O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


-Mavzu: Mavzu: Pedagogik psixologiya metodlari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə131/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

12-Mavzu: Mavzu: Pedagogik psixologiya metodlari
Mashg’ulot rejasi:

  1. Umumiy va maxsus metodlar

  2. Pedagogik psixologiyada eksperiment.

  3. Testlar va boshqa psixodiagnostik metodlar qo’llash

Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo‘lsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu tamoyil psixologlardan P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, S.L. Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi. Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtai nazardan tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. L.S. Vigotskiy, ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degan fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi, deb ta’kidlaydi. 14 Psixologiyaning asosiy tamoillari 1.4 Yosh psixologiyasi fanining tadqiqot metodlari. Metod – ( yunoncha, methods-tadkikot, tekshirish)- bilishning nazariy vaamaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi. Determenizm tamoyili Psixik hodisalar tabiiy va ijtimoiy sharoitlarga bog'liqbo'lib, bu sharoitlarining o'zgarishi psixik hodisalarningo'zgarishiga olib keladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili – ong va faoliyatbir -biriga qaramaqarshi bo'lmasdan ajralmas birlikni tashkil etadi.(ong faoliyat jarayonida paydo bo'ladi, rivojlanadi va namoyon bo'ladi; faoliyat ongning faollik shakli sifatida namoyon bo'ladi,ong esa faoliyat faolliginita'minlaydi). Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi Ppsixikani to'g'ri tushunish mumkin bo'lsa, psixikagataraqqiyot maxsuli va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to'gri tushunish va tushuntirib berish mumkin. 15 Rus psixologi B.G. Anan’ev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo‘linadi: I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi. Taqqoslash–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Longityud – (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi. Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida o‘tkaziladi. (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi). II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari. III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi. IV. Sharhlash metodlari: Genetik va “donalash” metodlari. Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi “gorizontal ” aloqalar aniqlanadi. Yosh va pedagogik psixologiyaning empirik metodlari Asosiy metodlar Kuzatish Psixologik holatlarning sabablarini ilmiy tarzda tushuntirib beruvchi tadqiqot metodi. Eksperiment Psixologik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan sharoitlarni yaratish maqsadida tadqiqotchining tekshiriluvchi faoliyatlariga faol aralashuvi Hayotiy kuzatish ma’lumotlari-ni qayd etish bilangina cheklanib, tasodifiy xarakterga ega. Ilmiy kuzatish ma’lumotlar-ni qayd qilishdan ularning ichki mohiyatini tushuntirib berishga o‘tish, uning zaruriy sharti – aniq reja va natijalarni maxsus kundalik yoki bayonnomalarda Laboratoriya eksperimenti maxsus yaratilgan sharoitlarda, maxsus (apparaturalar) asbob uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Tekshiriluvchi xattiharakatlari ko‘rsatma orqali belgilanadi. Tabiiy eksperiment oddiy hayotiy sharoitlarda o‘tkazilib, turli yosh davrlarida bilish imkoniyatlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. 16 qayd etishdir. Psixologik-pedagogik eksperiment Aniqlovchi Shakllantiruvchi Nazorat Yordamchi metodlar Faoliyat mahsulini tahlil qilish Tarjimai hol metodi Sotsiometriya Anketa Suhbat Egizaklar metodi Test 1. Kuzatish metodi. Kishining har kungi psixik faoliyatini odatdagi hayot va sharoitlarida tahlil qilishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyada bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o‘zini-o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: a)kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; b) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma’lumotlar to‘planadi; g)tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalapggiriladi; d)kuzatish qancha davom etishi qat’iylapggiriladi; ye) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya etiladi; yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi; j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak. Tug‘ilgandan 2 - 3 oygacha – har kuni 2 - 3 oydan - 1yoshgacha – har hafta Ilk bolalik ya’ni 1 – 3 yoshda – har oyda 3 yoshdan 6 – 7 yoshgacha – yarim yilda 1 marta 7 – 11 yoshda – 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim: 17 1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish. 2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulqatvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim. 3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim. 4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasin. 5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur. 6. Ob’ektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, ob’ektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim. 7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilishi kerak. Kuzatish orqali turli odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, nutq faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Ammo, o‘ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi. 2. Eksperiment metodi. Sun’iy hosil qilingan psixologik sharoitda namoyon bo‘luvchi psixik faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Eksperimentator yoki tajriba o‘tkazuvchi psixik faoliyatning o‘ziga kerakli hodisasini maxsus tarzda hosil qiladi hamda uning namoyon bo‘lish sharti va xarakterini belgilaydi. Tajriba metodi o‘z 18 navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o‘qituvchilarning ish qobiliyatlari, o‘zaro munosabatlarini, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o‘rganishda sinaluvchilarning o‘zlari bexabar bo‘lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim. Laboratoriya (klinika) metodi ko‘pincha individual (ba’zida guruh yoki jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, ko‘rsatkichli va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasi o‘zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Ko‘pincha elektron va radio o‘lchagichlar, sekundomer, refleksometr, elektroensefalo-gramma kabilardan foydalaniladi. Laboratoriya metodi yordamida diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo‘riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko‘pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, haydovchi, operator, elektronlar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko‘tarilishi) ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko‘rsatishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy zo‘riqish, jiddiylik, tajanglik sodir bo‘layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi. 3. Psixologik-pedagogik eksperiment - o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini . tabiiy sharoitda maxsus usullar yordamida o‘rganishdir. Mazkur eksperiment o‘quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta’lim sharoitida maqsadga muvofik, ulardan o‘zgarishlarni kuzatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bo‘lib, maxsus uyushtirilgan 19 ta’lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi. U quyidagi tuzilishga ega: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yo‘l-yo‘riq, tajribaning bir-biriga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash, eksperimentni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, taxlil etish va izohlashdan iboratdir. Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. 4. Anketa metodi. Kishilar psixikasini ommaviy so‘roq asosida o‘rganish demakdir. Bu metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarning munosabatlari o‘rganiladi. Anketa odatda uch turda o‘tkaziladi. Ularning birinchi turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turdagi anketada sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini o‘ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Tarqatilgan anketalar yig‘ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so‘ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo‘sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o‘rganish uchun boy ma’lumotlar to‘plash imkonini beradi. Biroq unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bunday kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi: a)Filtrlovchi-savollar. M.n: agar o‘qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: “Sening yoqtiradigan predmeting?”. Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar. b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funksiyasi – ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish. Shakli bo‘yicha anketalar: a) Ochiq – bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin. b) Yopiq – bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim. Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1.Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim. 2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim. 20 3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar berilishi lozim. 5. Suhbat metodi erkin, nutqiy munosabat tufayli olingan kishi psixik faoliyatining xulosasini tekshirish demakdir. Bu metod yordamida inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obtekti va sub’ekti tanlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. 6. Test metodi. Test - inglizcha «sinash», «tekshirish» degan ma’noni anglatadi, Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasb egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, to‘plangan ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy taxlil qila bilishiga bog‘liqdir. 1905 yil fransuz psixologlari A.Bine va A.Simonlar insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llanila boshlandi. Hozirgi zamon nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Veksler, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish 21 mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga muvafaqqiyatga erishish testlari, intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi. Proektiv metodlar. Proektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi. Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog‘lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu – 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har 1 dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har 1 “dog‘” nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog‘ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kul rang – qora, 3 ta dog‘ – yorqin bo‘lmagan ranglarda beriladi. Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning shaxsi xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Rorshax testining yosh psixologiyasida qo‘llaniladigan varanti Ye.T. Sokolova tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqatni diagnostika qilishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimentga qo‘shimcha metodik usul kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo‘yicha eksperiment qatnashchilari kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va miqdoriga qarab tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida ma’lumotni qo‘lga kiritadilar. 7.Biografik (tarjimai hol ) metodi. Inson psixikasini tadqiq kilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar biografik metod orqali o‘rganiladi. