texnikaviy shartlarni (bundan keyin matnda normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yo‘li bilan
amalga oshiriladi
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi
va ular oziq-ovqat mahsuloti
muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Keyingi
tahrirga qarang.
6-modda. Oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va
foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Oziq-ovqat mahsuloti hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga
tegib turadigan uskunalar oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar
talablariga mosligi baholanganidan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ishlab
chiqarilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, realizatsiya
qilinishi va ishlatilishi
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan,
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotini va
uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanitariya-epidemiologik
xulosa berilayotganda davlat
sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta-qayta ro‘yxatdan
o‘tkazish;
tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqatlarni, ovqatga qo‘shiladigan oziq-ovqat
qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: