Oziq-ovqat texnologiyalari


GOST 2.770-68 (StSEV 2519-80) bo‘yicha mexanik yuritma elementlarining belgilanishi



Yüklə 414 Kb.
səhifə5/8
tarix05.06.2023
ölçüsü414 Kb.
#125402
1   2   3   4   5   6   7   8
“ГЎШТ-СУТ САНОАТИ КОРХОНАЛАРИ ЖИҲОЗЛАРИ” 1

GOST 2.770-68 (StSEV 2519-80) bo‘yicha mexanik yuritma elementlarining belgilanishi.





Yuritmaning kinematik hisobi va elektrodvigatel tanlash
Sanoatda ishlab chiqariladigan elektrodvigatellar ma’lum nominal quvvat Ne (kVt) va rotorning aylanish chastotasi ne (min-1) bilan xarakterlanadi. Demak, elektrodvigatel tanlash uchun yuqoridagi ko‘rsatgichlarning talab etilgan miqdorini aniqlash lozim. Elektrodvigatelni quvvati yuritma mexanizmining yetaklovchi validagi quvvatni ta’minlash bilan birgalikda yuritmani foydali ish koeffitsiyentini xarakterlovchi yuritma qismlaridagi ishqalanish hisobiga yo‘qolgan quvvatni qoplash kerak.Elektrodvigatel aylanish chastotasi kinematik sxemaning oxirgi validagi berilgan aylanish chastotasini ta’minlash kerak. Biroq yuritmaning birinchi pog‘onasida tasmali uzatma ishlatilsa, bu uzatma uchun uzatma aylana tezlik cheklangan bo‘lganligi uchun (υ≤30 m/s) elektrodvigatel aylanish chastotasi n=3000 min – 1 dan kichik bo‘lganlarni tanlash lozimdir.
Masala.

Quyida ikki pog‘onali yuritma uchun hisoblash tartibi berilgan. Bunda birinchi pog‘onada ponasimon tasmali uzatma va ikkinchi pog‘onada yopiq qiya tishli silindrik uzatmadir.


Yuritmaning kinematik hisobini bajarib, 2–chizmada berilgan sxemadagi lentali konveyyerga elektrodvigatel tanlansin. Konveyyer barabanining validagi quvvati N3 (yoki valni burovchi momentini T3), barabanning aylanish chastotasi n3 (yoki burchak tezligi ω3).Topshiriqlar namunadagidek alohida varaqda ta’svirlanishi lozim.

Topshiriqni rasmiylashtirish namunasi.
Масаланинг ечилиши:

  1. Yuritma yetaklovchi valining talab etilgan quvvati


ηum- yuritmaning umumiy foydali ish koeffitsiyenti bo‘lib, yuritma ayrim qismlarining foydali ish koeffitsiyenti (3-jadval) ko‘paytmasiga teng.



Biz ko‘rsatgan sxema uchun



η1 = 0,95 – tasmali uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti;
η2 = 0,97 – tishli uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti;
η3 =0,99–bir juft dumalash podshipnikning foydali ish koeffitsiyenti;
Keltirilgan yuritmada ikki juft dumalash podshipnigi bo‘lganligi uchun η32 deb olingan.
η4 = 1,0–muftaning foydali ish koeffitsiyenti; (har doim birga teng bo‘ladi).

  1. Yuritmaning umumiy uzatish nisbati, ayrim uzatmalarning uzatishlar nisbati ko‘paytmasiga teng. (Ayrim uzatmalarning uzatishlar soni yoki uzatishlar nisbati to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi jadvallardan mos ravishda tanlab olinadi).


Biz ko‘rsatayotgan xol uchun,



Bu yerda


i 1 = 3,15 –ponasimon tasmali uzatmaning uzatish nisbati;
i2 = u2 = 4.5–tishli uzatmaning uzatish soni; (Odatda reduktorlar uchun uzatish nisbati uzatishlar soniga teng bo‘ladi, ya’ni i = u ) Uzatish sonini belgilashda ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar uchun maksimal qiymatlarga yaqin uzatish sonini tanlash tavsiya etiladi, masalan i=u2=4,5. Tasmali uzatmalar uchun esa minimal qiymatga yaqin uzatish sonini tanlash tavsiya etiladi, masalan i =3,15

  1. Yuritma elektrodvigatelining talab etilgan aylanishlar chastotasini topamiz.

n1 = n3 . ium = 50 . 13,5 = 707,5 min – 1


Агарда топшириқда охирги валнинг бурчак тезлиги (ω3, рад/с.) berilgan bo‘lsa, oxirgi valning aylanishlar chachtotasi (n3, min-1) quyidagi formuladan topiladi.



4. Aniqlangan quvvat N1, kVt. va aylanishlar chastotasi n1, min-1 orqali7–jadvaldan
elektrodvigatelni tipini aniqlaymiz. Tanlashda quyidagi shart bajarilishi lozim:

Nel ≥ N1 (ortiqcha yuklanish 5 % dan oshmasligi lozim).


Aylanish chastotasi ne esa hisoblangan n1 ga yaqin bo‘lishi kerak. Biz hisoblayotgan xol uchun quyidagi elektrodvigatel mos keladi:


4A160M8UZ; Nel=11 kVt., ne =730 min – 1 .
Hisoblash bo‘yicha aniqlangan N1=8,8 kVt. Demak, yuritma ishlaganda faqat shu quvvatni sarflaydi, aylanish chastotasini nominal qiymati esa 730 min – 1 ni tashkil etadi, n1 = ne=730 min – 1 .
5. Tanlangan elektrodvigatel valining aylanishlar chastotasiga ko‘ra yuritma uchun umumiy uzatish nisbatini aniqlaymiz

Demak, yuritma uchun umumiy uzatish nisbati ium.=14,6 ga teng bo‘lganda baraban valining berilgan aylanish chastotasi ta’minlanadi. yuritma pog‘onalari uchun uzatish nisbatlarining standart qiymatlarini shunday tanlash kerakki, bunda ium.h ium. ga yaqin bo‘lishi kerak.
6. Uzatmalardan birining, masalan tasmali uzatma uchun i1h=3,15 uzatish nisbatini o‘zgarmas qilib qoldirib, reduktor uchun uzatish sonini i!2h aniqlaymiz.

uzatish nisbatining i2x qiymatini belgilab olamiz. i2x = 4,5
7. Yuritma umumiy uzatish sonining hisobiy qiymati ium..x = i1x . i2x = 3,15. 4,5 =14,17
8. Berilgan ω3 qiymatiga ko‘ra, hisoblangan n3 qiymatini farqini, ya’ni xatolikni tekshiramiz.

Agarda aniqlangan xatolikning qiymati ±4 % oshib ketmasa, qabul qilingan hisoblashdagi qiymatlar qoniqarli deb topiladi. Aks holda uzatmalar uzatish nisbatining qiymatlarini o‘zgartirish talab etiladi.

9.Vallardagi aylanish chastotalari qiymatlari:





10. Vallardagi burchak tezliklari qiymatlari:





11. Vallardagi burovchi moment qiymatlari:




Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin