talabi o’zgarishini o’rganish. Assortimentni o’zgartirish, bozorga taklif etilgan dastlabki variantga
tuzatish kiritish.
9-bosqich - savdo faoliyatini boshqarish. Savdo, ikni tashish, yuklarni
qadoqlashga aloxida
etibor beriladi.
10-bosqich - savdodan keyingi xizmat ko’rsatish, istemolchiga servis xizmati ko’rsatish,
tovardan foydalanishda ko’maklashish.
11-bosqich - marketing faoliyatini nazorat qilish. Butun faoliyat dasturini nazorat qilish.
Oxirgi bosqichning tugashi, birinchi bosqichning boshlanishini bildiradi.
Marketing strategiyasini bilish «marketingni boshqarish» tushunchasiga tarif berishga imkon
yaratadi. Marketingni boshqarish - bu ishlab chiqarish va bozorni foyda olish,
savdo xajmini
oshirish, bozordagi xissasini oshirish maqsadida xaridorlar bilan foydali ayirboshlashni taminlash,
mustaxkamlash maqsadida o’rganish va taxlil etishdir.
Marketingni boshqarish vazifalari jumlasiga talab darajasi, vaqti va xususiyatiga tashkilot
oldida tutgan maqsadga erishish uchun yordam berish niyatida tasir etish ham kiradi.
Boshqacha
qilib aytganda marketingni boshqarish - bu talabni boshqarishdir. Xaqiqiy talab darajasi istalgandan
past yoki yuqori bo’lishi mumkin. Bunday xolat bilan marketing bo’yicha boshqaruvchi duch
kelishi mumkin.
Marketing bo’yicha boshqaruvchi - tashkilotning marketing vaziyatini taxlil qilish,
belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi va nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi xodimidir.
Bunga
savdo xizmati boshqaruvchisi va xodimlari, reklama xizmati xodimlari, savdoni rag’batlantirish
bo’yicha mutaxassislar, marketing bo’yicha
tadqiqotchilar, marketing bo’yicha tadqiqotchilar,
tovarlar bo’yicha boshqaruvchilar va narxni tashkil etish bo’yicha mutaxassislar kiradilar.
Dostları ilə paylaş: