O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə74/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Ta`lim prinsiplari tizimi .
Ya.A.Komenskiy, A.Disterveg asarlarida ta`lim prinsiplari tizimi. Didaktika tarixida ta`lim prinsiplarini tartibga solish masalasi bilan birinchi marta Y.A.Komenskiy Shug`ullangan: “Buyuk didaktika” kitobining XXV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarning ko`pchiligi asoslangan edi. U tabiatga moslab o`qitish g`oyasidan kelib chiqib ko`rsatmalilik (narsa-tana, so`z narsa-don, so`z-uning po`stlog`i: Shunday ekan bilish narsaning o`zini sezishdan, o`rganishdan boshlanishi lozim) tushunarlilik (u yoki bu o`quv predmetini o`qitishdan oldin bolalar uni o`rganishga tayyor bo`lishi kerak: o`quv predmetini o`rganishga to`sqinlik qiladigan narsalarning barchasi bartaraf etilsin), izchillik (tabiatda narsa- hodisalar o`zaro bog`liq bo`lganidek, ta`limda ham barcha narsalarni bir-biriga bog`lab o`rgatish zarur: o`quv mashg`ulotlarini Shunday taqsimlash kerakki, unda oldin o`rganilgan bilimlar keyingi bilimlarga yo`l ochsin), faollik (qanday mashg`ulot bo`lmasin unga bolalarning mehrini oshirmoq kerak) bilim, malakalarning puxtaligi (maktabda hayot uchun yaroqli narsalar o`rgatiladi, o`qitiladigan narsalarni Shunday asoslamoq kerakki, unda esdan chiqarish, ikkilanishga o`rin qolmasin, mohirona takrorlash va mashq qildirish asosli o`zlashtirishga olib keladi) kabi ta’lim prinsiplarining maqomini aniqlagan. Garchand, Y.A.Komenskiy asarlarida “o`qitish prinsipi”, “ta`lim prinsipi” degan terminlar ishlatilmagan bo`lsa-da, hozir amalda qo`llanayotgan prinsiplarning aksariyati uchun zamin yaratilgan edi.
Ya.A.Komenskiydan keyin ta`lim prinsiplari taraqqiyotiga nemis klassik pedagogigi A.Disterveg muhim hissa qo`shdi. Uning 1835-yilda chop etilgan “Nemis o`qituvchilarini tayyorlashga doir qo`llanma” nomli asarida ta`lim prinsiplari ma`lumot mazmuni hamda o`qituvchi va o`quvchilar faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib sistemaga solingan. A.Distervegning pedagogik merosida ko`rsatmalilik, tushunarlilik, izchillik, mustaqillik prinsiplari bilan bir qatorda sistemalilik (o`quv predmeti tabiatidan tizimni tanla), ilmiylik (ta`limning mazmuni hozirgi zamon fani erishgan nuqtaga yo`naladi), ta`limda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish (o`qitishni qiziqarli va maroqli o`tkazishga intil), faollik (maktabda, “o`lik” narsalar emas, balki hayot tafakkur barq urib yashnasin) kabi prinsiplar ham o`rin oldi. A.Distervegning xizmati Shundaki, u ko`rsatmalilik, tushunarlilik, faollik kabi prinsiplarni o`ziga xos termin, atamalar bilan nomladi. Demak Y.A.Komenskiy, A.Disterveg asarlarida ta`lim prinsiplari ta`lim jarayoniga qo`yilgan talablar shaklida bayon etilgan.
Zamonaviy adabiyotlarda ta`lim prinsiplari tizimi muammosining qo`yilishi. Ta`lim prinsiplarini tartibga solish va ulardan amaliyotda foydalanishning mezonlarini o`rganish hali ham davom etmoqda. Hozir ta`lim prinsiplari tizimini asoslashga oid maxsus tadqiqotlar mavjud. V.I.Zagvyazinskiy oldin ta`lim jarayonida amal qiladigan qonuniyatlarni aniqlab, so`ngra Shu qonuniyatlarga mos keladigan ta`lim prinsiplarini ajratadi: ta`limning bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo`nalganligi, ta`limning hayot bilan bog`liqligi, ta`limning politexnik xarakteri va kasbga yo`nalganligi, ilmiylik, sistemalilik, ta`limning kompleks xarakteri, faollik va mustaqillik: ta`limning permanent (uzluksiz) ta`limga aylanishi og`zaki ko`rgazmali, amaliy metodlardan optimal foydalanish xotira va ijodiy faoliyatni o`zaro uyg`unlashtirish, ijobiy emotsional fon va motivlarni shakllantirish, tushunarlilik va istiqbollilik, puxtalik individual va kollektiv o`quv ishlarini qo`shib olib borish, ta`limning tarbiyalanuvchanligi va rivojlantiruvchanligi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin