1.Komil insonning ma'naviy sifatlari. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko'rsatadiki, faqat ma'naviyat-ma'rifat keng
quloch yoygan, ilm-fan taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat ko'rish va
unda bir-biriga mehr-oqibatli, kamolatli insonlar shakllanishi mumkin.
Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonch va bunyodkorlik,
yaratuvchanlik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli bo'ladi. Bunday jamiyat
fuqarolarida sog'lom fikr, aql-idrok har doim ustivor bo'ladi. Insonning ma'naviyati
uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, ahloqiy,
iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o'z navbatida
inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar
insonning ijobiy majmuidan iborat. Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir
xislatini ifodalovchi ahloqiy kategoriyadir. Fazilat – alohida shaxs, el, elat, xalq,
ulusga taalluqli bo'lgan ijobiy sifatlar majmuidir. Odamning inson sifatida
shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, ahloq, madaniyat,
ma'naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlanganligi bilan belgilanadi.
Odob – har bir insonning o'zi bir inson yoki jamoa bilan bo'lgan muloqotida
hamda yurish-turishida o'zini tuta bilishidir.
Xulq – odobning ichki to'liqcha ko'nikma aylangan ko'rinishidir.
Ahloq – «Jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan,
xulq-odob normalari majmuasi» dir.
Madaniyat – «Jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati
jarayonida to'plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi».
Ma'naviyat – инсон онгини акс эттирувчи барча ижобий, руҳий,
интеллектуал фазилатлар мажмуаси.
Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi.
Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin-asta
takomillashib komil insonga aylanadi.