Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari



Yüklə 102,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix25.11.2022
ölçüsü102,11 Kb.
#70466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
483-I-сон 30.08.1997. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida

3-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
oziq-ovqat 
mahsulotining 
sifati 
va 
xavfsizligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
4-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat
boshqaruvi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa
organlar (bundan keyin matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga
oshiriladi.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat tomonidan normalash;
oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga
tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlash;
davlat nazorati va tekshiruvi;
oziq-ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish.

Yüklə 102,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin