Sovutilgan va muzlatilgan go‘sht tashuvchi MAZ-500-G rusumli 5,5 t yuk ko‘tarish quvvatli avtorefrijerator Gorkiy avtozavodi savdo tizimi va qishloq joylariga go‘sht tashish uchun mo‘ljallangan kichik yuk olish quvvatiga teng GZTM-953 rusumli avtofurgonlarni ishlab chiqaradi. Ularda sovutish qurilmasi yo‘q, izolyatsiyalangan kuzovi GAZ-53 avtomobilining uzaytirilgan ramali shassisiga o‘rnatiladi. Termoizolyatsiyalovchi material sifatida paket shaklidagi alfol ishlatiladi.
Nazorat savollari 1.Texnologik qurilmalarning struktura tuzilishi.
2.Texnologik qurilmalarning tasnifi.
3.Harakatlanish prinsipiga ko‘ra mashinalarning turlari
2-MAVZU: GO‘SHT KORXONALARIDA QO‘LLANILADIGAN MEXANIK QURILMALAR. YURITMALAR Reja:
1.Mexanik yuritma elementlarining kinematik sxemalarda belgilanishi.
2.GOST 2.770-68 (StSEV 2519-80) bo‘yicha mexanik yuritma elementlarining belgilanishi.
3.Yuritmaning kinematik hisobi va elektrodvigatel tanlash
Tayanch so‘zlar: val, o‘q, qo‘zg‘almas zveno,radial,tirak, ikki taraflama,mufta,elastik
Mashinalarining mexanik energiya manbaidan ish bajaruvchi qismiga zarur bo‘lgan quvvatni, hamda harakat tezligini moslashtirib uzatadigan mexanizmlar yig‘indisi mashinaning yuritmasi deb ataladi. Bordi-yu, mashinaning ish bajaruvchi qismining vali bevosita elektrodvigatel vali bilan ulangan bo‘lsa (masalan, ventilyator, kompressor va shu kabilar), u holda elektrodvigatelning o‘zi mashina yuritmasi hisoblanadi.
Biroq mashinalarning yuritmalari elektrodvigateldan tashqari, bir necha pog‘onali har xil mexanik uzatmalarni o‘z ichiga oladi. Eng oddiy bunday yuritma vallari o‘zaro mufta bilan ulangan reduktor va elektrodvigateldan tuzilgan bo‘ladi. Lekin, aksariyat hollarda ishlatiladigan yuritmalar tarkibida ko‘rsatilgan uzellardan tashqari, mavjud uzatmalarning har xili bo‘ladi. Bu mashinalarning turiga, uning ish bajaruvchi qismida talab qilingan harakat tezligi va quvvatiga bog‘liqdir. Masalan, lentali konveyyerning yuritmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, qiya tishli silindrik bir pog‘onali reduktor va muftadan tashkil topgan. Shuning uchun ayrim uzatmalarni loyihalashdan ko‘ra mashina yuritmasi tarkibidagi uzatmalarni loyihalash hollari ko‘proq uchraydi. Bunday hollarda, eng muxim masala, yuritma tarkibidagi uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, joylashtirish va hisoblashdir. Buning uchun avvalo yuritmalarning kinematik hisobini bajarish lozim. Yuritmani kinematik hisoblash deganda, mashina uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiluvchi uzel validagi quvvat, aylanish chastotasi bilan ish bajaruvchi qism valida talab qilingan aylanish chastotasi va quvvat miqdori ma’lum bo‘lgan holda ko‘rsatilgan ikki qism oralig‘ida joylashgan uzatmalar tarkibidagi vallardan har birining aylanish chastotasi va ulardagi quvvat bilan burovchi moment miqdorini aniqlash tushuniladi. Odatda, yuritmalarni loyihalashda beriladigan asosiy ko‘rsatkichlar, mashinaning ish bajaruvchi qismi validagi talab etilgan aylanishlar chastotasi va quvvati (yoki burovchi moment va burchak tezligi) berilishi mumkin. Yuritmaning kinematik hisobi misol tariqasida quyida keltirilgan.
Mexanik yuritma elementlarining kinematik sxemalarda belgilanishi.
Kinematik hisoblash, yuritmani hisoblashning birinchi bosqichi bo‘lib, yuritma kinematik sxema asosida o‘zaro bog‘langan qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan zvenolardan tashkil topgan.
Standart masshtab bo‘yicha bajariladigan kinematik sxemalarda kinematik juftlar va zvenolar ma’lum (masshtab bo‘yicha) shartli belgilar orqali tasvirlanadi. Bu belgilashlar Davlat Standarti va Halqaro Standartlarda, ya’ni GOST 2.2770-68 (St SEV 2519-80) «Sxemalarda shartli grafik belgilanishlar. Kinematik elementlar» da keltirilgan.
Hisob chizma ishini topshiriqlarida kinematik sxema zvenolarining uzunlik o‘lchamlari aniq bo‘lmaganligi uchun kinematik sxemalar shartli belgilar orqali masshtabga rioya qilinmagan holda ko‘rsatiladi. Sxemani tasvirlash ortogonal proyeksiyasi bo‘yicha bajarilib, yetaklanuvchi zvenolardagi berilgan qiymatlarni ko‘rsatib, harakat yo‘nalishi ham ko‘rsatilishi lozim.