tadkik etish
1995
yilda
n shu
davrg
acha
Marketingni
uzaro
axlokaviy
kontseptsiyas
i
Biznes buyicha
sheriklar va
istemolchilarni kon-
diradigan tovarlar
ishlab chikarish
marketing miks
kompleksi, integratsiya
va
tarmokli tax-lil,
koordi-natsiya uslubi
Kursatib utilgan marketing kontseptsiyalari xar bir mamlakat uchun starndart yoki norma
yoki koida sifatida kurilmasligi kerak. Marketing evolyutsiyasi xar kaysi mamlakatda uzini
xususiyatlari va bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga boglik buladi. Birok marketingni paydo
bulishi bilan boglik jaxon tajribasi xamda bozor munosabatlarini rivojlanishi anik mamlakatlarda
tadbirkorlik faoliyatini tatbik etish va bozor munosabatlarini shakllantirishga ishlatilishi mumkin
ekanligi foydali xisoblanadi. Bundan tashkari marketingni rivojlanishida mashxur umumiy
tendentsiya – etiborni tovar ishlab chikarishdan istemolchiga, uning xoxish va extiyojlariga karatish
talab etiladi.
Birinchi davr - marketing kontseptsiyasi «ishlab chikarish kontseptsiyasi» - «maxsulot
ustunligi»
tarzida belgilanadi, bunda eng muxim masala yaxshi tovar ishlab chikarish va uni
xaridorga arzon narxlarda sotish deb xisoblanadi. Kontseptsiya shiori - «imkoni boricha kuprok
tovar ishlab chikar, chunki bozor talabi cheksiz». Shunisi dikkatga sazovorki, bizning
iktisodiyotimiz xozirgi davrda xammadan kura ibtidoiy marketing kotseptsiyasiga yakin turadi.
Tovar kontseptsiyasi istemolchi etiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga karatishni talab
etadi. İstemolchilar uxshash tovarlarni sifatlarini boshka firmani shunday tovarlari bilan solishtirib
kuradilar. Bu kontseptsiyani kupincha kompaniya, firma,
tashkilotlar, shuningdek, notijorat
tashkilotlar xam ushlab turadilar. Birok tovar kontseptsiyasi muvaffakiyat keltiravermaydi.
Keyingi davr «sotish kontseptsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning maxsulotini «mana tovar
tayyor, kelavering va savdolashing» shiori bilan sotishni muljallash birinchi uringa chikadi. Tovar
va savdo marketinggi kontseptsiyalari maxsulot ishlab chikarish xali seriyali, yani yalpi tus
olmagan davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari xisobiga yukori darajada
foyda kulga kiritilar edi, sababi moxiyat etibori bilan cheksiz talabga ega bulgan bozorda bu
tovarlarga nisbatan talab benixoya katta edi.
50-yillarda boshkarish kontseptsiyasining
ilk asosini sotish xajmi, ishlab chikarish va
muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshka kursatgichlarni uzok muddatli
uzgarishlarini aniklash taxlil kilindi. Shunga kura bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha
moslashtirish kuzda tutilgan.
Marketing rivoji tarixida 50-yillar muxim boskich buldi. Ortikcha maxsulot ishlab chikarish
tangligi kurinib koldi. Marketing - ishlab chikarishni bozor talabiga moslashtirish kontseptsiyasi,
uning asosini istemolchiga - «bozor ustunligi»ga muljal olish tashkil etdi. Marketing
boshkaruvining bozor kontseptsiyasi yanada rivojlandi.
Ananaviy marketing kontseptsiyasi 50-yillarning urtalaridan boshlab marketing bozor
kontseptsiyasi tarzida boshkarishda firmaning fakat bozor strategiyasini emas,
balki ishlab chikarish
strategiyasini xam belgilaydigan etakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy
boshkarish markazi, bozor, ishlab chikarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari buyicha
axborotlar va tavsiyalar manbai bulib koldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor
konyunkturasi xolati xamda uzgarishlarini batafsil taxlil kilish asosida u yoki bu tovarni ishlab
chikarish zarurati, istikboli va foydadorligi, ishlab chikarish dasturlarini moddiy-texnika jixatlaridan
taminlash imkoniyatlari tugrisidagi masalalarni xal etadi.
Kuyida sotish va marketing kontseptsiyasi berilgan.