P a r a z I t o L o g I ya


Kulrang go’sht pashshalari (Sarcophagidae)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

Kulrang go’sht pashshalari (Sarcophagidae)
oilasi lichinkalari buzilayotgan 
go’shtda, go’ng va boshqa chiriyotgan organik moddalarda yashaydi. Ular o’rta 
mintaqalarda keng tarqalgan. Ko’pchilik turlari tirik tug’adi. 
Go’sht pashshasi (Calliphora erythrocephala)ning bo’yi 7-14 mm, metalga 
o’xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg’ish, ko’krak qismi esa qora tusda. 
Go’sht pashshasi ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo’yish uchun uchib kiradi. Kattaligi 
1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 450-600 tadan qilib, go’sht va 
boshqa hayvon maxsulotlariga qo’yadi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g’umbakka aylanish 
oldidan erga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jaroxatlarda soxta 
parazitlik qiladi. Pashshaning lichinkalari toza sharoitda o’stirilib, tuzalishi qiyin 
bo’lgan osteomielit kasalligini davolashda qo’llaniladi. Buning uchun yaraning ichiga 
lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangnan to’qimalarni iste’mol qiladi. Har 
besh kunda lichinkalar almashtirilib turiladi. Bunday davolash yosh bolalarda 6-7 
xafta, katta yoshdagi kishilarda ko’proq davom etadi. 
Qon so’ruvchi pashshalar (Hyppoboscidae)ning tuzilishi hayvonlar juni va pat 
qoplami orasida harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va keng, qanotlari tanasiga 
tig’iz tegib turadi va oyoq tirnoqlari o’tkir. Ayrim turlarida qanotlari reduksiyaga 
uchragan. Ular uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qushlar qonini so’radi. 
Ayniqsa, qo’y pashshasi, ot pashshasi, it pashshasi ko’pchilikka ma’lum. qo’y 
pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig’lanishiga va 
junlarining to’kilishiga sabab bo’ladi.
Pashshalarga qarshi kurashish uchun avvalo, ular ko’payadigan joylardagi 
lichinkalarni to’liq yo’qotish, kir o’ralari, xojatxonalar va axlatxonalarni tez-tez 
tozalab turish lozim. quruq axlatni yoqib tashlash kerak. Chiqindilarni kompostlash 
yoki dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi 
xojatxonalarda axlat ustiga so’ndirilmagan oxak yoki xlorli oxak sepib turish zarur. 
Voyaga etgan pashshalarni qirish uchun binolarga insektisdlar bilan ishlov berish 
lozim. Pashshalarni yopishqoq qog’oz va pashsha tutqichlar bilan tutiladi. Jamoat 
ovqatlanadigan korxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, kasalxona va yotoqxonalarda 
pashshani batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga qarshi turli 
insektisidlar: xlorofos, geksoxloran va boshqa dorilar qo’llaniladi. Bino va oziq-ovqat 
maxsulotlarini pashshadan saqlash kerak. yoz vaqtlarida derazalarga doka, sim to’r 
tutish, ovqatlarning va idishlarning ustini yopib qo’yish lozim. 


105 
Bo’kalar ham doira chokli ikkiqanotlilar kenja turkumiga kiradi. Bo’kalarning 
quyidagi 3 ta oilasi bor: oshqozon bo’kalari, teri osti bo’kalari va burun-xalqum 
bo’kalari. 
Bo’kalar lichinkalik davrida parazitlik qiladi. Voyaga etgan xasharotlarning 
og’iz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi. SHuning uchun ular uzoq 
yashamaydi. Ularning lichinkalari chorva mollarida va yovvoyi hayvonlarda 
parazitlik qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin