17
psixikasining buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko’zi, yuragi zararlanishi
mumkin. Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini
olish uchun uy hayvonlarini sanitariya nazoratida saqlash, xomilador ayollarni
tibbiyot ko’rigidan o’tkazish zarur.
Hayvonlardan - qo’y, echki, cho’chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar,
parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvonlardan bolasiga sut
orqali, bir-biriga yaqin bo’lish hamda turli kemiruvchi va xasharotlar orqali o’tadi.
Kasal hayvonda yo’ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy xolsizlanish, organizm
uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi.
Toksoplazmalar (Toxoplasma)
urug’iga bitta Toxoplasma gondii turi kiradi.
Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka
ichagida murakkab rivojlanish davrlarini o’tib, undan 2 ta sporali oosista -
sporozoitlar xosil bo’lishi bilan tugaydi.
Parazitni dastlab 1908 yili fransuz olimlari Nikol va Manso kemiruvchilarda
aniqlashgan.
Toksoplazmalarning rivojlanishi xo’jayin almashtirish bilan boradi, ya’ni
mushuklar parazitning asosiy xo’jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa
parazitning oraliq xo’jayinlari hisoblanadi. Umumiy po’st bilan o’ralgan merozoitlar
to’plami sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar
so’lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo’ladi.
Hayvonlar sistalarni yutganida yoki kasal hayvonlarni eganida parazitni
yuqtiradi. Sistalar organizmga terining jaroxatlangan joylaridan ham o’tishi mumkin.
Sutemizuvchilarda esa toksoplazmalar yo’ldosh orqali ona organizmidan embrionga
o’tadi. Ayrim xollarda toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin.
Toksoplazmalarning jinsiy ko’payishi faqat mushuklar organizmida o’tadi.
Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o’zlariga yuqtiradi. Mushuk organizmida
toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo’lganidek jinsiy ko’payish va
sporosistalar xosil bo’lishi bilan tugallanadi.
Toksoplazmalarning rivojlanishida jinssiz ko’payish ustun turadi.
Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo’zg’atadi.
Toksoplazmalar odamga ovqat maxsulotlari (go’sht, sut, tuxum) va kasal uy
hayvonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o’tib, meda - ichak yo’llariga
tushadi. Parazitlar ichak devorlarini teshib limfa va qon tomirlari orqali turli organlar
(bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, mushak va bosh.) hujayralari
sitoplazmasida rivojlanib, to’qimalarni yallig’lantiradi.
Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta’sir ko’rsatadi. Ayrim hayvonlar
kasallikka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli xalok bo’lishi mumkin.
Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa,
mushuklar katta o’rin tutadi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv
sistemasi va ko’zning shikastlanishiga sababchi bo’ladi. Odam va boshqa
sutemizuvchilar embrioni ona qornida toksoplazmoz bilan zararlanganida tushib
ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og’ir jaroxatlanadi.
Dostları ilə paylaş: