21
qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma’suliyat hissini
shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir
talabaning tahsil olishdagi
muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va
sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o‘quv
materialini puxta o‘zlashtirishiga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro
yordam
uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi.
Snunday qilib, guruh azolari bir vaqtning o‘zida ikkita topshiriqni bajaradi:
1) akademik topshiriq - bilish va ijodiy izlanish orqali o‘quv topshiriqlaridan
ko‘zlangan maqsadga erishish;
2)ijtimoiy-psihologik topshiriq - dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga
ega bo‘lish, odob osoyishtaligini saqlash.
O‘qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat
qiladi.
O‘qituvchi kimyo ta’limi jarayonida hamkorlikda o‘qitish metodlaridan
foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga oid bilim,
ko‘nikma
va malakalarni, talabalarning mustaqil ishlari, o‘quv bahsi va
munozaralarni samarali tashkil etishyo‘llarini egallagan,
talabalarda esa darslik,
ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z fikrini qisqa va
aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o‘quv bahsi
va munozaralarda faol qatnashish ko‘nikmalari shakllangan va ongli intizom
vujudga kelgan bo‘lishi lozim. [13]
Dostları ilə paylaş: