Oziq-ovqat texnologiyalari



Yüklə 414 Kb.
səhifə1/8
tarix05.06.2023
ölçüsü414 Kb.
#125402
  1   2   3   4   5   6   7   8
“ГЎШТ-СУТ САНОАТИ КОРХОНАЛАРИ ЖИҲОЗЛАРИ” 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
GO‘SHT-SUT SANOATI KORXONALARI JIHOZLARI”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI

GULISTON – 2018


"Go‘sht-sut sanoati korxonalari jihozlari" fanidan ma’ruzalar matni 5321000 – «Oziq-ovqat texnologiyasi» («Go‘sht-sut mahsulotlari texnologiyasi») yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oladigan bakalavriatura talabalari uchun foydalanishga mo‘ljallangan.
Ma’ruzalar matni ishchi o‘quv rejasi asosida to‘plangan bo‘lib, bakalavriatura talabalari uchun IV kursning I-II semestrida o‘qitiladi.
Ma’ruzalar matnida keltirilgan go‘shtni qayta ishlash korxonalari jihozlari rasm va matnlar, formula va misollar, universitet talabalariga fanni o‘zlashtirish, kurs, bitiruv malaka ishlari loyihalarini bajarishda jihozlarni hisobi va ularni tanlashni o‘rganish uchun katta yordam beradi.

Tuzuvchi: o‘q. Uzaydullayev A.


Taqrizchi: OOT kafedrasi katta o‘qituvchisi Axmedov A.
Bu ma’ruza matni Gul DU ―OOT‖ kafedrasining majlisida ko‘rib chiqildi va “Tabiiy fanlar” fakulteti ilmiy-uslubiy kengashiga tavsiya etildi.
Bayonnoma №____ _____ ____________ 2018 yil
Gul DU ―”Tabiiy” fanlar fakulteti ilmiy-uslubiy kengashining majlisida tasdiqlangan.
Bayonnoma №____ _____ _______________ 2018 yil

K I R I SH
Dunyo miqyosida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida go‘sht va parrandani qayta ishlash, sut va sut mahsulotlari korxonalarining texnik jihozlanish darajasi, jumladan qo‘l mehnatining mexanizatsiyalanishi sezilarli darajada yaxshilandi.
Mexanizatsiyalashgan teri shilish jarayonining salmog‘i keskin oshdi, qora molni elektr toki yordamida hushsizlantirish joriy etildi. Mol va parranda ichki qism a’zolarini qayta ishlash, go‘shtni turli qismlarga ajratish uchun konveyyerlar, suyaklarni kesish uchun elektr arralar ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Parranda so‘yish jarayonlari to‘liq konveyyerlashtirilgan. Bunda asosan osma konveyyer liniyalari qo‘llanilmoqda. Barcha submahsulotlarining 40%-ga yaqini mexanizatsiyalashgan liniyalarda qayta ishlanadi. Barcha turdagi hayvonlarni ichaklariga ishlov berish to‘liq mexanizatsiyalashgan. Ozuqaviy chorva mol yog‘ini ishlab chiqarish uchun AVJ, Titan, De-Laval liniyalari mavjud. Unda zamonaviy qozon va avtoklavlar, separatorlar ishlatiladi. Ayrim korxonalarda suyakdan yog‘ ajratib olishning sovuq usulidan foydalaniladi, ikkilamchi xom ashyodan yog‘ gidroliz usulida ajratib olinadi. Terini konservatsiyalash uchun uzluksiz ishlovchi qarama-qarshi aylanadigan shnekli barabanlar, terini qoldiq et go‘sht va yog‘dan tozalash mashinalari ishlatiladi.
Texnik xomashyodan quritilgan mol ozuqasi ishlab chiqarish borasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Unda bloutank, tegirmon, quritgich, vakuum-gorizontal qozon kabi uskunalar miqdori ko‘payishi bilan birgalikda konstruksiya yaratuvchi tashkilotlar faoliyati evziga kichik va o‘rta korxonalar uchun mo‘ljallangan mexanizatsiyalashgan liniyalar yaratilgan.
Kolbasa va pazandalik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasining texnik jihozlanishi keskin rivojlandi. Go‘shtni suyakdan ajratish va lahmlash jarayonlari mexanizatsiyalashgan va yangi konstruksiyali go‘sht maydalash mashinalari, kutterlar, vacuum aralashtirgichlar, uzluksiz ishlovchi shpritslarning turi va soni ko‘paydi. Kolbasa, sosiska, sardelka, chuchvara ishlab chiqarish uchun mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlab chiqarishga joriy etildi.
Go‘sht va parrandani, sutni qayta ishlash korxonalari uskunalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- yuqori unumdorlik va mahsulotga sifatli ishlov berish;
- tayyor mahsulot chiqishining maksimal darajasini ta’minlash;
- mahsulotga salbiy ta’sirini yo‘qotish;
- uskunaning kompaktligi, yengilligi, mustahkamlik, mahsulot bilan kontaktlovchi qismlarga sanitar ishlov berishning qulaylashtiril-ganligi;
- ishchi shaxs (personal) uchun xavfsizligi;
- detallarni abadiyligi, ishonchliligi, bog‘lanish mustahkamligi, defitsit qismlarning yo‘qligi, nisbatan arzonligi, oddiy konstruksiya va unda ishlashning osonligi.


Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin