Oziq-ovqat texnologiyalari


-MAVZU: SO‘YISH VA SO‘YISHDAN KEYIN KORXONA ICHIDA



Yüklə 414 Kb.
səhifə7/8
tarix05.06.2023
ölçüsü414 Kb.
#125402
1   2   3   4   5   6   7   8
“ГЎШТ-СУТ САНОАТИ КОРХОНАЛАРИ ЖИҲОЗЛАРИ” 1

3-MAVZU: SO‘YISH VA SO‘YISHDAN KEYIN KORXONA ICHIDA
HARAKATLANUVCHI MAXSUS TRANSPORT VOSITALARI


Reja:
1.Chorva mollarni so‘yishga tayyorlash jihozlari
2.Shoxli yirik mollarni hushsizlantirish
3.Chorva mol tanasidan qon yig‘ish qurilmalari
4. Korxona ichida harakatlanadigan vositalar
Tayanch so‘zlar: chorva, molni so‘yish, qon, oziq-ovqat, sifat,go‘sht, kombinat, dastlabki ishlov berish, sex

Chorva mollarni qayta ishlash joyiga korpus dyuralyuminli, uchida latun kontaktli


plastmassa cho‘pdan iborat elektr haydagich yordamida haydab keltiriladi. Haydagich korpusida akkumulyator batareyasi, yuqori chastotali kichik quvvatli generator (tok uzgich) va bir polyusli o‘chirgich joylashtirilgan. Hayvonga elektr haydagich kontakti tegiziladi va akkumulyatordan kuchlanish berish tugmasi bosib ulanadi. Bu vaqtda induksion katushkada yuqori kuchlanishli tok (1500-3000 V) hosil bo‘ladi. Hayvon zararsiz, ammo uni yurgizuvchi kichik quvvatli elektr razryadi oladi. Elektr haydagich vazni (og‘irligi) 1 kg, uzunligi 700 mm, tokning boshlang‘ich kuchlanishi 6 V. Shoxli yirik mol va cho‘chqa hushsizlantirish uchun elektr haydagich yordamida boksga haydab boriladi.
Boks. Boks yoki hayvonni hushsizlantirish vaqtida bog‘lash moslamasi hayvonni joylashtirish kamerasi va yuritma mexanizmidan iborat.
Kamera - yog‘och yoki sanitar ishlob berish oson bo‘lishi uchun metalldan tayyorlangan, to‘g‘ri burchakli yashik, tepasi ochiq. Hayvonlar kameraga boksning yon tomondagi ochiladigan eshik orqali haydalab kiritiladi, hushsizlantirish esa boks devori yuqorisiga teng balandlikda qurilgan platformadan turib bajariladi. Hushsizlantirilgan hayvonni boksdan tushirish uchun boksning old tomonidagi devor mexanizmlar yordamida ko‘tariladi, pol esa molni tushirishni osonlashtirish uchun o‘qi atrofida qiyshayadi.
Hushsizlantirish operatsiyasini bajarayotgan operator turgan maydonchada hushsizlantirish pribori va boksni boshqarish mexanizmi o‘rnatiladi.
Chorva molni so‘yib qayta ishlashda uni hushsizlantrish uchun eng yaxshi yo‘l elektr razryadidan foydalanish hisoblanadi. Hushsizlantirishdan maqsad hayvon va parrandani so‘yish va qonsizlantirish operatsiyalarini bajarishni osonlashtirish va xavfsizlantirish.

Hushsizlantirishda hayvonni o‘ldirib quymaslik kerak, aks holda uni qonsizlantirish va bo‘laklash operatsiyalari keskin qiyinlashadi. Shoxli yirik mol kuchlanishi 60-90 V, tok kuchi 0,5-1,0 A –ga teng o‘zgaruvchan elektr toki bilan 20-50 sek davomida ta’sir etib hushsizlantiriladi.


Go‘sht sanoati ilmiy tekshirish institutida tavsiya etilgan usulga ko‘ra cho‘chqani elektr bilan hushsizlantirish uchun kuchlanishi 230-250 V, chastotasi 2300-2350 Gs elektr toki bilan 8-10 s davomida ta’sir etish orqali hayvon anesteziyasi ta’minlanadi. Bunda travmatizm oldi olinadi. Cho‘chqani hushsizlantirish gorizontal yoki U shaklidagi metall transportyorda amalga oshirish mumkin.
FEOR rusumli shoxli yirik molni hushsizlantirish apparati boshqarish stansiyasi va unga ulangan sim quvur-stekdan 2 iborat. Boshqarish stansiyasida o‘chirib-yoqadigan, kuchlanishni bosqichli o‘zgartirish (70, 90, 110, 130, 155, va 180 V) imkoniyatini beruvchi moslama, voltmetr va signal lampasi montaj qilingan. Stek-quvur uzunligi 1700 mm quvurcha bo‘lib, izolyatsiya matirialidan tayyorlangan, zanglamas po‘latdan yasalgan sanchig‘i mavjud. Hushsizlantirish davomiyligi 25 sek, tok chastotasi 50 Gs, quvvat 0,5 kVt, unumdorlik soatiga 50 bosh.


Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin