Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oziq-ovqat mahsulotini olib qo‘yish



Yüklə 102,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix25.11.2022
ölçüsü102,11 Kb.
#70466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
483-I-сон 30.08.1997. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida

16-modda. Oziq-ovqat mahsulotini olib qo‘yish
Odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti tegishli davlat nazorati
organlarining qaroriga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilishi kerak.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
17-modda. Qoidalar va normalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotidan
foydalanish hamda uni yo‘q qilib tashlash
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini
aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari
va (yoki) veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va sertifikatlashtirish sinovlari natijalariga
ko‘ra davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlari tomonidan ovqatga
ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilish va realizatsiya
qilinishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q
qilib tashlanishi kerak.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari uchun egasi
tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishib olinadi.
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash uning egasi
tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni bajarishni shartnoma bo‘yicha topshiradigan
tashkilotlar tomonidan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat
hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq organlarining va
jamoatchilikning vakillari kiradi.
Oziq-ovqat mahsuloti hayvonlarga yem sifatida ishlatilgunicha yoki yo‘q qilib tashlagunicha
alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta ishlash) yoki yo‘q qilib
tashlash usullari va shartlari aniq ko‘rsatilgan holda saqlanishi kerak. Bunday mahsulotning but
saqlanishi uchun uning egasi javobgar bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilib tashlash usullari va shartlarini belgilash,
qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilib tashlash bilan bog‘liq xarajatlarni uning egasi to‘laydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati
organlariga ushbu mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi
dalolatnomani taqdim etadi.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)

Yüklə 102,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin