Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə13/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Rasm 6. Trixomonada (Trychomonas vaginalis) ning tuzilish sxemasi:
1 oldingi xivchin; 2 -to’lqinlanuvchi membrana; 3 - kinetosoma; 4 - bleforoplast; 5 - sitostom; 6 - yadro; 7 - pellikula; 8 - vakuol; 9 - aksostil; 10 orqa xivchin.


ISHNI BAJARISH:





  1. Mikroskopning kichik (x8) va katta (x40) obyektivlarida tayyor mikropreparatlardagi lyambliya va trixomonadalarni tuzilishini kuzatish va aniqlash.

  2. Rangli jadvallar va o’quv qo’llanmalardan foydalanib lyambliya va trixomonadalarni tuzilishini va hayot siklidagi bosqichlarini rasmlarda ifodalash.

  3. Lyambliya sistalari tuzilishini mikropreparatlarda ko’rish va rasmni chizib qo’yish.

  4. Mashg’ulot materialini yakunlash va topshiriqlarni berish.



Tushunchalarni baholash uchun test savollari





  1. Ko’p xivchinli lyambliya va trixomonadalarning sistematik o’rnini aniqlang.

A.Tip – Bir hujayralilar (Protozoa), sinf – Xivchinlilar (Mastigophora), turkum - Ko’p xivchinlilar (Polymastigina)
B.Tip – Evglenasimonlar (Euglenozoa), sinf – Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina), turkum - Ko’p xivchinlilar (Polymastigina).
C.Tip – Evglenasimonlar, sinf – Hayvonsimon xivchinlilar, turkum - Lamblia - lyambliyalar.
D.Tip – Sarcomastigofora, sinf – Flagellata, turkum – Polimastigina.

  1. Lyambliyaning tuzilish xususuyatlarini ifodalang.

    1. Kattaligi 10-18 mkm; yadrosi- 2 ta; xivchini - 8 ta, shakli noksimon, orqa uchi ingichkalashgan, o’tkir uchli bo’ladi, aksostilga yega, tana ikki tomonlama simmetrik ko’rinishda.

B.O’lchami 10-18 mkm yeni 8-10 mkm; yadrosi -1 ta, xivchini - 4 ta, parabazal tanachalar ko’rinmaydi.
C.Gavda shakli ovalsimon, uzunligi 30-40 mkm , yeni 15-20 mkm; xivchini - 8 ta, yadrosi - 2 ta, tanasi assimmetrik tuzilgan.
D.Tanasi tayoqchasimon, uzunligi 80-100 mkm, yeni 8-10 mkm, xivchini - 2 ta , yadrosi - 2 ta.

  1. Lyambliyalar odamlarning qaysi ichki organlarida yashaydi hamda zarari nimalardan iborat?

    1. Faqat ingichka ichakda yashaydi, zarar keltirmaydi.

    2. Faqat o’n ikki barmoq ichakda, ichak devorini yallig’laydi.

    3. Ingichka ichakning shilliq pardasi, o’t pufagi va uning yo’llarida, ichak devorini yallig’laydi, ich ketish va og’riq.

D.Jigarda va oshqozonda; zararsiz.

  1. Lyambliyaning hayot siklida qanday bosqichlar bor va ular qaysi muhitda o’tadi? A.Ingichka ichakda-vegetativ shakli, yug’on ichakda - sistaga aylangan.

B.Sista - ingichka ichakda, vegetativ bosqichi - yug’on ichakda.
C.Ingichka ichakda - vegetativ shakli, sistalari - tashqi muhitda. D.Oshqozonda - vegetativ bosqichi, o’t pufagida - sistalar.

  1. Yer yuzida lyambliya qanday joylarda tarqalgan va qanday odamlarda ko’p uchraydi?

    1. Sovuq iqlimli muhitda; katta yoshdagi odamlarda.

    2. Tropik kengliklarda; keksa yoshdagi odamlarda.

    3. Issiq iqlimli yerlarda; asosan pazandalarda.

    4. Issiq iqlimli yerlarda; katta yoshdagi odamlarda 10-12%, yosh bolalarda 16- 35%.

  2. Trixomonadalarda lyambliyalardan farqli ravishda qanday xususiyatlar mavjud?

    1. Xivchini-5 ta, yadro -1 ta, ayrimlarida og’iz teshigi bo’lmaydi va hazm vakuoli mavjud, sista bosqichi bo’lmaydi.

    2. Xivchini -4ta, yadro - 3 ta, sista hosil qilmaydi.

    3. Trixomonadalar umuman parazitlik qilmaydi.

    4. Trixomonada va lyambliyalar morfologik xususiyatlari bilan o’zaro farq qilmaydi.

  3. Odamlar orasida trixomonadalarning qanday turlari uchraydi?

    1. Ichak trixomonadasi va jinsiy yo’llari trixomonadasi.

    2. Ichak trixomonadasi, qin trixomonadasi va og’iz trixomonadasi.

    3. Ichak trixomonadasi, o’pka trixomonadasi va qin trixomonadasi.

    4. Odamda trixomonadaning 4 ta turi- ichak, qin, o’pka va jigar trixomonadalari yashaydi.

  4. Trixomonadalar odamda qanday yo’llar bilan yuqadi hamda uning profilaktikasi qanday tadbirlardan iborat?

A.Kiyim - kechak, iflos suv va mevalar, yuvilmagan qo’l va jinsiy aloqa; umumiy va shaxsiy sanitar - gigiyenik qoidalarga rioya qilish,

  1. Faqat oziq - ovqat mahsulotlari; dezinfeksiya qilish.

  2. Faqat jinsiy yo’l bilan.

  3. Faqat iflos kiyim - kechak orqali.




Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin