“Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o’qitishning ilmiy metodik asoslari”


Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o‘qitishni



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix16.04.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#99024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Исақов Ғофуржон

Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini o‘qitishni 
takomillashtirishda pedagogik texnologiyalarning o‘rni 
Hozirgi vaqtda maktabda o‘tiladigan har bir soat dars Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan 
tavsiya 
etilgan 
“Dars 
muqaddas” 
konsepsiyasi 
asosida 


16 
tashkillashtirilgan holda o‘tilmoqda. O‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsning har 
bir tarkibiy qismiga yangi metodlarni tizimli qo‘llashni malakaviylashtirib olishi 
lozim. Shunga muvofiq kimyo fanidan darslarni tashkillashtirish va olib borishda 
pedagogik texnologiyaning quyidagi metodlarini qo`llaganda o`quvchilarga 
kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarini etkazib berish yaxshi samara beradi 
deb hisoblaymiz. Bunga ko`ra darsning tashkiliy qismida metod qo’llash shart 
emas. O’tilgan mavzuni so’rash qismida “Venn diagrammasi” va “Sinkveyn” 
metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord” va “Zinama–
zina” texnalogiyasi elementlarini, darsning yangi mavzuni mustahkamlash qismida 
“3

4 texnologiyasi” va “Tushunchalar tahlili” metodlarini, yangi mavzuni 
baholash qismida esa “Blits–so‘rov” va “Charxpalak” metodlarini hamda uyga 
vazifa berish qismida esa “FSMU” texnologiyasi elementi va “Klaster” metodlarini 
qo’llash dars samaradorligini oshirishga xizmat qilgan holda o`quvchilarning 
bilimini oshirishga yordam beradi.
Ilk bor kimyo fanini o‘rganayotgan o‘quvchilarda kimyoning asosiy 
tushuncha va qonunlari mavzusini qiyin o‘zlashtirishi pedagogik tadqiqotlarda 
aniqlangan. Shuning uchun kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari mavzusini 
o‘qitishda quyidagi metodlarni qo‘llashni tavsiya etamiz. Bulardan biri “Auksion” 
metodi hisoblanadi. Bu metodning afzallik tomoni shundaki, Auksion metodining 
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifaga egaligidir. Buning natijasida esa 
o‘quvchilarda kimyo faniga bo`lgan qiziqish uyg‘onadi hamda guruhlarda ishlash 
madaniyati shakllanadi. Bu metodni darsning yangi mavzuni mustahkamlash 
qismida qo‘llash maqsadga muvofiq. Ushbu metodni oddiy va murakkab moddalar 
mavzusini o’qitishda qo‘llab ko‘ramiz. Buning uchun o‘quvchilarni uch guruhga 
bo`lib har bir guruhga o‘qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan kartochkalar 
tarqatiladi (1-ilova).


17 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin