O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs axloqining psixologik tahlili
Addiktiv axloq – deviant (og‘uvchi) axloqning ba’zi moddalarni qabul qilish yoki e’tiborini doimiy ravishda shiddatli hissyotlarini rivojlantirish va qo‘llab turishga yo‘naltirilgan faoliyatning ma’lum bir turiga qaratish vositasida o‘z ruhiy holatini o‘zgartirish yo‘li bilan voqelikdan qochishga intilish hosil bo‘lishi shakllaridan biridir. Bu jarayon kishini shunchalik qamrab oladiki, hatto uning hayotini boshqara boshlaydi. Kishi o‘z ishtiyoqi oldida nochor bo‘lib qoladi. Iroda kuchi zaiflashadi va addiksiyaga qarshilik ko‘rsatishga imkon bermaydi.
65
Addiksiyaning yemiruvchi xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, bu jarayonda his-hayajonli munosabatlar boshqa odamlar bilan emas, balki jonsiz predmetlar bilan o‘rnatiladi. Insonlar bilan hissiy munosabat o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, yuzaki bo‘lib qoladi. Addiktiv ravishda amalga oshirish usuli vositadan asta-sekin maqsadga aylanadi. Mushkul hollarda vaqti-vaqti bilan shubha va tashvishlardan chalg‘ish hamma uchun ham zarur, lekin addiktiv axloq holatida u hayot uslubi bo‘lib qolib, uning jarayonida inson doimiy ravishda real borliqdan qochuvchi qopqonga tushib qoladi. Addiksiya shakllari bir-biri bilan almashib turishi mumkin, bu esa muammo hal bo‘lishi haqidagi xom xayollarni yanada mustahkamroq va kuchliroq qilib qo‘yadi. Bu esa nafaqat addiktning o‘zi balki uning atrofidagilar uchun ham xavflidir. Addiktiv ravishda amalga oshirish do‘stlik, sevgi, faollik boshqa ko‘rinishlarining o‘rnini bosadi. U vaqtni, kuch, energiya va hissiyotni shu darajada yutib ketadiki, addikt hayotda muvozanatni saqlash, faollikning boshqa turlariga kirishish, odamlar bilan muloqotdan lazzat olish, qiziqish, relaksatsiyalanish, shaxsning boshqa tomonlarini rivojlantirish, o‘z maylini namoyon qilish, hatto eng yaqin kishilarini hissiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga layoqatsiz bo‘lib qoladi.
Shaxsiyatlararo munosabatlar addikt uchun g‘oyat kutilmagan bo‘lib, ular katta harakatlar, ko‘pgina hissiy sarflar, fikrlash faoliyati g‘ayratni va o‘zini ayamaslikni talab etadi. Jonsiz moddalar, predmetlar va faoliyat turlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishni esa doimo oldindan bilib bo‘ladi, qulaylikka etishish samarasi esa deyarli doim kafolatlangan bo‘ladi. Jonsiz predmetlarni manipulatsiya qilish esa oson, shuning uchun vaziyatni nazorat qilish layoqatiga ishonch ortadi. Shunisi qo‘rqinchliki, addiktlarda manipulatsiyali uslub shaxs-lararo muloqotlar doirasiga o‘tadi. Shunday qilib, addiktiv shaxsning olam bilan o‘zaro munosabatida o‘ziga xos qayta moslashuv sodir bo‘ladi: addiktiv vakillar bilan predmetli munosabatlar «jonlanadi» va shaxslararo munosabatlar «predmetlanadi».
Ma’lumki, umuminsoniy tajriba, ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar, bilimlar va faoliyat usullari shaxs tomonidan boshqa odamlar bilan muloqotlar jarayonida o‘zlashtiriladi. Addikt o‘zini bu jarayonlardan to‘sib oladi, o‘z hayotiy tajribasini boyitishdan to‘xtaydi, shu orqali muloqotning eng muhim vazifalarini buzadi. Addiktning boshqa odamlar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida o‘zaro qiyinchiliklar yuzaga keladi. Muloqotning disfunksional jarayonlari bilan bir qatorda
66
shaxslararo persepsiyaning identifikatsiya, empatiya, refleksiya kabi ahamiyatga ega bo‘lgan mexanizmlari buziladi, o‘zgarib ketadi va o‘z qimmatini yo‘qotadi. Demak, o‘zini hamkor o‘rniga qo‘yib ko‘rish, qo‘shilib qayg‘urish, o‘zini atrofdagilar qanday qabul qilishini tasavvur etish layoqati yo‘qoladi. Axloqning addiktiv shakliga ega bo‘lgan shaxslarning quyidagi psixologik xususiyatlari alohida ajratiladi:
1. Inqirozli vaziyatlarga yaxshi chidamlilik bilan bir qatorda qiyinchiliklarga chidamlilikning pastligi. Bunga shaxsda gedonistik yo‘l-yo‘riqlar mavjudligi – darhol qoniqishga ega bo‘lish, o‘z istak-larini qondirishga intilish sabab bo‘ladi. Agar istaklar qondirilmasa, unda addiktlar yoki salbiy hissiyotlarning portlashi, yoxud paydo bo‘lgan muammolardan qochish orqali munosabat bildiradilar.
2. Tashqaridan namoyon qilingan ustunlik bilan uyg‘unlashgan nomukammallikning yashirin kompleksi. Kayfiyatning tez-tez o‘zga-rishi, ishonchsizlik, ularning layoqatlari obyektiv ravishda tekshirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan qochishda o‘z aksini topadi.
3. Yolg‘on gapirishga intilish. Addiktlar ko‘pincha o‘z va’dalarida turmaydilar, subutsizliklari, qoidalarga rioya qilmasliklari bilan ajralib turadilar.
4. Mustahkam his-hayajonli muloqotlar oldidagi qo‘rquv bilan uyg‘unlashgan tashqi ijtimoiy munosabatlar.
5. Ular boshqalarning aybsizligini bilib tursa-da, ayblashga intiladilar.
6. Qarorlar qabul qilishda javobgarlikdan qochishga intilish. Javobgarlikni boshqalarga ag‘darish, zarur vaqtda oqlovchi dalillarni izlash.
7. Axloqning stereotipligi, takroriyligi. Axloqning yuzaga kelgan stereotipini oldindan bilsa bo‘ladi, lekin uni o‘zgartirish qiyin.
8. Tobelik. Addiktiv yo‘nalishli boshqa odamlar ta’siriga bo‘ysu-nish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ba’zan passivlik, mustaqillikning yo‘qligi, madad olishga intilish kuzatiladi.
9. Xavotirlilik. Nomukammallik, tobelik kompleksi bilan mahkam bog‘liq. Buning o‘ziga xosligi shundaki, krizisli vaziyatlarda xavotir-lilik ikkinchi o‘ringa tushib qolishi mumkin, bunday vaqtda u oddiy turmushda yoki tashvishlar uchun haqiqiy sabab bo‘lmaydigan voqealarda yaqqol sabablarsiz yuzaga keladi.
Voqelikdan qochish o‘ziga xos «qochish» ko‘rinishida, borliqning barcha jihatlari bilan o‘zaro uyg‘un munosabatda biron-bir yo‘nalishda
67
faollashish yuzaga kelganda sodir bo‘ladi. Bunda inson diqqatini faoliyatning tor yo‘nalgan sohasiga jamlaydi (ko‘pincha o‘zini o‘zi yemiruvchi shaxs). N.Peseshkyanning konsepsiyasiga muvofiq «voqelikdan qochishning» to‘rtta turi mavjud: 1) «o‘z qobig‘iga berkinish»; 2) «ishga berilib ketish»; 3) «aloqalarga yoki aksincha, yolg‘izlikka intilish"; 4) «xom xayollarga berilish».
«O‘z qobig‘iga berkinish» ko‘rinishidagi voqelikdan qochishni tanlashda oila, xizmatda ko‘tarilish yoki qiziqish, odatiy hayot qadriyatlari iyerarxiyasini o‘zgartirish, faoliyatni o‘zgartirishga qaratilgan. Bunda faqat o‘zini jismoniy yoki ruhiy jihatdan takomil-lashtirishni maqsad qilgan an’anaviy hayot tarzini egallash yuz beradi. Bunda sog‘lomlashtirish tadbirlari, o‘zaro jinsiy munosabatlar, shaxsiy qiyofa, dam olish sifati va bo‘shashish usullariga qiziqish giperkom-pensatorli bo‘lib qoladi.
«Ishga berilib ketish» insonning, mehnatkash bo‘la turib, hayotning boshqa sohalari bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan vaqtni ajrata boshlaydigan xizmat ishini nomutanosib tarzda tashkil etishi bilan tavsiflanadi.
Kommunikativ qadriyatning o‘zgarishi muloqotda bo‘lish yoxud barcha ehtiyojlarni qondirishning yagona istalgan usuli bo‘lib qoluvchi, «muloqotlarga yoki yolg‘izlikka intilish» ko‘rinishidagi axloqni tanlangan taqdirda shakllanadi.
«Xom xayollarga berilish» - bu hayotda nimanidir ro‘yobga chiqarish, biron-bir harakatni amalga oshirish, real faollikni mavjud bo‘lmagan holda namoyon qilish istagini fikrlash, xayol qilishga moyillikdir. Narkotik moddalar iste’mol qilish insoniyat tomonidan qadim davrlardan buyon qo‘llanib kelganiga qaramay, ular ta’sirining ijtimoiy ko‘lami g‘oyat cheklangan edi. Birinchi navbatda, bu narkotiklarning ruhiyatga ta’siri odatlar tufayli yoki diniy ta’sir ko‘rsatish shakllarida foydalanilganligi uchun ro‘y bergan. Narkotik moddalar bu holda o‘zgargan holatda voqelikdan tashqariga chiqish va ilohiyot bilan «muloqot o‘rnatish», kelajakni oldindan aytib berish uchun ishlatilgan. Demak, narkotiklar puxta tuzilgan faoliyatga kiritilgan bo‘lib, ma’lum ijtimoiy-psixologik maqsadlarga erishish vositasi sifatida xizmat qilgan. Marosimlarning bunday qat’iy chizilgan tuzilmasi, ularning jamoaviy xususiyati individual ong va rivojlan-magan shaxsiyat ibtidosining o‘rnini to‘ldirish imkoniyatini bergan. Aynan shu narsa narkotiklarni ommaviy ko‘lamdagi ruhiy faol vosita sifatida iste’mol qilishning tarqalishidan himoya qilgan.
68
Narkotiklar yetishtirishning cheklanganligi va yoqimsiz hislar tufayli qabul qilinmasligiga olib keluvchi tabiiy biologik himoya mexanizmlarining ta’siri boshqa to‘xtatib turuvchi omillar hisoblangan. Keyinchalik kimyoviy yo‘l bilan narkotik moddalar olish mumkinligi, ularning sanoatda ishlab chiqarilishi va sotishdan olinadigan misli ko‘rilmagan foyda narkotiklar iste’mol qilishning nazoratga olib bo‘lmaydigan darajada o‘sishi va narkotik qaramlikning keng ko‘lamda shakllanishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda giyohvandlik shakllanishining sabablari to‘g‘risida ko‘plab nazariyalar (fikrlar) mavjud. Ulardan eng ko‘p tarqalganlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Degenerativ nazariyalar. Ularda giyohvandlik asosan «ay-niyotgan» shaxslarga xos bo‘lgan nuqson shaklida ko‘riladi. Narkotiklarga eng ko‘p o‘rganish psixopatik, infantil yoki ipoxondrik-melanxolik, ba’zan vegetativ-og‘riqli kompleksli (migren) shaxslarda uchraydi. Shuningdek miyaning organik kasalliklarini boshidan o‘tkazgan, oligofreniya, tutqanoq bilan kasallanganlar unga tezda o‘rganadi. Jinoyat olamida Giyohvandlarning ancha miqdori tuban-lashgan elementlar va fohishalar orasida, ya’ni biz delinkventlar deb belgilagan shaxslar orasida kuzatiladi. Narkotiklar juda qimmat turadi, shuning uchun ularni iste’mol qilishga ruju qo‘yganlar ularni topish uchun har qanday usullarni izlashga majbur bo‘ladilar. Bir qator mualliflar giyohvandlikka moyillik nasldan naslga o‘tadi deb ko‘rsa-tadilar.
2. Biologik nazariyalar. Bolaning u yoki boshqa sabablar ta’siri ostida rivojlanish jarayonida ma’lum miya hosilalari, birinchi navbatda - kishining hissiyotiga javob beruvchi limbik tizimi shikastlanadi degan taxminlar mavjud. Bu shikastlanishlar juda nozik bo‘lib, chamasi, neyronlar (bosh miyasi hujayralari) o‘rtasida muloqot va aloqalar o‘rnatish darajasida, shuningdek neyronlarning o‘z tuzilishlari darajasida sodir bo‘ladi. Bosh miyaning to‘g‘ri rivojlanishi turli sabablar ta’sirida: mexanik shikastlanishlar (miya chayqalishlari), yuqumli kasalliklar, ayniqsa virusli, turli-tuman zaharlanishlar, shu jumladan oziq-ovqatdan og‘ir zaharlanishlar natijasida, shuningdek ruhiy zarbalar natijasida buzilishi mumkin. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda aniqlanishicha, bolalar ota-onasidan ajratib qo‘yilgan hollarda ularda endorfinli retseptorlar faolligi ortadi, bu esa xavotirlik tuyg‘usi va notinch axloq yuzaga kelishiga olib keladi. Shubhasiz,
69
inson bolalarida ham xuddi shu holat sodir bo‘ladi. Opiy ta’siriga beriluvchan retseptorlarning yuqori faolligi narkotik yoki alkogolning ortiq miqdori bilan muvozanatlashadi, bu esa suiiste’molchilik sababi bo‘lib xizmat qiladi.
3. Psixodinamik nazariyalar. Geroin ta’siriga qaramlik va tegishli hayot tarzini kechirish mazkur nazariyalarda shaxsning «Men»ining sekinlashgan rivojlanishga moslashuvi deb ko‘rib chiqiladi. Ruhiyat buzilishlarining xos shakllanishi uchun keskin davr separatsiya-individuallashish bosqichining rivojlanishi hisoblanadi.
«Men» – voqelik tamoyillariga muvofiq ravishda ongsiz intilishlar va uning istaklarini boshqargan holda hayot talablariga moslashish imkonini beruvchi ruhiy tuzilishdir. U butun hayot davomida uzluksiz ravishda, lekin bolalikda – tezroq, chaqaloqlikdan boshlab rivojlanib boradi.
Separatsiya - shaxs rivojlanishining boshlang‘ich davri bo‘lib, unda shaxsning o‘zini tashqi dunyodan ajratib olishi sodir bo‘ladi va atrofdagi obyektlar bilan faol o‘zaro munosabatlar jarayoni boshlanadi.
«Me’yoridan ortiq - Men» – «Men»ga nisbatan sudya yoki senzor rolini o‘ynovchi, axloqiy ong, o‘zini o‘zi kuzatish va ideallar shakllanishiga javobgar bo‘lgan ruhiy bosqich; ota-onalarning talablari va taqiqlari interiorizatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi.
Bu davrda shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi, ichki turtkilarni boshqarish va «me’yoridan ortiq Men» funksiyasi rivojlanadi. Agar bola ota-onasidan bir-biriga qarama-qarshi ko‘rsatmalar olsa, unda uning axloqida noaniq cheklashlar va ahamiyatli zotlarga mutelik vujudga keladi. Agar kelgusida ular uning yonida bo‘lmasa, bu jiddiy his-hayajonli yo‘qotishga aylanadi. Bunday vaziyatda bolada aybdorlik tuyg‘usi rivojlanadi, u unga nisbatan muhabbat tuyg‘usi yo‘qolishiga o‘zini sababchi deb biladi. Natijada unda og‘riqli ta’sirga ega bo‘lgan ishonchsizlik, hech kimga keraksizlik va qoniqtirilmagan muhabbatga ehtiyoj tuyg‘usi rivojlanadi. Bu vaqtda unda muhabbatga bog‘lanib qolish va qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyoj darhol sun’iy obyekt – narkotik yordamida qanoatlantirilishi mumkin.
Narkotiklar iste’mol qilishdan qiynalish ushbu ichki nizoni hal etish hisoblanadi. Bunday holda, giyohvand xuddi narkotikka qaram bo‘lib qolgani kabi, unga hamroh bo‘lgan azoblanishga ham qaram bo‘lib qoladi. Giyohvand narkotik iste’mol qilishdan oldin ham, iste’mol qilganidan keyin ham – odamlardan unga bevosita yordam
70
berishlarini so‘rashga layoqatsiz bo‘ladi. U o‘zini rad etilishi qo‘rquvidan himoya qiluvchi manipulyativ axloq vositasida vaziyatni nazorat qiladi. Bunday axloqning maqsadi istakni zudlik bilan qondirish hisoblanadi. Giyohvandlar kelajakka ishonmaydilar, ular uchun boshqalarga nisbatan ishonchsizlik, shuningdek o‘ziga bo‘lgan ishonchning umuman mavjud emasligi xosdir. Umume’tirof etlgan fikrlarga ko‘ra, giyohvandlar hayot quvonchlarini qabul qilmaydilar, ular muvaffaqiyatdan qo‘rqadilar, ularning axloqi destruktiv xulq-atvorda – asossiz tajovuzkorlik yoki suitsidal harakatlarda namoyon bo‘ladi. Aslida esa ularning muvaffaqiyatdan qo‘rqishi bu muvaf-faqiyat uzoqqa cho‘zilmasligi, qachondir tugashi va ular yana xuddi bolaligidagidek chidab bo‘lmaydigan og‘riq, ko‘ngil qolishi va boshqa salbiy hissiyotlarni tuyishlari mumkinligi to‘g‘risidagi qo‘rquvga asoslangan bo‘ladi. Shu bois, bu qo‘rquvni yengish uchun giyohvand ongsiz ravishda o‘z muvaffaqiyatini buzishga intiladi. Demak, giyohvandni yana boladek tobeklikda bo‘lishiga va majburiyatga ega bo‘lmaslikka urinayotgan shaxs sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ilk ehtiyojlarini darhol qondirish bilan tavsiflanuvchi bunday inqirozlar – ota-onadan ajralish jarayonida ishonch va xavfsizlik muhiti mavjud bo‘lmagan tashvishli erta bolalikning natijasi hisoblanadi. Shunday qilib, narkotiklarga qaramlikni qattiq hayajonda yuzaga kelgan og‘riqni yengillashtirish va bir qancha vaqtga o‘zini boshqarish va ishlash layoqatini oshirishga yo‘naltirilgan adaptiv axloq sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bir qator tadqiqotchilar, narkotiklar qabul qilish vaqtidagi eyforiya (ko‘tarinki kayfiyat) holatini ta’riflashda uni shahvoniy tabiatga kiritadilar va libidonoz faoliyatining buzilishi ko‘rinishidagi o‘ziga xos farmakogenli orgazm sifatida baholaydilar. Demak, jinsiy munosabatlardan olinadigan lazzat farmakogen tabiatga ega bo‘lgan lazzat ta’siri bilan almashtiriladi. Sevgi obyektlariga boshqa zaruriyat bo‘lmaydi va giyohvand mazkur holatda o‘zining benuqson ekanligini his qiladi, zero u bilan boshqa hech narsa sodir bo‘lmaydi. Lekin keyin farmakotimik krizis boshlanadi, undan chiqib ketishning esa uchta yo‘li mavjud: 1) suitsid, bunda bemor uning quvonchi abadiy bo‘ladi deb hisoblaydi; 2) vaqtinchalik remissiyaga qochish; 3) psixoz – ruhiy kasallikning boshlanishi.
4. Tizimli-yo‘naltirilgan nazariyalar. Giyohvandilik bu yerda oilaviy yoki boshqa munosabatlar tizimida patologik (nuqsonli) muvozanat natijasi kabi ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy munosabatlarda
71
giyohvand hamkoriga undan kuchliroq bo‘lish imkoniyatini beradi. O‘smir giyohvandlar uchun «uydan uzilish» muammosi xosdir. Bu yerda giyohvandlik soxta mustaqillik va soxta individuallashuvni qo‘lga kiritish uchun xizmat qiladi. Bu ota-onalarning o‘ta qat’iy g‘amxo‘r yoki aksincha, ularning to‘liq befarq bo‘lgan holatlarida sodir bo‘ladi. Shunday qilib, ota-onalar tomonidan erta jarohatlanish bolani «salbiy bog‘lanishi», «xo‘rlanish vahimasi"ga olib keladi. Hatto u ulg‘ayganda ham, ota-onalari uning uchun avvalgidek ularga tobe bo‘lgan va ulardan uzila olmaydigan o‘ta ahamiyatli shaxslar bo‘lib qoladi, yoxud o‘zini inkor qilishgacha bo‘lgan salbiy e’tibor va baholash obyekti hisoblanadi.
5. Ijtimoiy nazariyalar. Mazkar nazariyalar narkotiklarni sui-iste’mol qilishni jamiyatning disfunksiyalanishi natijasi deb hisoblashadi. Mualliflarning fikricha, odamlar jamiyatdagi bosimdan qochish yoki ularning me’yorlariga qarshi norozilik belgisi sifatida narkotik iste’mol qiladilar. Ushbu nazariya ayrim tarafdorlarining ta’kidlashicha, birorta ham giyohvandni davolash ta’siri ostiga tushirib bo‘lmaydi, chunki u jamiyatni disfunksiyalovchi giyohvandlikning haqiqiy sababiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ularning ta’kidlashicha, davolash faqatgina o‘z mohiyatiga ko‘ra na kasal, na anomal bo‘lgan odamlarni sharmanda qilishi mumkin. Bu nuqtai nazarni aksariyat amerikaliklar – harbiy harakatlar vaqtida geroin iste’mol qilishga qiziqib qolgan Vyetnam urushi faxriylarining normal hayotga qaytishlari bilan hech qanday muammosiz uni iste’mol qilishdan voz kecha olganliklari holati bilan tasdiqlanadi.
Zamonaviy psixologiya narkotiklar iste’mol qilishning bir nechta sababiy darajalarini ajratadi.
Birinchi daraja – ongsiz bo‘lib, tug‘ilish vaqtidagi shikastlanishga aloqador bo‘ladi. Tug‘ilish vaqtidagi jarohat ruhiyatdagi salbiy jarayonlarning aksariyati uchun asos bo‘ladi, chunki oddiy ongli harakatlar yo‘li bilan ulardan qutulish imkoni bo‘lmagani sababli, bu salbiy hissiyotli zaradni inson o‘z ichida olib yuradi. Bu darajada shaxsning boshlang‘ich tuzilishi va narkotiklar hamda stimulyatorlarni iste’mol qilishning asosiy qo‘zg‘atuvchi sabablari hosil bo‘ladi.
Ikkinchi daraja - intuitiv, tana xotirasiga asoslanadi. Bizning barcha salbiy hissiyotlarimiz tanamizda bukuvchi mushaklar va rostlovchi mushaklar o‘rtasidagi harakatga turtki beruvchi mushaklar va uni ushlab turuvchi mushaklar o‘rtasidagi kuchlanish ko‘rinishida
72
aks etadi. Bu kuchlanishni iroda kuchi yoki biron-bir shunga o‘xshash kuch bilan yumshatish mumkin emas. Shu vaqtning o‘zida, narkotiklar va stimulyatorlar, tanaga ta’sir ko‘rsatgan va ong holatini o‘zgartirgan holda shunday imkoniyatni beradi.
Uchinchi daraja – ongli, simptomni (alomatni) kuchaytirish shaklida. Qandaydir ichki muammoning hal bo‘lishi uchun inson ongli ravishda go‘yo uning barcha ko‘rinishlarini kuchaytirgan holda o‘zining oxirgi holatiga, bema’nilik darajasigacha yetkazishi mumkin. Bu holda, uning eng oxiriga yetish uchun vaziyatni ataylab keskinlashtirishda va muammo hal bo‘ladi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti giyohvandlikning (toksikomaniyaning) quyidagi diagnostik alomatlarini taklif etadi:
1) tabiiy yoki sintetik zaharli moddani takroriy ravishda qabul qilish natijasida giyohvandda uning o‘zi va atrofidagilar uchun zarar va xavf tug‘diruvchi davriy yoki surunkali zaharlanish holati yuzaga keladi;
2) o‘sib borayotgan zaharga chidamlilik (va his-hayajonli sama-raning pasayishi) tufayli giyohvand dozani oshirishga muhtoj bo‘ladi;
3) u endi zaharni qabul qilishdan bosh tortish layoqatiga ega bo‘lmaydi, chunki qabul qilishni to‘xtatishda unda jismonan og‘ir, ruhan chidab bo‘lmaydigan holat yuzaga keladi.