O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Ta`lim prinsiplarini belgilash o`lchovlari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə75/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Ta`lim prinsiplarini belgilash o`lchovlari
U yoki bu didaktik hodisaga oid qarashlarni ta`lim prinsiplari qatoriga kiritishning o`ziga xos mezonlari mavjud. Shunday o`lchovlarga quyidagilar kiradi.
Umumiylik. Ta`lim prinsiplari o`quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga ta`limning mazmuni, vositalari, usullari tashkiliy shakllari, natijalari uchun mushtarakdir. Binobarin, bolalarning real o`qish imkoniyatlariga mos keladigan ta`lim mazmunini belgilashda, ta`limning turli normativ modellarini (o`quv dasturi, darslik, o`quv qo`llanmalari) yaratishda, ta`limning tashkiliy shakllari, vositalari, usullarini tanlashda ta`lim prinsiplariga rioya qilinadi.
Amaliyot uchun yaroqlilik. Ta`lim prinsiplari pedagogik amaliyotga yo`nalgan. Ta`limni hozirgi zamon talablari darajasida tashkil etish, boshqarish va nazorat etish ehtiyojlariga mos bo`lmagan qarashlar, qoidalarni ta`lim prinsiplari qatoriga kiritish mumkin emas. Ta`lim prinsiplariga ko`ra, o`quv-tarbiya ishlari ta`lim-tarbiya birligi, nazariya bilan amaliyotning yagonaligi, ta`lim vositalari, usullari va sh.k. optimal tanlash, ta`lim mazmunining bola shaxsiga yo`nalganligi kabi qator g`oyalar amalga oshiriladi.
Ta`limning samaradorligini oshirishga yo`nalganlik. Ta`lim prinsiplarining barchasiga rioya qilish va ularni amalga oshirish yo`li bilan o`quv-tarbiya jarayonining samaradorligi amalga oshiriladi.
Ta`lim mazmuni, vositalari, usullari, tashkiliy shakllarini maktab oldiga qo`yilgan ijtimoiy talablarga muvofiqlashtirish, bolalarning eng yuqori darajadagi taraqqiyotini ko`zlab ta`limni tashkil etish, o`quvchilarning ma`lumot mazmuni va faoliyat usullarini parallel egallashlariga erishish kabi tadbirlarni o`quv-tarbiya jarayoniga uzluksiz joriy etish yo`li bilan ta`limning natijasi, uning sifati yaxshilanadi, ta`lim uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishga shart-sharoit yaratiladi. Ta`limning samaradorligini oshirishga oid tadbirlar va ularni o`quv- tarbiya jarayoniga tatbiq etish yo`li bilan qo`lga kiritiladigan yutuqlar ta`lim prinsiplari asosida oldindan belgilanadi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin