193
1. Hujayra yoki hujayra organellarini inert substratda (Catharanthus roseus
hujayralari, Digit DEAE, agarozali sharchalar, jelatin va b.) immobillash.
2. Hujayralarni inert substratlarda adsorbsiyalash.
Hujayralar alginat,
polistirol va poliakrilamid bilan zaryadlangan sharchalarga yopishtiriladi. Bu
metod bilan hayvon hujayralari va
Saccharomyces uvarum, S. cerevisiae, Candida
tropicalis, E. Coli
hujayralari immobillangan.
3. Hujayralarni biologik makromolekulalar (masalan, lektin) yordamida inert
substratda adsorbsiyalash. Ammo, bu metod kam ishlatiladigan metoddir.
4. KMS tipidagi boshqa inert tashuvchi bilan kovalent bog‘lash. Bu metod
ham kam ishlatiladi.
Keyingi paytlarda o‘simlik hujayralarini immobillashga qiziqish ortgan.
Buning sababi, suspenzion yoki kallus kulturalariga nisbatan immobillangan
hujayralar yordamida ikkilamchi metabolitlar ko‘plab olinadi.
Immobillangan hujayralar bir qancha afzalliklarga ega:
1. Inert substratlarda immobillangan hujayralar suyuq suspenzion kulturada
o‘suvchi hujayralarga nisbatan biomassani sekinroq hosil qiladi.
Bu sharoitda
o‘sish va metabolizm orasidagi bog‘liqlik 2 tipdagi mexanizm orqali amalga
oshadi: 1-mexanizm bo‘yicha, o‘sish ikkilamchi metabolitlar sinteziga bilvosita
ta’sir etib, hujayraning agregatsiyalanish darajasini belgilab berishiga asoslangan.
2-mexanizm esa o‘sish tezligining kinetikasi bilan bog‘liqdir. Bunda
metabolizmning birinchi va ikkinchi yo‘llari turlicha raqobatlashadi. Muhit sharoiti
xujayraning tez o‘sishi uchun qulay bo‘lsa, birinchi
navbatda ikkilamchi
metabolitlar sintezlana boshlaydi. Agarda xujayrani o‘sishi va rivojlanishi bo‘g‘ib
(ingibrlab) qo‘yilsa, birinchi navbatda birlamchi metabolitlar sintezlanadilar.
Shunday qilib, immobillangan hujayralarning o‘sish tezligining past bo‘lishi
birlamchi, metabolitlarni hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
2. Immobillangan hujayralar sekin o‘sishidan tashqari bir-biri bilan fizik
kontaktda o‘sadilar va bu, kimyoviy kontaktlarda o‘z aksini topadi.
3. Atrof-muhitning kimyoviy tarkibini o‘zgartirish bilan ikkilamchi
metabolitlarni hosil bo‘lishini boshqarish mumkin.
4. Kallus va suspenzion kulturalar o‘stirilayotgan muhitni o‘zgartirishda
ularni zararlash yoki kulturani ifloslantirish mumkin. Bu qiyinchiliklarni fizik
jihatdan harakatsiz hujayralar atrofidagi katta
hajmdagi ozuqa muhitini
sirkulyatsiya qilish orqali bartaraf etish mumkin.
5. Ayrim hollarda idiolitlarni ajratish bilan bog‘liq muammolar ham kelib
chiqadi.
Immobillangan
hujayralardan
foydalanganda,
kerakli
mahsulotlarni
ajratuvchi kimyoviy moddalar bilan ishlash mumkin. Ayrim o‘simliklarning,
masalan
Capsicum frutescens
o‘simligi hujayrasining kulturasi atrof-muhitga
ikkilamchi metabolitlarni ajratadi. Immobillangan
hujayralar sistemasi esa,
kulturani zararlamasdan mahsulotni olish imkonini beradi. Demak, hujayralarni
immobillash idiolitlarni oson ajratib olish imkonini beradi.
Immobillangan hujayralar kulturasini olish 2 xil sistemada amalga oshiriladi:
Yassi asosli kultura sistemasida, hujayralar gorizontal joylashtirilgan
idishlarda o‘stiriladi.
194
Kolonkali
kultura sistemasida esa, hujayralar vertikal joylashtirilgan
idishlarda, ya’ni maxsus o‘stiriladi.
Har ikkala sistemada ham, suyuq muhit, harakatsiz
hujayralar atrofida
aylanadi.
Dostları ilə paylaş: