16
Gametogoniya (jinsiy yo’l bilan ko’payish davri). Epitelial hujayralarga kirib
olgan bir gurux merozoitlardan makro va mikrogametositlar xosil bo’ladi.
Keyinchalik har qaysi makrogametositdan bitta makrogameta va har qaysi
mikrogametositdan
esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo’lgan bir
nechta harakatchan mikrogametalar xosil bo’ladi. Mikrogametalar epiteliya
hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan
makrogametalar bilan qo’shiladi va natijada zigota xosil bo’ladi.
Zigota qobiqqa
o’ralib oosistaga aylanadi va ichak bo’shlig’iga chiqadi.
Sporogoniya. Koksidiyalarning oosistalari faqat kislorodli muhitda rivojlanadi.
SHu sababli oosista xo’jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Oosistaning ikki
qavatli po’sti ximoya vazifasini bajaradi. qulay sharoitda oosista rivojlana boshlaydi.
Dastlab yadrolar 4 taga bo’linadi, ma’lum vaqtdan keyin sitoplazma ham yadrolar
soniga qarab 4 ga bo’linadi va oosistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik
sporoblastlardan
sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar xosil bo’ladi.
SHunday qilib, sporogoniyada har bir oosistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit voyaga
etadi. Oosista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo’lib qoladi. Bunday
invaziyali oosistalar hayvonlarning ichagiga tushganda sporalardan va oosistadan
sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi.
Koksidiyalarning 10
tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo’y va
echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashligi aniqlangan.
Baliqchilikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan
Eimeria sardinae va Isospora urug’i turlari parazitlik qiladi.
Koksidiyalar
koksidioz
kasalligini
vujudga
keltiradi.
Kasallangan
hayvonlarning ishtaxasi pasayadi, o’sishi susayadi, ich ketish, kam qonlik kuzatiladi,
hayvon ozadi. Hayvonlarni zich joylashtirish, binolarning zax bo’lishi, koksidiyalar
uchun qulay sharoit vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi.
Kasallangan
hayvonlarni sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furasetin va
boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiena qoidalariga rioya qilish kerak.
Molxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. Xo’jaliklarda mol boqish
dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to’yimli em-xashaklar bilan boqiladi.
Koksidiyalar
turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan odamlarning
jigari, talog’i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug’diruvchi
Dostları ilə paylaş: