P a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Asl pashshalar (Muscidae
) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki 
qoramtir rangli xasharotlar hisoblanadi. Imagosi gul nektari, organik moddalar 
chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so’radi. Lichinkalari orasida 
fitofaglari, saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. Oilada 400 ga yaqin turi keng 
tarqalgan. MDXda 1000 ga yaqin turi uchraydi. 
Uy pashshasi (Musca domestica) butun dunyo bo’ylab keng tarqalgan 
sinantrop xasharotlardan hisoblanadi. Faqat axoli yashaydigan joylarda uchraydi. 
Pashsha xartumining kengaygan uchki qismida og’iz teshigi joylashgan. YUmshoq 
lablari yordamida suyuq oziqni yalab oladi. Pashshalar qattiq oziq bilan ham 
oziqlanishi mumkin. 
Og’iz apparati yalovchi tipda. Bir juft qanoti ikkinchi ko’krak segmentida 
o’rnashgan. Oyoq panjasining tirnoqchasi ostida yopishqoq yostiqchasi bor. SHu 
yopishqoq yostiqchasi tufayli pashshalar juda silliq satxda ham o’rmalab yura oladi. 
Gavdasi tuklar bilan qoplangan, ana shu tuklarga iflos narsalar osongina yopishadi. 
Urug’langan urg’ochi pashsha bir yo’la 120-150 dona tuxumini iflos 
chiqindilarga, ochiq qolgan oziq-ovqatlarga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan 
chuvalchangsimon lichinkalari chirib kelayotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. 
Lichinka uch marta tullab g’umbakka aylanadi. Uy pashshasining g’umbagi 
harakatsiz, ovalsimon shaklda. Ma’lum vaqt o’tgach, g’umbakdan etuk pashsha 
chiqadi. Tuxum qo’yishdan boshlab imago davriga etishguncha o’rtacha 10-25 kun 
kerak bo’ladi. Pashshalar qorong’ulikni yoqtirmaydi va doim yorug’likka intiladi. 
Ular oziq-ovqat maxsulotlari, non, qand, murabbo, go’shtli taomlar va boshqalarga 
qo’nib, ularni yalab-so’radi va so’lagini tushirib, har xil mikroblar bilan ifloslantiradi.
Pashshada xid bilish va ta’m bilish organlari yaxshi rivojlangan. Zarur bo’lgan 
oziqni xididan topadi. Ta’m bilish organi oyoq panjalarining uchida joylashgan. Bir 
yilda pashshaning 10-12 avlodi rivojlanadi. 
Uy pashshasi ekologik jixatdan odamlar turadigan joy bilan yaqindan bog’liq. 
Pashsha yotoqxona, oshxona, axlatxona va xojatxonalarda, shuningdek transportlarda 
uchraydi. Ular bir qancha kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini mexanik ravishda bir 
joydan ikkinchi joyga olib borib tarqatadi. 
Uy pashshalari iflosliklar orqali ichburug’, qorin terlamasi (tifi), o’pka sili, 
vabo, bo’g’ma, kuydirgi, kon’yuktivit (ko’z kasalliklari) va poliomielit kabi virus
bakteriya va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini, har xil yiringli kasalliklar 
mikroblarini, bir hujayrali parazitlarning sistalarini va parazit chuvalchanglarning 
tuxumlarini 
odamlarga 
yuqtirishi 
mumkinligi 
aniqlangan. 
Akademik 


103 
E.N.Pavlovskiyning ma’lumotiga ko’ra pashshalar 63 turdan ortiq zararli 
mikroorganizmlarni tarqata oladi. 
Asl pashshalar orasida bir qancha turlari o’simlik to’qimalari bilan ham 
oziqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin