Oziq-ovqat texnologiyalari


Elektr toki yordamida hushsizlantirish apparati



Yüklə 414 Kb.
səhifə8/8
tarix05.06.2023
ölçüsü414 Kb.
#125402
1   2   3   4   5   6   7   8
“ГЎШТ-СУТ САНОАТИ КОРХОНАЛАРИ ЖИҲОЗЛАРИ” 1

Elektr toki yordamida hushsizlantirish apparati.

FEOS rusumli b- elektr toki yordamida hushsizlantirish apparati boshqarish va


signal berish priborlari bilan jihozlangan boshqarish stansiyasi 1, 96-GIM-1 rusumli chastota o‘zgartirgichi (generatori) 2 va simli 4 hushsizlantirish vilkalari 5 –dan iborat.
Chastota o‘zgartirgichi asinxron dvigatel 220/380 V va korpusga o‘rnatilgan yuqori chastotali generatordan iborat. Vilka uzunligi 900 mm trubka shaklida tayyorlanadi, uchida sim keltirilgan ikki qutbli kontakt o‘rnatilgan. Hushsizlantirish tokli nayzachani (kontaktlarni) hayvon bo‘yin tomiri yoki kalla suyagining ikki shox oralig‘idagi joylariga tegdirish orqali 15 soniyagacha davomiyylikda amalga oshiriladi. Hushsizlantirish tokining kuchlanishi 200-250 V-ni, chastotasi 2000-2400 Gs-ni, quvvat 2 kVt-ni tashkil etadi. Elektr hushsizlantirish qurilmalari ushbu operatsiyada ishchi xavfsizligini ta’minlaydi, ish sharoitini yaxshilaydi.
Texnik tomondan ta’minlanmagan go‘sht kombinatlarida boksda pnevmopistolet yordamida yoki molning peshanasiga bolg‘a bilan urib hushsizlantiriladi. Ammo bu usulda bosh suyagi va miyani zararlantirish xavfi mavjud, shuningdek, ishchilar xavfsizligi kafolatlanmagan bo‘ladi.

Konstruksiyasi bo‘yicha boks avtomatik bo‘ladi, agar polni yoniga burish va boks old devorini ko‘tarish mexanizmlari harakati boks polida yotgan hayvonning og‘irlik kuchi hisobiga kelsa, agar bu harakatlar maxsus lebyodka hisobiga amalga oshirilsa yarim avtomat tarzda ishlovchi bo‘ladi. AB50M rusumli smenasiga 400 bosh shoxli yirik mol yoki 1000 bosh cho‘chqa hushsizlantiruvchi avtomatik boks tasvirlangan. Agar kattaroq unumdorlik talab etilsa, u holda bir korxonada ikki yoki uch boks o‘rnatiladi. Konstruksiya oddiyligi va


nisbatan murakkab emasligi tufayli bunday turdagi boks go‘sht kombinatlarida keng tarqalgan. Avtomatik boks burchakli va tasmasimon po‘latdan yasalgan korpusdan iborat. Hayvonlar boksga tor yo‘lak orqali haydab kelinadi, kamerada 2 yon eshik 3 ochiladi, bittadan hayvon kiritiladi va eshik yopiladi. Agar hayvon gavdasi (jussasi) kichik bo‘lsa, u holda boksga birdaniga ikkitasi kiritiladi. Maydonchada 4 turgan ishchi tokli nayza (stek) yordamida hayvonlarni hushsizlantiradi, keyin pedalni 5 bosadi, boshqaruv mexaninizmining 6 richagli mexanizmini harakatga keltiradi. Boks 7 tagida yotgan hushsizlangan hayvon og‘irligi ta’siri ostida pol o‘z o‘qi atrofida aylanadi, pastga engashgan holatga keladi va richaglar tizimi yordamida old devorni 5 ko‘taradi. Hayvon boksdan tushuriladi, pedal ikkinchi marotaba bosiladi, pol gorizontal holatni oladi va boks keyingi hayvonni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Bokssiz go‘sht kombinati ishi unumsiz, noqulay va xavfsiz bo‘ladi. Boks unumdorligi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Yüklə 414 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin