O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Ta`limning sistemaliligi va izchilligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə77/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Ta`limning sistemaliligi va izchilligi. Sistemalilik va izchillik prinsiplari ta`limning ilmiyligi va tushunarliligi prinsiplari bilan uzviy bog`liq didaktik kategoriyalardir. Zero, sistemalilik prinsipiga o`rganilayotgan o`quv predmetining sistemasini (masalan, o`rta umumta`lim maktablarida o`qitilayotgan biologiya kursi sistema sifatida botanika, zoologiya, anatomiya fanlaridan iborat) hisobga olish asosida, izchillik prinsipiga bo`lgan bilimlarning bolalar uchun tushunarli bo`lishi prinsipiga bog`langan holda amalga oshiriladi. Bu prinsiplarni amalga oshirishda maktablarda ona tilini o`qitish misolida tahlil etamiz.
Ma`lumki, o`zbek tili o`quv predmeti sifatida tilning fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. Til sistemasini tashkil etgan komponentlarning har biri o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lishi bilan bir qatorda o`zaro mustahkam bog`langan. Zotan, tilning fonetikasini o`zlashtirmasdan uning grammatikasini o`rganish mumkin emasligi allaqachon isbotlangan. Shunga ko`ra, ona tilini Shuningdek, chet tili ta`limidagi sistema tilshunoslik fani logikasi orqali belgilansa, izchillik prinsipi tilni o`zlashtirish psixologiyasiga rioya qilish yo`li bilan amalga oshiriladi. Izchillik prinsiplariga ko`ra ot kategoriyasiga oid bilimlar oldin kim? nima? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlar”, keyin “prdmetni bildirgan so`zlar”, oxirida “ot-so`z turkumi” bolalarning real o`qitish imkoniyatlariga moslashtiriladi, ikkinchi tomondan esa, o`quv predmetini o`zlashtirish logikasiga, binobarin, izchillik prinsipiga moslashtirib o`quv-tarbiya jarayoni tashkil etiladi.
Sistemalilik didaktik kategoriya sifatida dastlab Y.A.Komenskiy asarlarida asoslangan edi. U tabiatga moslab o`qitish g`oyasidan kelib chiqib Shunday yozgan edi: Uy poydevordan boshlab quriladi. Poydevor qurilgach, tom emas devorlar tiklanadi. Tabiatda bir narsa ikkinchisi bilan bog`liq bo`lganidek, ta`limda ham bir narsa ikkinchisi bilan aloqador bo`lmog`i lozim. “O`quv mashg`ulotlarini sinflar bo`yicha Shunday taqsimlash kerakki, unda oldin o`rganiladigan bilimlar keyin o`rganiladigan bilimlarga yo`l ochsin”.
Y.A.Komenskiy sistemali o`qitishning zarurligini alohida qayd etgan edi: u yerdan bu yerdan o`rganilgan parcha-parcha bilimlardan amaliyotda foydalanib bo`lmaydi. O`zaro bog`lanmagan bilimlar haqiqiy meva bermaydi. Bilimlarni yaxlit egallagan kishi o`z ildiziga ega bo`lgan daraxtga o`xshab kundan-kunga rivojlanib, ko`rkamlashib boradi.
Ta`limda sistemalilik prinsipi rus pedagogi K.D.Ushinskiy merosida alohida o`rin tutadi. U o`z pedagogik qarashlarida birinchi bo`lib, sistemalilik prinsipini boshqa sistema - bilimlarni o`zlashtirish psixologiyasi bilan bog`laydi: “Bizning umumiy ta`lim muassasalarimizda fan o`qitishda va ular uchun dasturlar tuzishda bilimlarning qay hajmda berishning sxolastik sistemasi emas, balki inson qalbi taraqqiyotining psixologik qonuni asos qilib olinishini xoxlar edim”. U o`rganiladigan bilimlarda ham, bilimlarni o`zlashtirish jarayonida ham sistema bo`lishini alohida ko`rsatadi. K.D.Ushinskiyning “Rus tilini dastlabki o`qitish haqida” nomli maqolasida sistemalilik prinsipi xususiy didaktika nuqtayi nazaridan quyidagicha asoslangan edi: “Faqat, sistema, albatta, aqlga muvofiq keladigan predmetning o`z mohiyatidan kelib chiqadigan sistemagina bilimlarimizni bizga batamom o`zlashib ketishiga imkon beradi. Uzuq-yuluq, bir-biriga bog`lanmagan bilimlarga to`lgan bosh go`yo hamma narsa betartib sochilib yotgan, egasining o`zi ham hech bir narsani qidirib topa olmay ovora bo`ladigan omborga o`xshaydi. Faqat sistema bilan to`lgan, lekin bilimi bo`lmagan bosh do`konga o`xshaydi, bu do`kondagi hamma qutilarga narsalarning nomi yozilgan bo`ladi-yu, lekin qutilarning ichi bo`sh bo`ladi”. Shunday qilib, K.D.Ushinskiy o`quv predmeti logikasi-sistemasi bilan uni o`zlashtirish logikasi-sistemasi ikki xil hodisa ekanligini isbotlaydi, o`zlashtirishda bolalar psixologiyasini hisobga olish zarurligini alohida ta`kidlaydi.
Sistemalilik ta`lim prinsipi sifatida qator belgilarga ega: tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylilik, vorislik, istiqbolga yo`nalganlik. O`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda Shu belgilarga rioya qilish ta`limda sistemalilikni ta`minlaydi.
Ta`limning izchilligi prinsipi uchun sistemalilik o`lchov hisoblanadi. Bu prinsipga, bizning kuzatishimizcha, Y.A.Komenskiy asos solgan edi. U didaktik qoidalardan birini quyidagicha bayon etadi. “Mashg`ulotlarni Shunday o`tkazish kerakki, undan keyin o`rganiladigan oldingi o`rganilganlarga asoslansin, hozirgi keyingilarni o`rganishga asos yaratsin”.
Kishining kundalik faoliyatida ham o`quv ishlarida ham, Shuningdek ilmiy ishlarda ham muttasillik, muntazamlik bo`lishi shart. Bu to`g`rida I.P.Pavlov Shunday deb yozgan edi: “Birinchi galda-izchillik. Izchillik, izchillik va yana izchillik. Ishingizning boshlanishidayoq, o`zingizni fan asoslarini izchil egallashga o`rgating. Fanning eng yuksak cho`qqilarini egallashdan oldin uning ibtidosini o`rganing. Oldingilarini o`zlashtirmasdan turib keyingilarni o`zlashtirishga o`tmang”. Bolalarning hayotiy tajribasiga tayanish, yuqori sinflarda quyi sinflarda o`zlashtirilgan bilimlarni hisobga olish, o`rganilgan o`rganilayotgan va o`rganiladigan bilimlar o`rtasida mantiqiy aloqadorlikni ta`minlash yo`llari bilan izchillik prinsipi amalga oshiriladi.
Sistemalilik va izchillik prinsiplarini o`zaro bog`langan holda amalga oshirish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:
-o`quv predmeti logikasi, uni o`zlashtirish psixologiyasiga qat`iy rioya qilish:
-ta`limni bolalarni qiziqishlari, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirish:
-ta`limda o`rganilgan, o`rganilayotgan va o`rganiladigan bilimlar o`rtasida vorislik o`rnatish:
-har bir mavzu, har bir o`quv predmetiga oid yetakchi g`oyalarni ajratish, o`quv predmetlari bo`limlari, Shuningdek, o`quv predmetlariaro aloqani o`rnatish:
-ta`limni bolalarning shaxsiy tajribasi, kuzatishlari va real bilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, boshqarish:
-sinfda, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari o`quv ishlari o`rtasidagi aloqadorlikni ta`minlash:
-ta`lim jarayoni aktlari, bosqichlari, davrlarining o`zaro aloqadorligi asosida o`quv- tarbiya ishlarini tashkil etish.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin