Umumiytushunchalar.Tripanosomalar uy va yovvoyi hayvonlarning, shuningdek odamning qon plazmasida, markaziy nerv sistemasi suyuqligida hamda limfa tugunlarida parazitlik qiladi. Tripanosomalarning ikkita turi – Trypanasomagambienseva T.rhodesiensyelar odamda uyqu kasalligini qo’zg’atsa, T.cruziesa Janubiy Amerikada odamlarda chagas (Shagas) kasalligini qo’zg’atadi. Ushbu tripanosomalarning tabiiy manbalari yovvoyi umurtqali hayvonlar, ba’zan uy hayvonlari bo’lsa, ularni tarqatuvchilari Glossina avlodiga mansub sese pashshasi va Triatomaavlodiga mansub qon so’rar qandalalar hisoblanadi.
Tripanosomalarning shakli ikki uchi ingichkalashgan duksimon bo’ladi. O’lchami 20-40 mkm. Tanasi pellikula bilan qoplangan. Oval shaklidagi yadro gavdaning o’rtasida joylashgan. Gavdasining orqa uchiga yaqin joyda blefaroblast, uning yonida kinetoplast (bazal tanacha) shakllangan. Xivchin kinetoplastdan boshlanib, old tomonga yo’nalganda, nozik tiniq parda yordamida ektoplazmaga tutashadi va gavdaning oldingi uchidan chiqadi. Xivchinning hosil qilgan pardasi to’lqinlanuvchi membrana deyilib, hayvonni suyuqlik ichida harakatlanishiga yordam beradi.
Tripanosomalar hayot sikli jarayonida yashash muhitiga moslashish sifatida birnecha morfologik shakllarni hosil qiladi. Ushbu shakllar qo’yidagilardan iborat, ya’ni:
Leptomonad shakli - xivchini gavdasining oldingi uchidan boshlanib, tashqariga chiqadi va to’lqinlanuvchi membrana hosil qilmaydi;
Kritidial shakli - xivchini gavdaning o’rtasidan, yadro yonidan boshlanadi va qisqagina to’lqinlanuvchi membrana hosil qiladi;
Leyshmanial shakli - yumaloq va yadrosi yirik, tayoqchasimon kinetoplasti gavdaning oldingi uchiga yaqin joylashgan. Xivchin hosil qilmaydi yoki hosil qilsa ham faqat sitoplazma ichida shakllanadi va gavdadan chiqmaydi.
Haqiqiy tripanosom shakli - yetilgan va barcha morfologik belgilarga ega.
Lekin tripanosomalarning hamma turlari ham yuqorida keltirilgan morfologik shakllarni hosil qilavermaydi. Masalan, odamda uyqu kasalligini qo’zg’atuvchi T.gambiense odamning qon plazmasida yashab, uzunasiga ikkiga bo’linib ko’payadi. Uning hayot siklini 2-nchi qismi qon so’ruvchi sese pashshasi - Glossina palpalisoshqozonida o’tadi. Pashsha tanasida tripanosomalar bo’linib, leptomonad shaklini hosil qiladi. Ushbu shakllar pashshaning so’lak bezlariga borib, kritidial shakllarga aylanadi. Kritidial shakl ancha maydalashib, metasiklik (xivchinsiz) bosqichni o’tab invazion bosqichga aylanadi. Ular pashsha so’lagi bilan odamga yuqib, rivojlanishini davom ettirib, haqiqiy tripanosom shaklni hosil qiladi.
Uyqu kasalligini qo’zg’atuvchi tripanosomalar tabiiy manba holida Afrika antilopalarida saqlanadi. Antilopalar o’zi kasallanmaydi. Odamda uyqu kasalligi juda og’ir kechadi hamda uzoq cho’ziladi. Kasal odam davolanmasa, halok bo’lish bilan to’gallanadi.