Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish



Yüklə 102,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix25.11.2022
ölçüsü102,11 Kb.
#70466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
483-I-сон 30.08.1997. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida

13-modda. Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish
Oziq-ovqatlarni saqlaydigan va tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va
qoidalarga rioya etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashlari shart.
14-modda. Oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish
Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik
belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi.
Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish
mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-sonli 
qarori
.
Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan
shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yo‘l qo‘yiladi.
Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:
mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lmasa, majburiy
sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati bo‘lmasa;
saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo‘lmasa;
yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.
Keyingi
 tahrirga qarang.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududiga oziq-ovqat mahsulotini olib kirish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti ushbu Qonunda
ko‘rsatilgan normalar va qoidalarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart.


Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotini yetkazib beruvchi uni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchining va eksport qiluvchi mamlakat maxsus vakil qilgan
organning ushbu mahsulot xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini, tegishli ekspertiza o‘tkazish
zarur bo‘lganida esa oziq-ovqat mahsulotining namunalarini taqdim etadi.
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti, texnologiyalar va uskunalar qonun
hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim.
Keyingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligining
normalar va qoidalariga mosligi davlat nazorati organlari tomonidan bojxona organlari bilan
birgalikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Yüklə 102,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin