Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish



Yüklə 102,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix25.11.2022
ölçüsü102,11 Kb.
#70466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
483-I-сон 30.08.1997. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida

11-modda. Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish
Oziq-ovqat mahsulotini yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalar talablariga muvofiq
ishlab chiqaradilar.
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan oziq-
ovqat xomashyosidan, oziq-ovqat qo‘shimchalardan, qadoqlash va yordamchi materiallardan va
ulardan ishlangan buyumlardan, uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar
va biologik faol qo‘shimchalarni ishlatish taqiqlanadi.
Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotining sifati belgilangan normalar va qoidalar
talablariga mos bo‘lishi ushbu Qonun 7-moddasining 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan
mahsulotlarning sifati esa sertifikat bilan ham tasdiqlanishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosini yetishtirish chog‘ida veterinariya dori
vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarni qo‘llashga ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
O‘simliklardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosini yetishtirish chog‘ida zaharli kimyoviy
moddalar va mineral o‘g‘itlarni qo‘llanishiga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan
o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
12-modda. Oziq-ovqatlarni qadoqlash, o‘rash va tamg‘alash
Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan
(barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va
qonun hujjatlariga muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart.


Keyingi
 tahrirga qarang.
Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar,
oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar
ko‘rsatilishi kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez
taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi;
saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari
uchun);
og‘irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop
va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan
litsenziyasi bor korxonalar uchun);
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari.

Yüklə 102,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin