“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Исақов Ғофуржон




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
 “Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini 
o’qitishning ilmiy metodik asoslari”  
mavzusidagi 
Magistirlik dissertatsiyasi
 
Ilmiy rahbar: texnika fanlari nomzodi,
professor M.Nishonov 
Farg’ona 2023 



Ushbu bitiruv malakaviy ishi kafedraning 2023-yil _______ dagi -majlisida 
muxokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan. 
Kimyo kafedrasining mudiri:
PhD S.A.Mamatqulova 



MUNDARIJA 
Kirish……………………………………………………………………………..
I-BOB.”Kimyo”fanini o’qitishning nazariy masalalari………………………. 
1.1.”Kimyo” fanini taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari………………… … 
1.2.”Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari”mavzusini o’qitishdagi 
innovatsiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar ………………………………..……… 
1.3.Keys-stadi ta’lim texnologiyasi va uning o‘ziga xosliklari ……………… 
II-BOB. .”Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari” o’quv moduli 
ishlanmasi………………………………………………………………….…… 
2.1.”Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari”mavzusining ma’ruza matni…. 
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………………. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..….……… 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limini rivojlantirish, yosh 
avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –
Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida 
ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi 
qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil 
borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan 
ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon 
amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi [2]. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev yoshlar ta’lim-
tarbiyasi uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini 
oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta 
tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo’yicha yig’ilish o’tkazib, har bir 
tashabbus bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlari, mazkur dasturlar 
yuzasidan bildirilgan takliflar, bu takliflarni amalga oshirish mexanizmlariga 
alohida to’xtaldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezident tomonidan ilgari 
surilgan beshta tashabbusning barchasi xalqimiz, ayniqsa, yoshlar va xotin-
qizlarning ijtimoiy-ma’naviy hamda madaniy hayotida juda katta voqea bo’ldi. 
Xususan, birinchi tashabbus bo’yicha yoshlarni sa’nat va madaniyat 
maskanlariga keng jalb etish, o’z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur 
sharoitlar yaratishga qaratilgan Dastur loyihasiga ko’ra, 2019-2020 yillarda 14 
yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan 2 million nafardan ziyod yoshlarni madaniyat va 
san’at sohasiga jalb etish to’g’risida “yo’l xarita”larini tasdiqlash ko’zda tutilgani 
muhim ahamiyatga ega. Dastur loyihasiga ko’ra, endilikda san’atga qiziquvchi 
yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi: musiqa va san’at maktablarida 
qo’shimcha sinflar, madaniyat markazlarida turli xil havaskorlik to’garaklari, teatr 
jamoalari, bolalar ansambllarini tashkil etish orqali yoshlarni san’at va madaniyat 
sohasiga qiziqtirish ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, yangidan quriladigan va 
rekonstrkutsiya qilinadigan, joriy ta’mirga muhtoj va jihozlanadigan madaniyat 
markazlarining manzilli ro’yxati shakllantirilish, chekka hududlarda yashovchi, 



ayniqsa, qishloq yoshlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilayotgan 
e’tiborning yorqin ifodasidir.
Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda 
sport inshootlari quvvatini yanada oshirishga qaratilgan bo’lib, Dasturga ko’ra, 
tashabbus doirasida har bir tumanda keyingi 2 yil ichida yengil konstruktsiyali, 
sendvich panelli kichik sport zallarini barpo etish, ularga yoshlarni va aholini keng 
qamrab olish, ommaviy sport tadbirlari miqyosini kengaytirish ko’zda tutilgani 
nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimiz xalqi uchun ham quvonchli voqea bo’ldi. 
Uchinchi tashabbus.
Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari 
va 
internetdan 
samarali 
foydalanishga 
oid 
chora-tadbirlar 
Dasturida 
Prezidentimizning uchinchi tashabbusi bo’yicha amalga oshiriladigan keng 
ko’lamli vazifalar o’z aksini topgan. Dasturga muvofiq 2019-2020 yillarda tuman 
va shaharlarda, xususan, bizning tumanimizda ham raqamli texnologiyalar 
markazlarini tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish Prezidentimizning 
yoshlarga, xalqimizga qaratilayotgan yana bir katta e’tibori bo’ldi. 
To’rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan yoshlar 
ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha 
chora-tadbirlar Dasturiga ko’ra, har bir hududga 1 million donadan turli xil 
ommabop mavzudagi kitoblarni yetkazib berish ko’zda tutilgani, salkam bir oydan 
beri ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimiz bo’ylab keng 
quloch yoygan “Kitob sovg’a qil!” aktsiyasida idora va tashkilotlar rahbarlari, 
deputatlardan tortib, oddiy fuqarolargacha ishtirok etishayotgani bu tashabbusning 
naqadar katta ahamiyatga egaligidan yaqqol dalolatdir.
Beshinchi tashabbus – hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, 
muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Unga ko’ra, 2019-
2020 yillarda har bir tumanda yengil konstrkutsiyali tikuv-trikotaj korxonalarini 
qurish va ayollar uchun yangi ish o’rinlarini yaratish rejalashtirilgani, ayollar 
ishlaydigan mazkur tikuv-trikotaj korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
bozorini topish va shu asosda bu korxonalarni rivojlantirishga qaratilgani xotin-



qizlar 
bandligini 
ta’minlash 
bo’yicha 
bajariladigan 
ishlarni 
yanada 
takomillashtirish imkonini beradi [1]. 
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limini rivojlantirish, yosh 
avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –
Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida 
ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi 
qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil 
borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan 
ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon 
amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi [2]. 
Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni 
rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini 
va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini 
ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi [3]. 
Ta’lim – tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men 
jahon tajribasi va hayotda o’zini ko’p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu 
maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada 
hayotimizda ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ga , ya’ni, yangi ta’lim modelining 
kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim. [2]. 
Darhaqiqat , istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart – sharoitlarga ega 
bo’lgan akademik litsey va kasb- hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida tahsil 
olayotgan , zamonaviy kasb – hunar va ilm –ma’rifat sirlarini o’rganayotgan 
hozirdanoq ikki – uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o’quvchilar 
katta hayotga kiribkelayotgan, o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon 
etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu – intilishlarimiz bugunning 
o’zida o’z hosilini berayotganini guvohi
Ta’lim to’g’risidagi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan 
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning―Pedagog kadrlarni 



tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga
muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning 
zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini 
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini 
yanada 
takomillashtirishni taqozo etadi. [1].
Respublikamiz ta’lim tizimida tub isloxatlar ro’y berayotgan bugungi kunda 
har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z 
kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi [3].  
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnologiyalardan foydalanish, 
farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va 
rivojlantirish ta’lim soxasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. 
Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali 
o’zlashtirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta. 
O’quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushunishi, unda aks etgan 
kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni 
o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi 
talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy 
ped texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, anorganik 
kimyo darslarining o`qitilishida zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanish, 
o`quvchilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda 
o`quvchilarninng bilim olish salohiyati o`smoqda. 
Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimizni O’rta maktab kimyo kursida 
reaksiya tushunchasini shakllantirish va rivojlantirish ”  deb nomlashga ahd qildik. 
Quyida sizning e’tiboringizga xavola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga 
mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli 
foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin