O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə78/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Mustaqillik va faollik. Mustaqillik va faollik o`zaro sabab va natija shaklida bog`langan didaktik hodisalardir. Haqiqiy mustaqillikka erishilgan mamlakatda fuqorolarning faolligi, tashabbuskorligi haqida gaprirish mumkin bo`lganidek, ta`limda bolalarning mustaqilligini ta`minlamasdan turib, ularning faolligiga erishib bo`lmaydi.
Ta`limda o`quvchilarning faolligi mustaqillik orqali belgilanadi, mustaqillik tufayli o`quvchi ta`limining faol sub`yektiga aylanadi. Ta`lim jarayonidagi mustaqillik faollik uchun shart-sharoit vazifasini o`taydi. Faollik esa o`z navbatida bolalarda mustaqillikni tarbiyalash uchun asos bo`ladi. Bu prinsiplar bir-birini to`ldiradigan hodisalar bo`lib, ularning mohiyatini tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayonlar sifatida tasavvur qilgandagina anglash mumkin.
Mustaqillik tashqaridan ichkariga yo`nalgan jarayon sifatida tasavvur etilganda, ta`lim bolalarning mustaqilligini ta`minlash ma`nosini, ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayon sifatida tasavvur etganda, bolada shakllangan, tarbiyalangan shaxsiy sifat-mustaqillik ma`nosini anglaymiz. Birinchi holatda tashqaridan (o`qituvchi tomonidan) berilgan mustaqillik, ikkinchi holatda bolaning o`z intilishlari, harakatlari evaziga unda shakllangan shaxsiy sifat-mustaqillik ko`zda tutiladi. Mustaqillik shaxsiy sifat belgilaridan biri bo’lib, mustaqil shaklida aqliy faoliyat ko`rsatish yo`li bilan shakllanadi.
Kishi mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatish, mustaqil o`rganish yo`li orqaligina fan asoslarini puxta egallashi hech kimga sir emas. O`quvchilarga kitob ustida ishlay olish malakalari, dastavval, boshlang`ich sinflarda hosil qilinadi. Bu malakalar yuqori sinflarda yanada takomillashtiriladi. Darslarda tashkil etiladigan mustaqil ishlar o`quvchilarda mustaqillikni rivojlantiradi. O`zbekiston geografiyasi bo`yicha bolalarga Shunday topshiriq berish mumkin: Toshkent Urgench, Samarqand shaharlaridan qaysi meridianlar o`tgan: O`zbekistonning asosiy daryolari (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon) nega sharqdan g`arbga qarab oqadi? O`zbekiston tog`larining sharqi-shimoliy, sharqi-janubiy tomonlariga yoqqan qorlar kam saqlanadi? Bunday mustaqil ishlar bolalarni o`ylashga, faktlarni taqqoslashga undaydi. Bolaning mustaqilligi mustaqil ishlarning, mustaqil aqliy faoliyatning natijasi sifatida shakllanadi.
Faollik tashqaridan ichkariga yo`nalgan jarayon sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustaqillikni shaxsiy sifat shaklida tarbiyalashni anglaymiz. Zero, mustaqillik kishining o`z intilishi, xatti-harakati natijasi sifatida tarkib topadi. Agar faollik ichkaridan tashqariga yo`nalgan jarayon sifatida qaralsa, unda insonning ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari mustaqillikni shakllantirish vositasi ekanligini tan olishga to`g`ri keladi. Hayot harakatga bog`liq bo`lganidek, mustaqillik faollikka aloqadordir.
Har qanday faollik zaminida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Faollik to`g`risida gapirganda o`qituvchi hikoyasi, suhbati tushuntirishi, ma’ruzasini diqqat bilan tinglash, turli xil yo`llar-ko`rgazma qurol, mustaqil ish, muammolar, texnik vositalar yordamida o`quvchilarning faolligini oshirish, ijtimoiy va ma`naviy hayotda faol ishtirok etish: moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishda, ma`naviy boyliklarni o`zlashtirishda ijodkorlik, tashabbuskorlik ko`rsatish tushuniladi. Demak, faollik tushunchasi xoh o`quv-tarbiya, xoh ijtimoiy va ma`naviy hayot to`g`risida bo`lsin, insonning ongli aqliy faoliyatini ifodalash uchun ishlatiladi.
O`quvchilarning ta`lim jarayonidagi mustaqilligi va faolligi quyidagi qoidalarga rioya qilish yo`li bilan ta`minlanadi.
Har bir o`quv materialini o`rganishga kirishishdan oldin o`quvchilarga uning maqsadi, hayot uchun zarurligini tushuntirish kerak. Zero, maqsad oldindan anglangan natija bo`lib, bolaning barcha xatti-harakatini, intilishlarini yagona yo`lga soladi. Maqsadni anglash ta`limning istiqbolliligini ta`minlaydi.
O`rganilayotgan o`quv mavzularining mazmuni, bolalarning individual xususiyatlari, real o`qish imkoniyatlarini hisobga olib muammolar, muammoli savollarni o`rtaga tashlash, quyilgan muammo, savol, topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib ta`limni tashkil etish va boshqarish bolalarda mustaqillik, faollikni tarbiyalaydi.
O`quv materialini o`rgatish jarayonida bolalarga analiz va sintez qilish, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishni o`rgatish zarur. Bola aqliy faoliyat usullarini o`rgana borgan sari, o`z oldiga qo`yilgan muammolarni ham tezlik bilan bajarish sirlarini egallaydi. Bu, o`z navbatida, bolada o`zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish qobiliyatlarini o`stiradi. Ta`limning barcha bosqichlarida, darsning barcha etaplarida mustaqil ishlarni tashkil etish, bolalarga fan sohasida qo`llanadigan metodlarni o`rgatish, o`quvchilarda o`z kuchi imkoniyatlariga ishonchni tarbiyalaydi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin