining
harakatsizligi, bozorda yuz berayotgan jarayonlar to’g’risida aniq, to’liq va o’z vaqtida malumotga
ega bo’lmaslik va boshqalardir.
Respublikamiz erkin bozor munosabatlariga o’tar ekan, barcha tarmoq korxonalari
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi-foyda bo’lib qoladi. Boshqa baholash
ko’rsatkichlari o’z kuchini nisbatan yo’qota boradi. Chunki rejalashtirish mehnat jamoalarining
o’ziga beriladi. Shunday qilib, rejalar faqatgina aqolining tovarlar, xizmatlarga bo’lgan talabini,
ishlab
chiqarish soqasini esa mashina, asbob-uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga
bo’lgan talabini hisobga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy mo’ljalgina bo’lib qoladi. Tovar va
xizmatlarning yuqori sifatliligi, ularni reklama qilish - bu marketingning muhim tamoyili, raqobat
kurashi sharoitida korxona yashovchanligining asosiy shartidir.
Egiluvchan baholar-bizning korxonalarimiz uchun xo’jalik mexanizmini takomillashtirishi,
xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliyalashtirishning yangi unsuridir. Tartibga solib turuvchi
shartnomalar va erkin baholar-yangi strategiyasining eng muhim - shu bilan birga o’zlashtirilgan
usulidir.
Raqobat - monopollashgan iqtisodiyotimiz uchun, bu ham yangilikdir. Lekin, korxona bozor
sharoitida yashab qolishni istar ekan, raqobat qonunlarini o’zlashtirishi shart. Bu sharoitda har bir
korxona ishlab chiqarish jarayoni va tovarlarni sotishga yangicha yondashishi lozim. Xom-ashyo
sotib
olishdan tortib, to qo’shimcha xizmatlarni tashkil qilishgacha bo’lgan barcha jarayonlar
harakati zanjirining tig’iz koordinatsiyasini taminlash lozim. Yagona yondashish va ishlab chiqarish
jarayonlarining koordinatsiyasi yo’qligidan sanoat tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini
realizatsiya qilishda, bozorda ular malum vaqt ortiqcha bo’lishi yoki malum vaqtdan keyin ular
bo’lmasligi ham mumkin. Natijada ishlab chiqarish miqdorini yana oldingi hajmda tiklashga to’g’ri
keladi. Shunday qilib, foyda - xo’jalikning asosiy maqsadi sifatida barcha marketing dasturlarida
hisobga olinishi shart.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, istemolchilar va shu bilan birga boshqa
soqa xodimlari ham marketing nuqtayi nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari