O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Ta`lim jarayoni va ilmiy bilish jarayoni



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə72/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Ta`lim jarayoni va ilmiy bilish jarayoni. Pedagogik adabiyotlarda ta`lim jarayoni xususida fikr yuritilganda, olimning bilish yo`li bilan o`qituvchining bilish yo`li o`zaro qarama-qarshi qo`yiladi. O`quvchilarning ta`lim jarayonidagi bilishlari bilan olimlarning bilishlari bir-biridan farq qiladi. Olimlar moddiy dunyoni bilar ekanlar, ilgari fanda ma`lum bo`lmagan yangi haqiqatlarni kashf etadilar. O`quvchilar ta`lim jarayonida moddiy duyonni bilib olar ekanlar, o`zlari uchun ilgari noma`lum bo`lgan yangiliklarni bilib oladilar. Olim bilan o`quvchining bilish yo`llari turlichadir.
Falsafiy nuqtayi nazardan bilish jarayonida olim ham o`quvchi ham sub`yekt funksiyasini, olim bilib oladigan narsa bilan o`quvchi o`rganadigan bilim faoliyat predmeti funksiyasini o`taydi. Ularning ikkalasi ham bilish jarayonida hissiy bilishdan mantiqiy bilishga abstrakdan konkretga va aksincha, konkretdan abstraktga, yakkadan(xususiydan) umumiyga qarab borishadi. Fanda kashfiyot qilish uchun olimning yo`lini yorituvchi mash`ala-ilmiy tadqiqot metodlari bo`lsa, ta`lim jarayonida ta`lim metodlari mavjud. Shunday ekan, olim bilan o`quvchining bilish yo`llarini emas, balki bilish jarayonining sub`yektlari sifatida olim bilan o`quvchini o`zaro taqqoslash mantiqan to`g`ri bo`ladi. Bilish jarayonining sub`yektlari sifatida olim va o`quvchi bir-biridan farq qiladi. Olim o`z sohasiga oid fan asoslarini mukammal o`rgangan shaxs. U deduktiv yo`l bilan oldin o`zlashtirilgan bilimlarga tayanib, ilmiy farazlarni shakllantiradi, Shu farazlarni turmush, ishlab chiqarishda bevosita tekshirib ko`radi. Shuningdek, u ilmiy ish olib borish usullaridan ongli ravishda foydalanadi. Ularni qo`llash o`rni, paytini aniq tasavvur etadi. U ilmiy ish qilish bosqichlarini, ilmiy tadqiqotda qo`llagan usullarini o`z so`zlari bilan erkin aytib bera oladi. O`quvchi esa ta`lim metodlarini aqliy faoliyat usullarini olim o`zlashtirgan darajada o`rgangan emas. Ko`rinadiki, farq olim bilan o`quvchining bilish yo`lida emas, balki ularning aqliy taraqqiyoti darajalaridadir. Bu birinchi. Ikkinchidan, ta`lim jarayoni bilan ilmiy bilish jarayonlari o`rtasida tenglik belgisini qo`yish ham mumkin emas. Bu ikkala jarayon bir-biridan quyidagilarga ko`ra farq qiladi:
-ta`lim jarayonida ikkita daxldor faoliyatning -o`qitish va o`qishning ishtiroki shart:
-ta`lim jarayoni natijasi -o`zlashtirish doimo individualdir. Garchand, o`qituvchi nutqi darslik, ko`rsatma qurol va hatto kompyuter sh.k. sinf o`quvchilari uchun bir xil xizmat qilsa-da, har bir bola bilimlarni o`z layoqatiga yarasha o`rganadi:
-ta`lim chegaralangandir. Ta`lim jarayonida kishilar tomonidan kashf etilgan haqiqatlar o`rganiladi. Bilish jarayoni cheksizdir. Unda tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga oid hodisalarning hali o`rganilmagan sohalari tadqiq qilinadi.
Hozirgi didaktika oldidagi dolzarb muammolardan biri ta`lim jarayonida bolalarning bilishini olimlar bilishiga yaqinlashtirishdir. Fan sohasida qo`llaniladigan metodlarni ta`lim jarayoniga olib kirish, aqliy faoliyat usullari-analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara olish yo`llarini bolalarga o`rgatish yo`llari bilan ta`limning samaradorligi oshadi. O`quvchilarda darslik va boshqa ta`lim manbalari ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish yo`llari bilan ta`lim jarayoni va ilmiy bilish jarayoni o`rtasidagi tafovutlar bir qadar kamaytiriladi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin