Keyingi
tahrirga qarang.
Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar,
oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo‘lishi,
ularda quyidagilar
ko‘rsatilishi kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez
taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi;
saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari
uchun);
og‘irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari,
maxsus bolalarbop
va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan
litsenziyasi bor korxonalar uchun);
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari.
Dostları ilə paylaş: