O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə9/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik tadqiqot statistika ma`lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o`zligini namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta`limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta`limi muassasalarinng doimo o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’larni statistika metodi orqali aniqlanadi.
Respublikamizning deyarli barcha ta`lim-tarbiya muassasalari statistika ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.
Respublikamizning mustaqil bo`lguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin ortirib, qo`shib yozishlar xalq ta`limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur islohot o`tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma`lumot aniq, hayotiy bo`lsa bajarilayotgan ta`lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi.
2-3-MAVZU: PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXI
1. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
2. VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O’RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR
3. SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI
4. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA TARBIYA VA MAKTAB
5. XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGACHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
6. 1917-1991 YILLARDA O’ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:

  1. milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;

  2. pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;

  3. pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.


Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin