Umumiytushunchalar. Bir hujayrali hayvonlar kichik olamiga mansub lyambliya va trixomonadalar yevglenasimonlar (Euglenozoa) tipi, Zoomastigina sinfi va Polymastigina turkumiga mansubdir. Ushbu xivchinlilar ancha murakkab tuzilgan bir hujayralilardir. Ularning barchasi ko’pgina umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning, shuningdek odamning ovqat hazm qilish organlarida (og’iz bo’shlig’i, oshqozon, ingichka ichak, o’n ikki barmoqichak, oshqozon osti bezi, o’t yo’llari, jigar, jinsiy organlar, siydik kanali) parazitlik bilan hamda ba’zilari kommensal holda hayot kechiradilar.
Parazitlik bilan hayot kechiruvchi ko’p xivchinlilarning bir qismi Hexamitidaeoilasining Lamblia avlodi vakillaridir. Hozirgi vaqtda ushbu avlodning 100 dan ortiq turi mavjud bo’lib, ulardan biri odamning ingichka ichagida, ba’zan o’t yo’llarida parazitlik qiluvchi Lambliaintestinalisturi keng tarqalgan.
Odamning lyamblioz kasalligini qo’zg’atuvchi parazitni 1859-yilda Lyambl aniqlagan.
Lyambliyaning hayot siklida vegetativ shakli va sista bosqichi bo’ladi. Vegetativ bosqichdagi lyambliyaning tana shakli noksimon, old tomoni kengaygan, orqa (pastki) tomoni yesa keskin ingichkalashib, o’tkir uchli bo’ladi. Gavda o’lchami uzunasiga 10- 18 mkm, yeniga 8-10 mkm ga teng. Qorin tomoni yassi va ichak devori vorsinkalarga yopishish vazifasini bajaradi.
Lyambliyaning tanasi ikki yon tomonlama simmetrik ko’rinishda. Tananing o’rtasidan 2 ta bo’ylama uzun tayanch ip- aksostillar o’tib, gavdani ikkita o’xshash bo’limga (simmetrial) ajratganday bo’lib ko’rinadi. Aksostilning ikki yonida 2 ta ovalsimon yadrolar joylashgan. Aksostilning oldingi, ikki yoni va pastki (dum)
tomonlarida 4 ta mayda nuqtasimon bazal tanachalardan 4 juft (8 ta) xivchinlar boshlanadi. Ular lyambliyaning harakatlanish organellalaridir. Gavda sitoplazmasi gomogen, ya’ni vakuollar shakllanmaydi.