Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Oziq-ovqat mahsulotini, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo



Yüklə 102,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix25.11.2022
ölçüsü102,11 Kb.
#70466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
483-I-сон 30.08.1997. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida

7-modda. Oziq-ovqat mahsulotini, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo
qilishga mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalarni sertifikatlash
Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo qilishga
mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning normalar va qoidalarga
mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxati hamda sertifikatlashdan o‘tkazish tartibi
qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
8-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini nazorat qilish va tekshirish
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi ushbu Qonunning 
4-moddasida 
ko‘rsatilgan
davlat nazorati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida nazorat qilinadi va tekshiriladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish,
saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan
normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini ta’minlaydilar. Ishlab
chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir
normalar va qoidalarga, normativ hamda texnologiya hujjatlari talablariga muvofiq yuridik va
jismoniy shaxslar bajaradigan ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini va shart-sharoitlarini hisobga
olgan holda belgilanadi hamda tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishiladi.
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar normalar va
qoidalarning talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda ishlarni amalga oshirishni va xizmatlar
ko‘rsatishni aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yishlari shart.
Jamoat birlashmalari qonun hujjatlariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotining sifati va
xavfsizligini ta’minlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini


amalga oshirishga haqli.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 102,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin