Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat



Yüklə 102,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix25.11.2022
ölçüsü102,11 Kb.
#70466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
483-I-сон 30.08.1997. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida

5-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat
tomonidan normalash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat tomonidan
normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid
qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish shart-sharoitlariga
qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va
normalarini, fitosanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini, davlat standartlarini,


texnikaviy shartlarni (bundan keyin matnda normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yo‘li bilan
amalga oshiriladi
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti
muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Keyingi
 tahrirga qarang.
6-modda. Oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va
foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Oziq-ovqat mahsuloti hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga
tegib turadigan uskunalar oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar
talablariga mosligi baholanganidan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ishlab
chiqarilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, realizatsiya qilinishi va ishlatilishi
mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan,
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotini va
uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanitariya-epidemiologik xulosa berilayotganda davlat
sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta-qayta ro‘yxatdan
o‘tkazish;
tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqatlarni, ovqatga qo‘shiladigan oziq-ovqat
qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.

Yüklə 102,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin