O’quv qo’llanmalari va jadvallardan foydalanib, tripanosoma va leyshmaniyalarning tuzilishi va hayot siklidagi morfologik shakllarini rasmini chizish va ifodalash kerak. Tayyor mikropreparatlarda tripanosoma va leyshmaniyalarni mikroskopning katta ko’rsatgichi (immersion obyektivida)da topib, tuzilishini o’rganish.
Dars mavzusi bo’yicha xulosalarni daftarga yozib qo’yish kerak.
V) Soxtaoyoqxivchinlilar, sarkodalilar, nurlilar, protomonadlar.
S) Mikrosporalilar, xivchinlilar, quyoshlilar, evglenasimonlar.
D) Sporalilar, koksidiyasimonlar, hayvonsimon xivchinlilar, kinetoplastida.
Tripanosomalar odam va uy hayvonlarida qanday kasalliklarni qo’zg’atadi?
kuydirgi, bezgak, tulyaremiya;
V) uyqu kasalligi, suv ovru, kuyikish;
S) koksidioz, piroplazmoz, teylyarioz;
D) balantidioz, amyobiaz, lyamblioz.
«Uyqu kasalligi»ni qo’zg’atuvchi tripanosomalarni tabiiy manba holida saqlanishida hamda ushbu parazitni tarqatishida qaysi hayvonlarning roli bor?
antilopalar, kemiruvchilar;
V) antilopalar, sese pashshasi;
S) kemiruvchilar, sut emizuvchilar;
D) sese pashshasi, iskaptoparlar.
Teri va ichki leyshmanioz kasalliklarini qo’zg’atuvchilari tabiatda qaysi hayvonlarda manba holida saqlanadi?
qoramollar, yirtqich hayvonlar;
V) kemiruvchi hayvonlarning barchasi;
S) qumsichqonlar, yumronqoziqlar, daydi itlar, bo’ri, chiyabo’ri;
D) antilopalar, qumsichqonlar, tulkilar.
Odamga leyshmanioz kasalligi qo’zg’atuvchilarini qaysi qon so’ruvchi hasharotlar yuqtiradi?
qon so’ruvchi kandalalar;
V) burgalar, bitlar;
S) kanalar;
D) qon so’ruvchi iskaptoparlar.
Ichki (visseral) leyshmanioz kasalligida odamning qaysi ichki organlarining funksiyalari bo’ziladi:
jigar, taloq, limfa bezlari, qon tomirlari;
V) ko’mik endoteliysi, muskul tolalari, nerv hujayralari;
S) ovqat hazm qilish organlari;
D) qon aylanish sistemasi.