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, xujjatli filmlar, taqrizlar o‘rganilayotgan shaxs haqida to‘la tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora egishi( o‘zining uslubini yaratishi, kamolot cho‘kqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o‘taydi. 22 8. Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi, Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga muvrfiqlashtirilgan kichik guruhlardagi shaxslararo munosabatni o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a’zolarining o‘zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari maktabdagi o‘quvchilar jamoasi, mehnat lagerlari, oliy maktablar, mehnat jamolari va turli muassasalarning xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu metod yordamida o‘rganiladi. Umuman olganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni tadbiq etishda unumli foydalanish mumkin. 1.5. Psixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar 1. Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo‘llaniladigan metod va metodikalarni tanlash hamda sinab ko‘rishni (pilotaj tekshiruv) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi. Tadqiqot metodi – bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lumotni qo‘lga kiritish yo‘li, vositasi. Tadqiqot metodikasi – bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun ishlatiladigan qonkret usul va vositalar majmui. 2. Tadqiqot o‘tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo‘lishi, shu bilan birga sanitariya- gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak. 3. Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga mos tushishi kerak. 4. Sinaluvchilarni sifat jihatidan bir xil qilib tanlash zarur. 5. Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini o‘tkazishga ta’sir etadi (rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha). 6. Yo‘riqnoma yoki ko‘rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayyorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo‘lishi lozim. 7. Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning o‘zida ham to‘la, ham maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak. 8. Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, ya’ni qayta ishlanishi zarur. Psixodiagnostik metodikalarga qo‘yiladigan talablar: Psixodiagnostik metodikalar qo‘llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko‘rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o‘tkazilishi 23 zarur.Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin. Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi – psixodiagnostik metodikaning sifati bo‘lib, u ushbu metodika yordamida yetarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi. Metodikaning ishonchliligi – natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko‘rsatuvchi mezon. A.Anastazi agar bola hafta boshida intellekt testi bo‘yicha 110 ga teng ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, hafta oxirida bu ko‘rsatkich 80 ga teng bo‘lsa, bunday metodikaga ishonch bilan qarash mumkin emasligi haqida yozgan. Ishonchli metodikalarni qayta o‘tkazish o‘xshash natijani ko‘rsatishi kerak. Ozgina o‘zgarish bo‘lishi mumkin, lekin ular unchalik ahamiyatli bo‘lmasligi kerak. Metodikalar ishonchlilik darajasi bir qancha sabablarga bog‘liq. Tadqiqot natijalari aniqligini pasaytiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi; - diagnostik metodikalarning takomillashmagani (ko‘rsatma xato tuzilgan, topshiriqlar xarakteri jihatidan har turdaligi, tekshiriluvchiga metodikani taqdim etish bo‘yicha ko‘rsatmalarning noaniqligi); - tadqiqot vaziyatining o‘zgarishi (kunning har xil vaqtida tekshiruv o‘tkazilishi, xonaning turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning bor yoki yo‘qligi); - eksperimentator xulq-atvori, gapirish ohangining o‘zgarishi (bir tajribada boshqacha ko‘rsatma, boshqasida uni o‘zgartirib berishi; topshiriqning bajarilishini turlicha stimullashtirishi); - tekshiruvchi funksional holatidagi o‘zgarishlar (o‘zini his qilishi yaxshi bir eksperimentda, boshqasida charchash holatida bo‘lishi); - natijalarni sharhlash va baholashda sub’ektivlik. Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligini tekshirish yo‘llaridan biri standartlashtirish, metodika o‘tkazish muolajasini va uning natijalarini baholashning yagona talablarini ishlab chiqish. Metodikani baholashning yana bir muhim mezoni validlik hisoblanadi. Ishonchlilik aniqlangach, metodikaning validligi masalasi ko‘rib chiqiladi. Chunki ishonchli bo‘lmagan metodika validligi yuqori metodika bo‘la olmaydi. Metodika validligi – metodika yordamida olingan ma’lumotlarning nimani aniqlashga qaratilganligi, ya’ni metodika mohiyati bilan mosligi. Validlik – metodikaning samaradorligi, amaliy foydasini ko‘rsatuvchi mezon. Reprezentativlik – tanlanmaning sinaluvchilar bosh majmui xarakteristikalarini ko‘rsatuvchi xususiyati. Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar. 24 1. Abu Nasr Forobiyning «Baxt-saodatga erishuv» asarini mutolaa qiling va allomaning quyidagi qarashlarini yozma bayon eting: a)insoniy kamolotga erishuvda aqliy bilishning ahamiyati. b)irodaviy fazilatlarni shakllantirish va odatga aylantirishda inson qudrati, ta’lim va tarbiyaning kuchi haqida. v)yoshlarning kasb-hunar va ish-tajribani egallashi to‘g‘risida. 2. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining vujudga kelish sabablarini ko‘rsating. 3. Turli davrlarda psixik rivojlanish haqidagi talqinlarning mohiyatini yoritib bering. 4. Fanning predmeti, nazariy va amaliy vazifalari nimalardan iborat? Uning istiqboli haqida nima deya olasiz? 5. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyada tadqiqotlarni tashkil etish va ilmiy metodlari haqida ma’lumot bering.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin