O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
3. Talabaning erishgan natijalari qoniqarsiz bo`lsa, uning
sabablari suhbat orqali
muhokama etilishi kerak. Bunda talabaning hatti-harakatlari ham ushbu qoniqarsiz
natijalariga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olish lozim.
4. Qoniqarsiz natijalarni birgalikda yaxshilash borasida ko`riladigan chora-tadbirlar
haqida maslahatlashib olishi kerak.
5. Talabaga bilim va ko`nikmalarni baholash bo`yicha hujjatlarni ko`rish
va unga
munosabatini bildirish xuquqi berilishi kerak. Topshiriqlar natijalarini baholash
maqsadli ravishda qo`yilgan talabdir.
Testlar bilim, qobiliyat, ko`nikma,
shuningdek, xarakter va munosabatni tekshirish vositasidir.
Testlar quyidagi yo`nalishlarda tuzilishi mumkin.
- modulning o`quv maqsadlariga erishilganligini aniqlash testlari;
- talabaning intellekt va boshqa qobiliyatlarini aniqlash uchun qobiliyat testlari;
- talabaning kasbga bo`lgan layoqatini aniqlash testlari;
- ta`lim maqsadlariga yo`naltirilganligi;
- muntazam o`tkazib turilishi;
- haqiqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga asoslanganligi.
Baholash jarayonida talabalarning, balki o`qituvchilarning ham kuchli va kuchsiz
jihatlari, o`quv jarayonidagi kamchiliklari ko`rsatib beriladi. Modulli o`qitish
dasturining
tuzilishi, o`quv vositalari, tashkiliy ishlarining
sifatiga ham baho berish
mumkin. Natijalarni muntazam baholab borish aniq va adolatli xulosalarga olib
keladi. Baholashda mazkur xulosalarning umumlashtirilishi
baholashning aniq
bo`lishiga yordam beradi. Talabani muntazam ravishda o`z natijalari to`g’risida
xabardor qilib turish uning maqsad sari intilishi va istaklarining amalga oshishiga
ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: