«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun


Go’shtning tozaligini ball orqali baholash



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə83/107
tarix26.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#70620
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107
OZIQ-OVQAT XAFSIZLIGI

Go’shtning tozaligini ball orqali baholash.
Go’shtning tozaligini 25 ball asosida aniqlaydilar. Organoleptik baxo beradilar va ximik izlanish olib borish kerak.


Go’sht Ball

Toza 21-25


Uncha ham toza emas 10-20
Eskirgan 0-9
Go’shtni vеtеrinаriya jihаtidаn tеkshirish. Buning uchun go’shtnimtаsi vеtеrinаriya ko’rigidаn o’tkаzilаdi vа uning ichki а’zоlаri (qоrа jigаr, jigаr, o’pkа) tеkshirilаdi, kеrаk bo’lgаndа qo’shimchа lаbоrаtоriya tеk-shiruvi o’tkаzilаdi. Vеtеrinаriya tеkshiruvi охiridа go’shtgа muhr bоsilаdi. Sifаtli go’shtgа binаfshа rаngdаgi muhr bоsilаdi,
Inаvli go’shtgа - dumаlоq muhr.
II nаvli go’shtgа - to’rtburchаk muhr.
IIInаvli go’shtgа uchburchаk muhr bоsilаdi.
Shаrtli yarоqli go’shtgа qizil rаngli muhr bоsilаdi. Bundаy go’shtlаrgа ishlоv bеrish yo’lini ko’rsаtuvchi bеlgi hаm qo’yilаdi. To’g’ri o’tkаzilgаn vеtеrinаriya tеkshiruvi sаlmоnеllyoz vа bоshqа tоksikоinfеktsiyalаrning оldini оlishdа muhim tаdbirdir.


LABORATORIYA TEKShIRIShLARI UChUN GO‘ShT VA GO‘ShT MAHSULOTLARIDAN NAMUNALAR OLISh
ME’YORI
1. Bakteriologik tekshirishlar:
a) go‘shtni bakteriologik tekshirish uchun:
— tana go‘shtining oldingi va orqa oyoqlardagi bukuvchi yoki yozuvchi mushaklarining kamida 8 sm uzunlikdagi bir qismi yoki kamida 8 x 6 x 6 sm o‘lchamdagi boshqa mushak bo‘lagi;
— bo‘yin yuzaki yoki o‘mrov osti va tashqi yonbosh limfa tugunlari ularni o‘rab turgan biriktiruvchi va yog‘ to‘qimalari bilan birgalikda, cho‘chqalardan esa — bo‘yin dorzal yuzaki (bosh va bo‘yin sohasida patologik o‘zgarishlar bo‘lmaganda) yoki birinchi qobirg‘a o‘mrov osti va tizza usti limfa tugunlari;
— jigar limfa tugunlari yoki o‘t suyuqligidan ozod qilingan o‘t pufagi bilan jigar bo‘lagi, buyrak va taloq;.
b) kuydirgi qo‘zg‘atuvchisiga bakteriologik tekshirish uchun:
— zararlangan organning limfa tuguni yoki gumonli fokus joylashgan qismdan limfa to‘plovchi limfa tuguni, shishgan to‘qima, quloq, cho‘chqalarda esa, bundan tashqari, jag‘ osti limfa tuguni;
v) yarimta tana go‘shtini yoki tana go‘shtining chorak qismini tekshirishda: mushak bo‘lagi, limfa tuguni va naysimon suyak.
2. Trixinellyozga tekshirish uchun:
— go‘shtdan (cho‘chqa, bo‘rsiq, ayiq, nutriya va boshqa hayvonlar) — diafragma oyoqchalaridan yoki diafragmaning qovurg‘a qismidan, qovurg‘alararo yoki bo‘yin mushaklaridan 60 grammdan ikkita namuna;
— shpik (tashqi yog‘) — har bir bo‘lakdan 20 grammdan.
3. Go‘shtni fizik-kimyoviy tekshirish:
— so‘yilgan joydan, ya’ni 4 va 5-bo‘yin umurtqalari qarshisidan, kurak sohasidan, son sohasidan va mushaklarning qalin qismidan — massasi kamida 200 gramm.
4. Hayvonotga mansub eritilgan yog‘lar:
Bir idishdagi hayvonotga mansub eritilgan yog‘lardan — 100 gramm;
5. Parranda go‘shti:
parranda go‘shtidan
Parranda go‘shti— o‘ramdan (joydan) ko‘rsatma bo‘yicha uchta namuna tanlab olinadi.
6. Quyon go‘shti:
quyon go‘shti o‘ramdan (joydan) ko‘rsatma bo‘yicha uchta namuna tanlab olinadi.
7. Kolbasa mahsulotlari, sosiska, sardelka, kabob kolbasasi, qazi:
— bakteriologik tekshirishlar uchun — kolbasa mahsulotlarining har bir partiyasidan kamida ikkita har birining uzunligi 15 sm bo‘lgan bir martalik namuna batonning chetidan olinadi. Ikkita bir martalik namunadan umumiy namuna tashkil etiladi;
— organoleptik va kimyoviy tekshirishlar uchun — kolbasa mahsulotlarining har bir partiyasidan organoleptik ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun bir martalik namuna massasi 400 — 500 gr. olinadi, kimyoviy tekshirishlar uchun — 200 — 250 gr, mahsulot chetidan kamida 5 sm berida ko‘ndalang yo‘nalishda kesib olinadi. Mahsulotning turli birliklaridan olingan ikkita bir martalik namunalardan organoleptik sinovlar uchun massasi 800 — 1000 gr, kimyoviy sinovlar uchun esa 400 — 500 gr umumiy namuna tashkil etiladi.
— sosiska, sardelka, qazi va kabob kolbasasining har bir partiyasidan mahsulot birligining butunligini buzmasdan bir martalik namunalar olinadi. Bir necha bir martalik namunalardan massasi 400 — 500 gr bo‘lgan ikkita umumiy namuna tashkil etiladi.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin