«oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi 5321000-«Oziq-ovqat texnologiyasi» bakalavr ta’lim yо‘nalishi uchun



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə78/107
tarix26.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#70620
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107
OZIQ-OVQAT XAFSIZLIGI

X100VkCMVl/1000(V2m)
Nazorat uchun savollar

  1. Oziq-ovqat qo’shimchalariga nimalar kiradi?

  2. Oziqaviy bo’yoqlarning qanaqa turlarini bilasiz?

  3. Organik kislotalar qanday maqsadlarda qo’llanadi?

  4. Aromatizatorlar qanaqangi moddalar?

  5. Vitaminlarning oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi o’rni?



10-MAVZU. SINTETIK OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI VA QADOQLASH-O`RASH MATERIALLARI ZARARI, ULARNI XAVFSIZLANTIRISH YO`LLAR
Idish mahsulotlarni ularning sifatini buzuvchi qor-yomg‘irdan, hidining yo‘qolishi, urilib shikastlanishdan, yorug‘lik, harorat va havo namligi ta’siridan, qurish, uvalanish, oqish-to‘kilishdan, yoqimsiz hid, ombor zararkunandalari va boshqalardan saqlaydi.
Idish tayyorlanadigan materialning ahamiyati katta. U arzon, yengil, chidamli, nam tortmaydigan, hidsiz bo‘lishi, mahsulotga kimyaviy ta’sir etmasligi, mahsulotni shimmasligi lozim.
Mahsulotni joylashda tashqi va ichki idishlar, shuningdek, turli joylash materiallaridan foydalaniladi. Idish uni tayyorlash uchun ishlatilgan materialga qarab, yog‘och, karton, qog‘oz, mato, shisha, metall va polimer idishlarga bo‘linadi.
Yog‘och idishga yashik, quti, bochka, katta yog‘och paqir, baraban, savat va boshqalar kiradi. Uni ignabargli va tilog‘och daraxtlari yog‘ochliklaridan yasaladi. Idishda hid bo‘lishining sababi yog‘och tarkibida smola moddalari va efir moyi bo‘lishidir. Bular ignabargli daraxtlarda tilog‘ochga qaraganda ancha ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochlikdan yasalgan idishdagi namlik 16 – 18% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Karton idishlarga kartondan yasalgan yashik, quti, stakanlar kiradi. Burma kartondan yasalgan yashiklarga qandolat mahsulotlari, konservalar, margarin, pishloq, tvorog, tuxum, muzlatilgan balik, oziq konsentratlari, tuz va boshqa mahsulotlar joylanadi. Karton quti qadoqlangan qandolat mahsulotlarini, papiros, pishloq va boshqa mahsulotlarni solish uchun ham ishlatiladi. Stakanlar muzqaymoq, sut-qatiq mahsulotlari, dog‘langan yog‘ uchun ishlatiladi.
Qog‘oz idish – pishiq qog‘oz qop, paket, o‘rov qog‘ozi, yog‘ shimmaydigan qog‘oz (pergament, podpergament, pergamin)lardir. Pishiq qog‘oz qop uch-besh qavat pishiq qog‘ozdan tayyorlanadi. Unga makaron va teshikkulcha, suxari singari mahsulotlar solinadi. Bunday idish matodan tikilgan qopdan ko‘ra mahsulotni nimiqishdan, ifloslanishdan yaxshi saqlaydi. Qog‘oz paketga sochiladigan mahsulotlar (un, yorma, tuz, shakar, makaron va h.k.) solinadi.
Matodan tikilgan idishlarga – kanop, yarim kanop, jut-kanop, kanop-jut va ip-gazlama kabilardan tikilgan idishlar kiradi. Ularga un, yorma, kraxmal, sabzavot, quruq mevalar solinadi. Matodan tikilgan qoplar mahsulotni ifloslanishdan saqlaydi. Mahsulotga havo kirib turishini ta’minlaydi, ombor va transportdan tejamli foydalanishga imkon beradi, chunki mato idishlar boshqa turdagi idishlarga qaraganda sig‘imi katta va engildir. Ammo unda mahsulot namiqishi, uvalanishi, ombor zararkunandala-ri tegishi mumkin, bundan tashqari, u mahsulotni urilib shikastlanishdan saqlay olmaydi. Shuning uchun qop-idishga bunday ta’sirlar zarar etkazmay-digan mahsulot solinadi.
Shisha idishlarga turli sig‘imdagi butilka, banka, balonlar kiradi, ular suyuq mahsulotlar va konservalar uchun mo‘ljallanadi. Bunday idishlar mahsulotni namiqish, ifloslanishdan saqlaydi, uni shimmaydi, lekin tez sinadi va og‘irdir.
Metall idishlarga sut flyagasi, oq tunukadan tayyorlangan bochka, banka, alyumin tubalar, sim korzinka, tunuka yashiklar, konteynerlar, avtotsisterna, shuningdek alyumin folgalar kiradi. Metall idish mahsulotni urilib shikastlanishdan yaxshi himoya qiladi, ko‘pincha joylashning germetikligini ham ta’minlaydi, biroq ular og‘ir va boshqa turdagi idishlardan ko‘ra qimmatga tushadi.
Polimer materiallardan tayyorlangan idishlar – butilka, banka, stakan, flyaga, plyonka, tubalarga turli mahsulotlar joylanadi. Bunday idishlarning barcha turi muayyan talablarga javob berishi lozim: mahsulot bilan idish o‘zaro ta’sir qilmasligi, oziq mahsulotlarida erimasligi va ko‘pchimasligi, mahsulotning rangi, hidi va ta’mini buzmasligi, tarkibida kishi organizmi uchun zararli moddalar bo‘lmasligi shart.
Yog‘och, qop, shisha, metall idishlar va burmali karton yashiklar mol etkazib beruvchiga qaytarilmaydi, lekin idish yig‘uvchi tashkilotlarga topshirilishi mumkin. Boshqa turdagi idishlar savdo tashkilotlarida qoladi va ular undan o‘z ixtiyori bilan foydalanadi.
Markalash. Markalash bu ichki va tashqi idishlar va etiketkalardagi yozma belgilar bo‘lib, unda mahsulot haqida dastlabki zarur ma’lumotlar: korxona nomi, uning joylashgan o‘rni va qaerga qarashligi, mahsulotning nomi, navi, og‘irligi, bahosi, mahsulotga yaroqli amaldagi standart, tayyorlab chiqarilgan vaqti va boshqa ayrim ma’lumotlar qayd etiladi.
Shisha eng ko'p ishlatiladigan qadoqlash materiallaridan biridir. Shisha qadoqlash materiallarining asosiy xususiyatlari gigiena, sanitariya, korroziyaga chidamlilik, arzon narx hisoblanadi va inert material hisoblanadi, atrof muhitning ozgina ifloslanishi. Sut, yumshoq gazlangan ichimliklar, sharob va murabbo ko'pincha shisha idishga qadalgan. Shisha qadoqlash idishlari quyidagi afzalliklarga ega: yaxshi kimyoviy qat'iylik; Yaxshi to'siq, gigiena va himoya qilish; Odatda buzilmaydi; Qopqoq muhrini ishlatish oson, muhrni qayta yopish mumkin; Chiroyli qilish oson; Ko'p xomashyo va arzon narxlar. Sut, yumshoq gazlangan ichimliklar, sharob va murabbo shisha idishlarini keng tarqalishi uchun ishlatiladi, bir nechta pishiriladigan qurilma va dasturxon shisha uchun ham shisha foydalanadi. Shisha qadoqlash materialining ahvoliga tushib qolish uning nozikligi va hashamatliligidir. Chet mamlakatlarda shisha va qadoqlash materiallari ishlab chiqish nuqtai nazaridan oziq-ovqat mahsulotlarida ishlatiladigan shisha idishlar shisha va shaffoflikni yaxshilash yo'nalishi bo'yicha rivojlanmoqda (ingichka devor). Engil va ingichka devorli shisha idish muqarrar ravishda oqilona tarkibiy tuzilishdan tashqari, bu muammoni hal qilish qudratiga ta'sir qiladi, asosiysi kimyoviy va jismoniy kuchaytirish jarayonini qo'llash, shuningdek, sirt qoplamini kuchaytirish usullarini qo'llash, shishaning fizikaviy va mexanik kuchi. Shu bilan birga, shisha ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishni yaxshilash, ayniqsa, shisha mahsulot mahsulotlarini qayta ishlash va ulardan foydalanish hamda ularning shisha qadoqlash idishlarini energiya iste'moli va xomashyo iste'molini kamaytirish uchun ularning nozik modifikatsiyasini kuchaytirish zarur.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin