O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə69/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Nazorat savollari

  1. Didaktik tizim deganda nimani tushunasiz?

  2. Qaysi didaktik tizimda “o`qitish o`qishdan katta” qolipi hisobga olingan?

  3. “O`qish o`qitishdan katta” qolipida yaratilgan didaktik nazariyalarni qanday atama bilan o`rgandingiz?

  4. Zamonaviy didaktik tizimlarga mos qolipni ayting.

  5. Klassik didaktik tizimlarning asoschilari kimlar?

  6. Progressiv didaktik tizim asoschilaridan kimlarni bilasiz?

  7. Abdullo Avloniyning didaktik qarashlarini tushuntiring.

  8. “Rivojlantiruvchi ta`lim” nazariyasini kim asoslagan edi?

  9. Qaysi didakt “Tarbiyalovchan ta`lim” g`oyasini asoslagan?

  10. A.Disterveg ta`lim metodlarini qanday guruhlarga ajratgan?

  11. Zamonaviy didaktik tizimlarda o`quvchi maqomi qanday tushuntiriladi?

  12. Abdulla Avloniy ona tilida o`qitishning ahamiyatini qanday izohlagan edi?

  13. Kimni “o`qituvchilarning o`qituvchisi” deb atashgan?

  14. “O`quvchilarning real o`qish imkoniyatlari” atamasini kim fanga olib kirgan va u qanday tarkibiy qismlardan iborat?

Professor Q.T.Olimov, dots. R.X.Nurboev va bosh mutaxassis M.R.Eshpo’latovlarning tadqiqotlari natijalari ham zamonaviy o’quv adabiyotlari (darslik, o’quv qo’lanma va shu kabilar)ni yaratish borasida o’ta qimmatlidir [6].


Quyida ularning “Oliy ta’lim darsligi modeli, funktsiyalari va unga qo’yilgan talablar” nomli ishidan zarur ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
Darslik o’quv metodik majmuaning yadrosi hisoblanib, uning atrofida qolgan o’quv vositalari va manbalari guruhlashtiriladi.
Boshqacha aytganda, darslik pedagog va talabaning o’zaro hamkorligini ta’minlovchi o’qitish manbaidir.
“Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi”ga muvofiq “Darslik – davlat ta’lim standarti, fanning o’quv dasturi, metodikasi va didaktik talablari asosida belgilangan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan, hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr”, - deb ta’kidlangan.
Darslik – davlat ta’lim standartida belgilangan asosiy o’quv materialini qamrab olgan holda, bilimlarni talabalar tomonidan mustaqil o’zlashtirib olishga, ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirishga, kerakli o’quv materialini mustaqil izlash va topishga, amaliy faoliyatda qo’llashni o’rgatish va ijobiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilmog’i lozim.
Zamonaviy darsliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• o’quv dasturiga mos keladigan va uni to’laligicha qoplaydigan shaklda yozilishi va o’quv maqsadining aniq yoritilishi;
• ta’lim oluvchilarni faol bo’lishga va tanqidiy fikrlashga undash;
• faqat nazariy ma’lumot berish berish bilan cheklanmaslik;
• amaliy ko’nikmalarini shakllantiruvchi muammoli savollar, loyihalar, mashqlar va ijodiy topshiriqlar berilishi;
• ta’lim oluvchi bilimini o’zini – o’zi baholash va mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyat yaratishi;
• o’quv materiali aniq maqsad va vazifalarga yo’naltirilishi lozim;
• mazmun dalillardan namunalarga, namunadan – farazga, farazdan – izlanishga, izlanishdan – amaliy qo’llashga, abstrakt – ilmiy bilimdan – aniq kasbiy bilimga, bilimdan amaliy ko’nikma va kontseptsiyani shakllantirishga o’tishni ta’minlanishi;
• o’quv materiali tushunarli, mantiqiy va tizimli bayon etilishi, muhim ma’lumotlar ajratib ko’rsatilishi;
• milliy xususiyatlar hisobga olinishi;
• topshiriqlar va vazifalar keng – ko’lamli ta’lim oluvchilar bajaradigan amaliy ishlarni juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etish imkoniyatini berishi;
• yoshlarni shaxsiy fazilatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi; harakatdagi jarayonlarni ko’rsatuvchi video materiallarga ega bo’lishi;
• nazariy, amaliy mazmunining o’zaro bog’liq holda ta’minlanishi;
• o’quv materialini o’rganish jarayonini osonlashtirish uchun rasmlar, sxemalar hamda chizmalarni qo’shib joylashtirish;
• mavzularning soddadan murakkabga taqdim etilishi va o’zaro bog’liqligini ta’minlash;
• fanlararo va fan ichida o’zaro bog’liqlikning ta’minlanishi;
• fan, texnika hamda texnologiyalar so’nggi yutuqlarining inobatga olinishi;
• fanning o’qitish texnologiyasi va metodikasi talablariga mos kelishi.
Zamonaviy darslikka muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi savollar, masalalar va topshiriqlarni kiritish orqali talabalarda zaruriy bilimni mustaqil izlash va topishga ehtiyoj hamda qiziqish uyg’otishi lozim.
Zamonaviy darslik quyidagi asosiy funktsiyalarni bajarishi kerak:
1. Axborotni uzutish funktsiyasi. Bu funktsiya talaba muayyan fan bo’yicha egallashi majburiy bo’lgan bilim va ko’nikmalar mazmunini qamrab olinishini ta’minlaydi.
2. Muvofiqlashtiruvchi funktsiya. Darslikning bu funktsiyasi o’quv materialini loyihalash jarayonida boshqa o’quv manbalarida keltirilgan materiallarni o’rganish, ular orasidagi uzviylikni ta’minlash, talabalarga axborot oqimini tez o’zlashtirish va olgan bilimlarni chuqurlashtirish hamda amaliy faoliyat jarayonida qo’llash yo’llarini topishni qamrab oladi.
3. Tizimlovchi funktsiya. O’quv fani mazmunini tizimlangan shaklda qat’iy ketma – ketlikda oddiydan murakkabga qarab bayon qilinishini ta’minlaydi. Darslikning ushbu funktsiyasi, birinchidan, o’quv materiali kasbiy faoliyatga bog’liq bo’lgan asosiy nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni o’zida qamrab olishi; ikkinchidan, darislikda biron – bir faoliyatni bajarish ketma – ketligining ta’minlanishi; uchinchidan, darslikda alohida arakatlar va jarayonlarni bajarishga talabalarning individual ehtiyojlariga yo’naltirilgan amaliy topshiriqlar berilishi; to’rtinchidan, o’quv materiallari o’zida reproduktiv faoliyat usullarini va unga mos holda produktiv jihatlarni o’zida qamrob olishi; beshinchidan, tushunchalar va terminlar aniq bir tartibda saqlanishini ta’minlashi kerak.
4. Mutaxassislikka yo’naltirilganlik funktsiyasi. Darslikning mazmuni talabaning mutaxassislik bo’yicha ishlab chiqarish va mehnat jarayonlari, ob’ektlari, texnika va texnologiyalari to’g’risidagi asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega bo’lishini ta’minlashi hamda kelajakda ularga tayanib yangi ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilish va o’zlashtirish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilishi kerak.
5. Didaktik funktsiyasi. Talabalarning qobiliyati va ehtiyojiga mos ravishda o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishga hamda asosiy mazmunini ajratish, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash ko’nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
6. O’zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash va o’z – o’zini nazorat qilish funktsiyasi. Talabaning o’qituvchi rahbarligida yoki mustaqil tarzda darslikdagi nazorat savollari, test materiallaridan foydalanib, o’z bilimini tekshirishi hamda ularga tayangan holda amaliy mashg’ulotlarni bajara olish kabi faoliyatlarga ko’maklashishdan iborat.
7. Mustaqil bilim olishga qiziqtirish va ijodkorlikka undovchi funktsiyasi. Ushbu funktsiya talabalarga mustaqil tarzda ta’lim olishga bo’lgan ishtiyoq, ehtiyoj va zaruriyatni uyg’otishi, qiziqtirishi, etishmaydigan bilimlarni mustaqil tarzda to’ldirishga yordam berishga yo’naltirilgan.
8. Rivojlantiruvchi – tarbiyalovchi funktsiya. Ushbu funktsiya o’quv materiallari asosida shaxsning vatani va xalqiga e’tiqodi, ma’naviy – insoniy xislatlar: Vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning faol shakllanishiga ko’mak berishdan iborat.
1-sxemadagi zamonaviy darslik modeliga muvofiq darslik ikki qismdan iborat bo’ladi va quyidagii asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi:
Birinchi qismida bosma shakli kitob ko’rinishida nashr etiladi va uning oxiriga ikki qismga tegishli komponentlar elektron shaklda disketada biriktiriladi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin